Korporativ boshqaruv sharoitida buxgalterlik xizmati faoliyati xodimlarini tayyorlashda xorijiy tillarning ahamiyati



Download 34,68 Kb.
bet3/4
Sana01.01.2022
Hajmi34,68 Kb.
#293114
1   2   3   4
Bog'liq
Umarova Shaxnoza

Key words: corporative, standard, integration, investment, career, currency

Mamlakatimizda olib borilayotgan islohatlar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda xalqaro standartlarga uyg’unlashgan boshqaruvni tashkil etishga qaratilgan bo’lib, bunda hozirgi kunda iqtisodiyot sohasining kadrlariga xorijiy tillarni o’rgatish muhim vazifa bo’lib kelmoqda. Shu o’rinda, birinchi prezidentimizning quyidagi so’zlarini aytib o’tishni lozim deb bildik: “Bugungi kunda faqat yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, intelektual rivojlangan va professional tayyorgarlikka ega bo’lgan yoshlargina sifatli, jadal va innovatsion taraqqiyotning eng muhim sharti va garovi bo’la olishi, aynan ular mamlakatning buyuk kelajagini ta’minlashi mumkinligiga kimnidir ishontirish yoki buni isbotlab berishning hojati yo’q.” 1 Jumladan, buxgalteriya va auditning milliy standartlarini xalqaro standartlar bilan muvofiqligini ta’minlash bo’yicha ko’plab amaliy ishlar olib borilmoqda. Ammo shuni ham aytib o’tish lozimki, faqatgina me’yoriy-huquqiy hujjatlarni xalqaro amaliyotga moslashtirishning o’zi mamlakat iqtisodiyotining xalqaro bozorga integratsiyalashuvi uchun yetarli emas, balki bunda mazkur soha yuqori darajada rivojlangan mamlakatlar tilini, urf-odatlarini ham yaxshi biladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb masaladir.

Respublikamizda qabul qilingan qonun hamda qarorlarga asosan iqtisodiyotimizda faoliyat olib borayotgan aksionerlik jamiyatlarida o’n besh foiz chet el investitsiyasi hamda korporativ boshqaruv tizimi shakllantirilishi lozim. Korporativ boshqaruv sharoitida buxgalteriya hisobi va audit xizmatining ro’li mos ravishda oshib boraveradi. Mamlakatimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi kompaniyalarni ko’payishi bilan chet tillarni yaxshi biladigan kadrlarga talab oshmoqda. Chunki chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar o’z hisobotlarini xorijiy investorlarga ham taqdim etishlari kerak. Bunda chetdan xorijiy mamlakat tilini biladigan biror shaxsni jalb etish ko’p xarajatlarga olib kelishi hamda korxonaning iqtisodiy ma’lumotlarini boshqa korxonalarga oshkor bo’lish ehtimolini ham oshiradi. Shu sababdan ham korxonalar xalqaro amaliyotchi buxgalter sertifikatiga ega bo’lgan buxgalter hamda auditorlarni korxonaga ishga olishdan manfaatdor bo’lishadi. Xalqaro sertifikatlarga ega bo’lish uchun esa moliyaviy hisob, soliq, huquq kabi fanlardan rus yoki ingliz tillarda imtixon topshirishlari lozim. Demakkim, mazkur soha vakillari uchun o’z faoliyatlarida yuqori natijalarga erishishi, malakali mutaxassis bo’lishi uchun, o’z korxonalarida xalqaro hamkorlikni tashkil eta olishlari uchun maxsus sertifikatga hamda xorijiy tilni erkin so’zlasha olish qobiliyatiga ega bo’lishlari zaruriy shart bo’lib qolmoqda.

O’zbekiston Respublikasidagi aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini tatbiq etish bo’yicha so’nggi yillarda bir qancha amaliy ishlar amalga oshirilayotganiga qaramay, bu yo’nalishda, ya’ni hisobotlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida tayyorlab topshira oladigan kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash muhim masalalar sirasiga kiradi.

Buxgalterlik xizmatini ko’rsatuvchi kadrlarni tayyorlashda mamlakatimizda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohatlarning hali to’lig’incha yo’lga qo’yilmaganligi hamda buxgalteriya hisobi ta’lim yo’nalishida ta’lim to’liq ingliz tilida olib boriladigan yo’nalishli guruhlarning yetarli darajada yaxshi shakllanmaganligi ushbu masalini hal etishda dolzarb muammolardan biridir. Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining qaror toptirilishi, ko‘p ukladli iqtisodiyotning vujudga keltirilishi barcha jabhada bo‘lgani kabi, buxgalteriya hisobi borasida ham ulkan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga olib keldi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga asoslangan iqtisodiyot sharoitida shakllangan korxona, tashkilot va muassasalardagi buxgalteriya hisobini yuritish tizimi jahon iqtisodiy tizimiga dadil kirib borayotgan mamlakatimiz uchun zamonaviy talablarga javob bera olmay qolmoqda. Keyingi yillar mobaynida xalqaro andozalarga to‘la-to‘kis javob beruvchi buxgalteriya hisobi tizimini yaratish borasida ko‘pgina islohotlar olib borilmoqda.2

Buxgalteriya hisobidan foydalanuvchilar doirasi ancha kengayib borayotganligi, integratsiya jarayonlari chuqurlashayotganligi, qo‘shma korxonalar barpo etilayotganligi, jahon moliya bozoriga (qimmatli qog‘ozlar birjalariga, xalqaro banklarga, fondlarga va boshqalarga) chiqarilayotgan sarmoyalar, ishchi kuchi va valyutaning ayrim mamlakatlar o‘rtasida erkin harakatlanishi zarurligi buxgalteriya hisobi tizimini jahon andozalariga ko‘chirishni yanada qattiqroq talab qilmoqda.

Mamlakatimiz milliy an’ana va qoidalarini xalqaro andozalarga o’tkazish jarayonida bir qancha muammolarga duch kelinmoqda. Jumladan, chet el adabiyotlarining tarjimasida noaniqliklar mavjud bo’lib, xorijiy kitob va me’yoriy hujjatlarda berilgan fikrlarni to’liq hamda to’g’ri anglab yetishda mutaxassislar o’rtasida ba’zi bahs-munozaralarga olib kelmoqda. Shu o’rinda shuni ham aytib o’tish lozimki, tarjimonlarni tayyorlaydigan oliy o’quv yurtlarida ham aynan iqtisodiy tarjimonlik yo’nalishini ochish ushbu muammo uchun munosib yechim bo’la olar edi.

Respublikamizda tanlab olingan o’z iqtisodiy taraqqiyot modelimizga asosan amalga oshirilayotgan tub iqtisodiy islohotlar o’z samarasini berishini, xalqaro talablarga mos kadrlarni tayyorlash hamda qayta tayyorlashning ahamiyatini o’rgangan holada hamda hal qilinishi kerak bo’lgan ba’zi kamchiliklar bo’yicha quyidagi takliflarni kiritish mumkin:




Download 34,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish