1. “Qorbo’ron” metodi mashg’ulotni o’zaro musobaqa ko’rinishida tashkil etilishini ta’minlaydi. Metodni qo’llash jarayonida talabalar mavzu yuzasidan tezkor, asosli, to’g’ri fikrlay olishlari lozim. Mazkur metodni qo’llash quyidagi tarzda kechadi: 1) talabalarga muhokama uchun tanlangan mavzu (masala) e’lon qilinadi; 2) talabalar “Qorbo’ron” metodining mohiyati va shartlari bilan tanishtiriladilar; 3) talabalar ikki guruhga ajratiladilar; 4) o’qituvchi mavzu yuzasidan tuzilgan savollarni talabalarning e’tiborlariga havola qiladi; 5) har ikki guruh talabalari berilgan savolga birinchi bo’lib, to’g’ri javob topishga harakat qilishlari lozim; 6) guruhlarning har bir to’g’ri javobi yumoloqlangan qor ko’rinishida ularning hisobiga yozuv taxtasida yozib boriladi; 7) barcha savollar berib bo’lingach, guruhlar tomonidan to’plangan ballar umumlashtiriladi va g’olib jamoa (guruh) aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |