2.2. “Uzbekneftgaz” AJda korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirish va risk menejmentining tashkil etilishi
O‘zini hurmat qiladigan har qaysi sarmoyador, har bir kompaniyaga katta miqdorda sarmoya kiritishni o‘ylayotganda, hatto aksiyadorlik jamiyati kabi nufuzi baland kompaniya bo‘lsa-da, uning xalqaro reytingi borasida qiziqish bildiradi. Hozirda “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi xalqaro maydondagi obro‘sini yanada oshirishga dadil qadamlar qo‘ymoqda.
Xo‘sh, buning uchun nima qilinmoqda? “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati yanada yirik loyihalarni amalga oshirish orqali har bir o‘zbekistonlikning xonadonini issiqlik va yorug‘lik bilan ta'minlashi uchun hamda mamlakatimiz sanoati yanada ishonch bilan jahon bozoriga chiqishi uchun nimalar qilinmoqda? “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ishining yuqori baho olishi orqali haqiqatga yaqinlashish ortida shular turibdi.
O‘sha xalqaro reytinglar uchun kim mas’ul ekanligidan boshlasak.
Moody’s, Standard and Poor’s va Fitch Ratings xalqaro miqyosda faoliyat yuritadigan va tan olingan vakolatli agentliklarning eng yiriklari hisoblanadi. Butun dunyo ular tomonidan belgilangan xalqaro korporativ reytingga to‘la ishonadi. Mazkur kompaniyalar tomonidan baholanish “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni yanada kengayishiga zamin yaratadi hamda jahon moliya bozorlarida kredit mablag‘larini jalb qilish va turli xil xorijiy sarmoya manbalarini ta'minlash, ya'ni ularni difersifikatsiya qilish imkonini beradi. Bularning barchasi sarmoyalar uchun sarmoya emas, balki mamlakatning farovonligi va iqtisodiy barqarorligidir. Iqtisodiyotning neft-gaz sanoati taraqqiyotiga bog‘liqligini tushuntirish mantiqsiz ko‘rinadi –zamonaviy inson uchun bu ayon.
Bu kabi jiddiy baholash o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, unga erishish uchun obro‘li reyting agentliklari bilan shartnoma tuzish yetarli emas. Avvalambor, neft va gaz sanoati qator jiddiy qadamlar tashlashi va buni xalqaro xizmat ko‘rsatuvchi kompaniyalarni jalb qilish orqali amalga oshirishi zarur. Va quvonarlisi, bu qadamlar qo‘yilmoqda. Bu masalaga batafsilroq to‘xtalsak.
Bu “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining jamlangan moliyaviy hisobotini Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga (XMHS) muvofiq tayyorlash, shuningdek, XMHS maqsadlari uchun asosiy vositalar va sarmoyalarning adolatli qiymatini aniqlashdir. Bu xalqaro darajada e'tirof etilgan mustaqil muhandislik maslahatchilarini jalb qilgan holda neft va gaz zaxiralari auditini o‘tkazishdir.
Ya’ni, bugungi kunda O‘zbekiston neft va gaz sohasida nimalar borligi, jumladan, uglevodorod zaxiralari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining asosiy mablag‘lari va rivojlanishi uchun qanday ehtiyojlar borligini aniqlash juda zarur. Bularning barchasi xalqaro standartlarga asoslangan holda amalga oshirishi zarur, shundagina sarmoyadorlar bilan bir tilda muomala qilish imkoni tug‘iladi.
Bularning barchasiga ega bo‘lgandan so‘ng, baho to‘plashga kirishsa bo‘ladi. Aynan shu reytinglarda nufuzli “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining joriy moliyaviy holati to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirishadi va keyingi 12-18 oy davomida kompaniyaning kreditorlar oldidagi majburiyatlarini naqadar bajarishga qodirligi bo‘yicha prognoz qilishadi.
Nufuzli agentliklar kompaniyaning moliyaviy ahvolini doimiy ravishda kuzatib borishadi va rahbariyat bilan yilida kamida bir marotaba intervyu shaklida reyting uchrashuvlarni o‘tkazishadi. Boshqacha aytganda, kompaniya doimo zamon bilan hamnafas bo‘lishi zarur. Zamonaviy moliya dunyosida jiddiy sarmoyaviy masalalar aynan shunday hal etiladi.
Jiddiy xalqaro reytinglarga yetaklaydigan qadamlar ko‘rsatilgan va tushunarli. Amalda ular qanday ro‘yobga chiqariladi? Batafsil to‘xtalsak.
Yuqoridagi qadamlar “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyatida yangi hodisa bo‘lib, ular kompaniya faoliyatini tashkil etish yondashuvlarida o‘zgarishlarning bir qismidir, kompaniyaning o‘zini oqlagan va xalqaro miqyosda e’tirof etilgan usullarga yaqinlashuvidir. Bu qadamlar “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining mamlakatimiz rahbari darajasida uzoqni o‘ylab qilingan va me’yoriy hujjatlarda o‘z aksini topgan korporativ o‘zgarish bosqichlariga aylanmoqda.
Bunda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga Osiyo Taraqqiyot Banki yordam qo‘lini cho‘zdi. Mazkur bank ko‘magida joriy yilning sentabr oyidan 2019 yilning sentabr oyiga qadar kompaniyaga korporativ o‘zgarishlarni amalga tatbiq etish uchun texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining korporativ boshqaruvini xalqaro standartlarga muvofiq ta’minlash uchun loyiha qator yo‘nalishlar bo‘yicha ishlaydi, ular orasida korporativ boshqaruv, moliyaviy modellashtirish va bashoratlash, xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobot tizimini joriy etish yo‘l, risk-menejment kabilar yo‘lga qo‘yilgan.
Hozirda, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari va OTB maslahatchilaridan tashkil topgan qo‘shma ishchi guruh ushbu yo‘nalishlarda mavjud vaziyatni tahlil qilishni boshlagan bo‘lib, undan so‘ng tegishli tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Albatta, vaqt kutmaydi va ushbu yo‘nalishlarning har biri tajribali xalqaro hamkorlar yordami bilan yanada samarali amalga oshiriladi.
Shunday qilib, so‘nggi uch yil mobaynida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining jamlangan moliyaviy hisoboti auditiga Ernst & Young (EY) xalqaro audit kompaniyasi jalb qilingan. Britaniyaning ushbu auditorlik va konsalting kompaniyasi dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lib, auditorlik kompaniyalarining “katta to‘rtligi”ga kiradi.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, bunday nufuzli audit xalqaro kredit reytingini olish bo‘yicha ishlarni boshlashga yordam beradi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, hamkorlik doirasida Ernst & Young kompaniyasi “Farg‘ona NQIZ” mas’uliyati cheklangan jamiyati, “Farg‘ona neftbaza” mas’uliyati cheklangan jamiyati va “Andijon neftbaza” mas’uliyati cheklangan jamiyati bo‘yicha faoliyat samaradorligini oshirish va xarajatlarni qisqartirish bo‘yicha loyiha bilan shug‘ullanayotgan bo‘lib, olingan natijalar mas’uliyati cheklangan jamiyati tarkibiga kiruvchi barcha kompaniyalarda qo‘llanilishi rejalashtirilgan.
Loyihaning qo‘shma ishchi guruhi 70 dan ortiq tashabbusni ishlab chiqdi, ularning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi 102,6 milliard so‘m daromad olib keladi. Bu esa, masalan, 2017 yil uchun optimallashtirilgan jami xarajatning 36 foizi demakdir.
Ushbu tashabbuslar optimallashtirishning besh asosiy yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilmoqda: ishlab chiqarish jarayoni, texnik xizmat va ta'mirlash, xodimlar, transport va ta’minot.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va Ernst & Young kompaniyasi qo‘shma loyihasining uch yil davr ichidagi iqtisodiy samarasi 232 milliard so‘mdan oshadi, tashabbuslar uchun umumiy xarajatlar esa 2,02 milliard so‘mni tashkil etadi.
Va bu faqat xarajatlarni optimallashtirish loyihasining rejalashtirilgan samarasidir. Korporativ boshqaruv jarayonini takomillashtirishning yana bir muhim yo‘nalishi – rejalashtirilgan loyihalarning hayotiyligini vaqtida baholash. AQShning “The Boston Consulting Group” nufuzli xalqaro tashkilotining ham tajribasi jalb qilingan.
Boshqaruv masalalari bo‘yicha maslahat berish bilan shug‘ullanadigan mazkur xalqaro kompaniya McKinsey va Bain&Company kompaniyalari qatori dunyodagi “kuchli uchlik”ka kiradi. Ellik davlatda 90 dan ortiq ofisiga ega bu kompaniya xodimlarining soni qariyb 17 ming kishini tashkil qiladi. Strategiya va umumiy boshqaruv masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan mazkur kompaniya 1963 yildan buyon dunyo iqtisodiyotining turli sohalarida kompaniyalarga maslahat berib keladi, neft va gaz sohasi shular jumlasidan.
Xususan, “The Boston Consulting Group” bilan birgalikda ishlash tabiiy, moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan samarali foydalanishga, umidsiz loyihalarni boshlash va amalga oshirishga to‘sqinlik qilishga qaratilgan. Bu neft va gaz sanoatining raqobatbardoshligini oshirish va sarmoyalarni jalb qilishni kengaytirishga ishlaydi.
Mazkur hamkorlik oldida katta va qiziqarli vazifalar turibdi. Ular orasida istiqbolli investitsion loyihalarni izlash va baholash, O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish maqsadida sarmoyadorlar bilan shartnoma tuzish modelini ishlab chiqish, xorijiy sarmoyadorlar manfaatlarini himoya qilish maqsadida normativ-huquqiy muhitni o‘zgartirish.
Shuningdek, jiddiy vazifalar qatoridan muhim yo‘nalishlar konsepsiyalarini ishlab chiqish ham o‘rin olgan, jumladan, 2030 yilga qadar neft va gaz sanoatining transfert va tarif narxlarini belgilash hamda sohani boshqarishning amaldagi modeli va neft-gaz sanoatini rivojlantirish.
Bu “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining korporativ boshqaruvning yangi, istiqbolli va zamonaviy modelini yaratish va xalqaro kredit reytingini olish uchun hozirgi kunda amalga oshirayotgan birgina loyihasi emas.
Barchasida aniqlik – biznesdagi zamonaviy yondashuv qoidalaridan biri. Va bu “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining yana bir sherigi bilan hamkorligi asosida yotibdi – AQShning DeGoler & MacNaughton(D&M) neft sohasida maslahat kompaniyasi.
Bunda hamkorni tashlash D&M ning tegishli tajribaga ega bo‘lgani va O‘zbekiston hududidagi uglevodorod konlari bo‘yicha keng ma'lumotga ega ekanligi asos bo‘lgan.
Ayni paytda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va D&M kompaniyasi mutaxassislari zarur geologik, geofizik, iqtisodiy va boshqa ma'lumotlarni to‘plash bo‘yicha ish olib bormoqda. Ishning yakuniy natijasi dunyodagi eng keng tarqalgan uglevodorodlar va uning konlarini hisoblash, tasniflash va boshqarish tizimiga muvofiq, neft va gaz konlarini esa Petroleum Resources Management System tizimiga muvofiq hisoblash imkonini beradi.
Mamlakatning zamonaviy neft va gaz sanoati yana nima bilan ajralib turishi zarur? Albatta, yuqori texnologiyalar. Chuqur qayta ishlash jarayonida o‘sha tabiiy gaz yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotga aylanadi. Bu shuni anglatadiki, qayta tiklanmaydigan va vaqt o‘tib yanada qimmatlashadigan xomashyoning iste'moli kamaytirilsa nafaqat soha, balki butun mamlakat ko‘proq foyda oladi.
Bugun O‘zbekiston zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni ishga tushirishga tayyorgarlik jarayonida. Shunday qilib, Qashqadaryo viloyatida Sho‘rtan GKM metani asosida sintetik suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqarish uchun zavod qurilmoqda. GTL yoki gazdan suyuqlik texnologiyasiga asoslangan yuqori texnologiyali zavodlarning dunyo bo‘ylab soni juda oz – Janubiy Afrika, Malayziya va Qatarda.
Yangi mahsulotlar yuqori sifatli va ekologik toza yoqilg‘iga bo‘lgan ichki talabni qondirish hamda mahalliy xoshashyodan tayyorlangan strategik mahsulotlar bilan bozorni ta'minlash imkonini beradi.
2020 yilga qadar ishga turilishi mo‘ljallangan yuqori texnologiyali ishlab chiqarish uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash darajasining yangi bosqichga ko‘tarilishiga imkon yaratadi. Zavod yiliga “Yevro-5” standartiga javob beradigan 1,5 million tonnadan ortiq yuqori sifatli sintetik suyuq yoqilg‘ini ishlab chiqaradi, shu bilan birga, neft mahsulotlari importini bir hajmda saqlashni ta'minlaydi. Shunday qilib, ishlab chiqarishda va barcha jarayonlarni tashkil qilishda yangicha fikrlash usuli O‘zbekistonning bugungi kundagi neft va gaz sohasini takomillashtirishning asosidir.
Korporativ boshqaruvga yangicha yondashuvlar – tashkilot faoliyatini rejalashtirishdagi xatarlarni ham hisobga olish hamdir. Shu maqsadda hozirda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati neft va gaz sanoati sohasida faoliyat olib boruvchi aksiyadorlik jamiyatlari va tashkilotlarda xatarlarni boshqarishning yagona tizimini joriy etish ustida ish olib bormoqda. Bu ishlab chiqarish va iqtisodiy sohada yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni kamaytirish va oldini olish bo‘yicha o‘z vaqtida choralar ko‘rishga imkon beradi.
Yuqorida sanab o‘tilgan loyihalar va ular doirasida neft va gaz sohasida korporativ boshqaruv bo‘yicha kuniga olinayotgan bilim va tajriba allaqachon aniq qadamlarda o‘z aksini topmoqda.
Bu yerda asosiy ko‘rsatkichlardan biri – mahsulot tannarxining pasayishi bo‘lib, bugungi kunda unga har bir davlatdagi har qanday sohaning rentabelligi bog‘liq.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni muntazam ravishda qabul qilib, so‘nggi vaqtda esa tannarxning yiliga 7-10 foizga pasaytirilishga erishilgan, bu 270-340 milliard so‘mni tashkil etadi. Bunga energiyani tejash, xomashyo va materiallarning narxini optimallashtirish, texnologik va boshqa yo‘qotishlarni qisqartirish, mehnat resurslarini optimallashtirish, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari va ekspluatatsiya xarajatlarini, ma'muriy va boshqaruv kadrlariga bo‘lgan xarajatlarni hamda qo‘shimcha xarajatlarni kamaytirish orqali erishiladi. Faqatgina 2017 yilda xodimlar sonini optimallashtirish uchun choralar ko‘rilib, ular soni 20 foizga kamaytirilgan, ya'ni 135,7 ming kishidan 109,1 minggacha.
Sanoat, shuningdek, og‘ir yukdan xalos bo‘ladi va barcha urinishlarni asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiradi – neft va gaz sohasi samaradorligi. Xususan, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati kompaniyaga qarashli ixtisosli bo‘lmagan aktivlarni savdoga qo‘ydi. Ko‘pgina hollarda bu tayyor biznes obektlari bo‘lib, ularning soni 240 ortiq va ular ochiq savdolar orqali tadbirkorlarga bozor narxida sotiladi. Bundan tashqari, 26 ta obekt mahalliy boshqaruv organlariga qoldiq qiymatda beriladi.
Davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirish ham korporativ boshqaruvni modernizatsiya qilishda muhim qadamdir. Xususan, gaz taqsimlash korxonalariga xususiy sektor sarmoyalarini jalb etish uchun sharoit yaratish imkoniyatlari ko‘rib chiqilayotgan bo‘lib, bunda davlat va xususiy sektor hamkorligi shartnomasini tuzish orqali erishish ko‘zlanmoqda. Shuningdek, ishlab turgan yoqilg‘i quyish shoxobchalari bazasida avtomobillar uchun gaz va neft mahsulotlarining chakana savdosi bilan shug‘ullanadigan alohida kompaniyani tashkil qilish masalasi muhokama qilinmoqda. Ushbu qadamlar sanoat sohasidagi sog‘lom raqobatni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib, iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan.
Qo‘shimcha qilish kerak, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati uchun korporativ boshqaruvning samarali mexanizmlari, xalqaro reyting baholari va sarmoyalar miqdorini oshirish o‘z-o‘zidan muhim bo‘lib qolmagan. Ular butun O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va barqarorligi uchun neft va gaz sanoati samaradorligini oshirishga va bunda mamlakatimiz har bir fuqarosining turmush darajasini oshirishga yordam beradi. Shuni ham qayd etish zarurki, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati respublikadagi eng yirik soliq to‘lovchilardandir. Ma’lumki, soliq – bu yangi bolalar bog‘chalari, yaxshi yo‘llar va sifatli tibbiy xizmat. 2017 yilda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati korxonalari byudjyetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga 9 trillion 790,5 milliard so‘m miqdorida soliq va boshqa mablag‘lar o‘tkazgan.
2018 yilning 9 oyi mobaynida kompaniya 10 trillion 126,8 milliard so‘m miqdorida soliq to‘lagan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 trillion 555,8 milliard so‘m, ya’ni 54 foizga qo‘proq degani.
Bugungi kunda neft va gaz sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni, avvalambor, soha rentabelligini oshirishga qaratilgan, bu esa o‘z o‘rnida O‘zbekiston aholisi va iqtisodiyotining barqaror ta'minotiga ishlaydi.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati faoliyati ijtimoiy yo‘naltirilganligi namoyon qiluvchi birgina omil – 1 avgustdan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab aholi uchun suyultirilgan uglevodorod gazining yagona qiymati belgilandi – bir kilogramm uchun 800 so‘m.
Kompaniya uchun esa gaz tannarxi deyarli ikki barobar qimmatga aylanmoqda. Bundan tashqari, gaz ballonlardan foydalanish esa aholiga tekin. Gazning haqiqiy narxi savdo vaqtida aniqlanadi, ya’ni gaz boshqa xaridorlarga sotilish jarayonida.
Bugungi kunda tabiiy gazning umumiy qiymati, geologik qidiruvdan boshlab gaz tarqatish tarmoqlari orqali iste'molchilarga yetkazib berishga qadar 1000 kub metr uchun taxminan 610-615 ming so‘mni tashkil qiladi. Oxirgi sotish narxi esa 1000 kub metr uchun 289,74 so‘m.
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati gaz ta'minotining hududiy bo‘linmalari, aytilganidek, maishiy gaz ballonlarini aholiga bir kilogramm uchun 800 so‘m qiymatda yetkazib beradi. Shu bilan birga, suyultirilgan gazni ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olgan holda, aholiga vaqtinchalik foydalanish uchun bepul berilgan gaz ballonlari, ishlab chiqaruvchilardan iste'molchilar uyiga yetkazib berish narxini hisobga olib, suyultirilgan gazni sotish katta zarar keltiradi.
Shuningdek, respublikaning yoqilg‘i quyish shoxobchalarida suyultirilgan gazning o‘rtacha narxi bir litr uchun 3000 dan 3800 so‘mgacha (yoki bir kilogramm uchun 5,7 ming so‘mdan 7,2 ming so‘mgacha). Ya'ni, belgilangan narxlarga nisbatan farq 7-9 marotaba.
Keng ko‘lamli ijtimoiy sarmoyalar tufayli “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati kamida so‘nggi ikki yil davomida foyda ko‘rmay ishlab kelmoqda, albatta, bu sanoatning barqaror ishlashiga hissa qo‘sha olmaydi. Uning faoliyati uchun, shuningdek, yangi konlarni ishlab chiqishni moliyalashtirish, mavjud obektlarni modernizatsiya qilish va ko‘plab boshqa ishlar uchun jiddiy sarmoyalarni kiritish zarur. Xorijiy sarmoyadorlar esa rentabellik ko‘rsatkichlariga muhtoj, ya'ni kompaniyaning foyda olish qobiliyati. Bunda islohotlar qo‘l kelishni boshlaydi.
Soha daromadligining o‘sishiga olib keluvchi korporativ boshqaruvga yangicha yondashuvlar “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining homiylik faoliyatini rivojlantirishiga yana bir dalda bo‘ladi. Chunki kompaniya o‘zining faol homiy ekanligi bilan mashhur. Misol uchun, kompaniya respublikada sportni rivojlantirish uchun qator futbol klublariga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi, jumladan “Bunyodkor” FK, “Buxoro” FK, “Nasaf” FK, “Mash'al” FK, “Sho‘rtan” FK, “Neftchi” FK hamda “Bunyodkor” stadioni binolari va inshootlaridan foydalanish direksiyasiga ham (stadion hududini obodonlashtirish uchun).
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasiga yozgi olimpiya va paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish uchun homiylik qiladi. Bundan tashqari, “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati sport federatsiyalariga ham moliyaviy ko‘mak ko‘rsatadi: suzish, taekvondo, tennis. Yana, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg‘armasiga, Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga. Kompaniya turli xalqaro va milliy tadbirlarga homiylik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |