Mavzuga oid adabiyotlar tahlili
Iqtisodiyotga, xususan korporativ boshqaruvga, uning zamonaviy standartlariga va rivojlantirish yo`llariga bugungi kunda yurtimizda keng e`tibor qaratilgan. Buni biz O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev tomonidan tadbiq etilgan “Harakatlar strategiyasi”ning 3-ustuvor yo`nilishida[2], ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlardan qutqargan holda Aksiyadorlik jamiyatlarining faoliyatini erkinlashtirishni O`zbekiston respublikasi Raqobat qo`mitasining 2018-7 sonli qarorida[3] o`z aksini topganini ko`rishimiz mumkin.
Korporativ tuzilmalar va qimmatli qog`ozlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlar to`grisidagi masalalarni biz i.f.n S.E.Elmirzayevning tadqiqot ishlarida[4] ko`rishimiz mumkin.
Mamlakatimizda korporativ boshqaruvning zamonaviy standartlariga va rivojlantirish yo`llariga, aksiyadorlik jamiyatlari to`grisidagi chiqarilgan qarorlar, qilinayotgan o`zgarishlar va yozilgan tadqiqot ishlari mazkur ilmiy-tadqiqot ishimizni va shu soxadagi boshqa ilmiy-tadqiqot ishlarini ham boyitishga xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |