1.Buxgalteriya hisobi bo’yicha tahsil olayotgan talabalarga o’z sohalari bo’yicha xorijiy tillarda darslar o’tishni joriy etish. Hozirda oliy ta’lim yo’nalishlarida ingliz tili darslari olib borilsada, asosiy fanlar bo’yich ingliz tili darslari to’liq shakllantirilmagan. Bunda ham o’ziga xos muammolar (talaba bilimining yetarli darajada emasligi, ma’ruzachi o’qituvchilarning ingliz tilida erkin so’zlay ololmasligi) mavjud, ammo ushbu muammolarni hal qilinishi natijasida o’z sohasining yetuk mutaxassislari tayyorlashni yo’lga qo’yish mumkin bo’ladi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanishi, chet ellik buxgalterlar orasida mamlakatimiz buxgalterlari obro’ining oshishi ana shu mutaxassislarning tilni qanchalik yaxshi bilishlariga ham bevosita bog’liq.
2. Buxgalteriya hisobi xizmati bo’yicha faoliyat olib borayotgan shaxslarni tajriba almashish uchun chetga chiqish imkoniyatlarinin yanada kengaytirish. Yuqorida aytib o’tganimizdek, xorijiy adabiyotlarni o’zbek tiliga tarjima qilinishida ba’zi kamchiliklarning borligi, me’yoriy-huquqiy hujjatlat hamda buxgalterlar faoliyatini amaliyotga qanday tatbiq etilayotganini borib bevosita o’rganish zamon talabiga aylanmoqda.
3. Oliy o’quv yurtlarida xalqaro amaliyotchi buxgalterlar sertifikatini olish bo’yicha tayyorgarlik kurslarini ochish. Buxgalterlar o’z faoliyatlarida (karyerasida) yuqori pog’onalarga chiqish uchun xalqaro tartibda amal qiladigan sertifikatga ega bo’lishi, EHM texnologiyalari hamda chet tillarini bilish asosiy dastaklardan biri sifatida e’tirof etishimiz mumkin. Shu sababdan ham bakalavr darajasini olish mobaynida sertifikat olish tartib-qoidalarini ham o’rganib borish hamda diplom olishdan avval sertifikat imtixonlarini tpshirishni tashkil etish nafaqat buxgalterlar, balki mamlakat iqtisodiyotini rivojlanishi uchun ham o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatadi.
Chet el investorlarini mamlakatga jalb etishda, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standart talablariga muvofiq tarzda shakllantirishda, korporativ boshqaruv sharoitida buxgalterlarning xorijiy tillarni bilish darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Buxgalterlarning tilni bilishi kengaygani sari mamlakat iqtisodiyotida aniq va taqqoslanuvchan axborotlar bilan ta’minlanish darajasi ham ortib boradi. Shu sababdan ham buxgalterlaring hozirda til o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ortib bormoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
“Ta’lim to’g’risi”dagi qonun va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” 1997-yil 29-avgust
I.A.Karimov “Mamlakatimizni yanada obod etish va modernizatsiya qilishni qat’iyat bilan davom ettirish yo’lida” T.: ”O’zbekiston”, 2013.
Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. “Buxgalteriya hisobi” Darslik. T.:”Sharq” 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: |