8. Anomal bolalar yoshini inobatga olish tamoyili muayyan guruh yoki sinfga ma’lum yoshdagi bolalar qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo’lgan bolalarni tekshirish va maxsus yordam ko’rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Anomal bolalarning yoshi, nuqsonlarining turlari, darajasi psixologik-pedagogik tekshirish asosida aniqlanadi. Bunday tekshirishlar quyidagi metodlar yordamida tashkil etiladi:
Suhbat metodi. Suhbat shaxs bilan aloqa o’rnatish vositasi bo’lib, anomal bola shaxsi, hissiy-irodaviy sifatlari, xulqi, rivojlanishidagi nuqsonlarning sabablariga oid ma’lumotlarni to’plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitishida nuqsoni bo’lsa yoki ijtimoiy munosabatga qiyin kirishsa suhbat uyushtirish tavsiya etilmaydi. Bunday holatda bola qiziqadigan ko’rgazmali materialdan foydalanish to’g’ridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |