Korporativ boshqaruv” kafedrasi “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi


Iqtisodiyot sharoitining mulkchilik munosabatlariga ta`siri



Download 128,08 Kb.
bet7/8
Sana07.07.2022
Hajmi128,08 Kb.
#753513
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI AYUBXON 2022 17.05

2.2. Iqtisodiyot sharoitining mulkchilik munosabatlariga ta`siri


Dunyo davlatlarida mulkchilikning turlari ko`p. Shu bilan birga xususiy mulk ham bir necha turlarga bo`linadi: a) yakka shaxsga tegishli mulk.b)nodavlat yuridik shaxslar mulki. Ommaviy mulk esa: a) O`zbekiston Respublikasi mulki. b) ma'muriy tuzilmalar mulki.(munitsipal mulk).
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mulkidan mahrum etilishi mumkin. Demak davlat barcha mulk shakllarini himoyalaydi, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi. Agar mulkdor qonundan chetga chiqqan holda faoliyat olib borsa, o`ziga tegishli bo`lgan mulkdan mahrum bo`lishi mumkin. Fuqaro mulki xususiy mulkning o`ziga xos ko`rinishi bo`lib, mulkning boshqa turlariga nisbatan quyidagi afzalliklariga ega:
1. Mulkdor har doim konkret shaxs bo`ladi.
2. Mulkdor mulkka nisbatan eng yaqin bo`ladi.
3. Bunday mulk tashmachilik, o`g`rilik, xo`jasizlikning qurboni bo`lish ehtimolidan uzoq bo`ladi.
O`zbekiston Respublikasi FK ning 209-moddasiga asosan xususiy mulkning subyektlariga quyidagilar kiradi:
-uy-joylar, xonadonlar, dala hovlilar, ekinlar, hayvon va parrandalar, uy-ro`zg`or buyumlari;
- aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatbaho qog`ozlar;
-ishlab chiqarish; xizmat ko`rsatish , savdo va boshqa xo`jalik faoliyati sohasidagi korxonalar, mulkiy komplekslar, binolar, inshooatlar, uskuna, transport va boshqa ishlab chiqarish vositalari;
-ixtirolar, seleksiya yutuqlari, sanoat namunalari va intellektual faoliyatining boshqa natijalari;
- iste'mol qilishga va ishlab chiqarishga mo`ljallangan har qanday boshqa mol-mulk qonunlarga muvofiq xususiy mulk bo`lishi mumkin, ayrim mol-mulk turlari bundan mustasno.
O`zbekiston Respublikasida ommaviy mulkning, xususiy mulk singari bir qancha turlari mavjud. Bularga:
a) O`zbekiston Respublikasi mulki.
b) ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulki ( munitsipal mulk)
O`zbekiston Respublikasi mulkiga quyidagilar kiradi: davlatga tegishli bo`lgan mol-mulk, yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo`shlig`i, o`simlik va hayvonat dunyosi hamda boshqa tabiiy boyliklar.
O`zbekiston Respublikasi ma'muriy –hududiy tuzilmalar mulkiga esa quyidagilar kiradi: mahalliy budjet mablag`lari, munitsipal uy-joy fondi va komunal xo`jalik korxonalar va boshqa mulkiy komplekslar, xalq ta'limi, madaniyat, sog`liqni saqlash massasalari.
O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslarning mulk turlari quyidagicha turlanadi:
a) mahalla mulki. b) ijara korxonasining mulki.v) xo`jalik shirkati mulki.g) diniy tashkilotlarining mulki.ye) jamoat birlashmalarining mulki.
Chet el fuqarolariga O`zbekiston Respublikasi hududidagi mulklariga egalik qilish huquqi beriladi. Davlat bu mulkning daxlsizligini va boshqa davlatlarga erkin o`tkazilishini kafolatlaydi. O`zbekiston iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan keng miqiyosdagi islohatlar shu kafolatlar mavjud ekanligidan kelib chiqib olib borilmoqda7.
Har qanday iqtisodiy tizimda bo`lganidek, bozor iqtisodiyotida ham mulk muammosi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi va harakatdagi mavjud mulk shakllarining bozor talabiga, uning xususiyatlariga mos kelishi talab etiladi. Yuqorida qayd qilganimizdek, erkin iqtisodiy taraqqiyot, xo`jalik xillarining turliligi, iqtisodiy tashabbuskorlik, raqobat holati bozorning mo-hiyatini belgilovchi asoslardir. Bular avvalo mavjud mulk shakllariga bog`liq bo`lib, ularning ifodasini tashkil etgan xolda asosan mulk mohiyatidan kelib chiqadi.
Iqtisodiy tizimlar mulk shakllarining aksi bo`lga-nidek, bozor munosabatlari ham o`zlariga xos va mos mulk shakllarini talab etadi.
Tarixda turli mulkchilik va yakka mulkchilik davrlari mavjud bo`lgan. Jamiyat turli xil mulkchilik asoslarida rivojlanib kelgan. XX asrga kelib yakka mulkchilik tizimi ham barpo bo`ldi. Bozor munosabatlari, bozor iqtisodiyotining mulk shakllariga bog`liqligi ijtimoiy mulkchilik sharoitida, ayniqsa juda ayon bo`ldi.
Хo`jaliklarning turliligi, darajalarining har xilligi kurashga da`vat etadi, ya`ni raqobatga olib keladi. Ijtimoiy mulk esa, aksincha, tenglik, bir xillik xususiyatini yaratadi. Bundan tashqari u xo`jalik yuritishda markazlashuvga olib kelib, mustaqil harakat qilish, tashabbus ko`rsatish imkonlarini yo`q qiladiki, bunday sharoit bozor taraqqiyotini inkor etadi.
Eng muhim narsa shuki, ijtimoiy mulk bir xillik bo`lsa, xususiylik turlilikdan iboratdir.
Mulk moddiy va boshqa boyliklardan foydalanish sharoitlari, munosabatlari, egalik qilish, o`zlashtirish mazmunini o`z ichiga oladi. Mulkka egalik esa ko`proq boylikka ega bo`lish va u bilan boshqa barcha sharoitlarni qo`lga kiritishdir. Shunga ko`ra u iqtisodiyot asosidir. Iqtisodiy faoliyatda mulkning hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi unga egalik darajasini kuchaytirish va boyliklarga nisbatan erkin munosabatda bo`lishga erishishda ifodalanadi. Ma`lumki, ishlab chiqarish sharoiti, taqsimot va iste`mol holati, miqdori va darajasi albatta mulk munosabatlariga bog`liq va u bilan belgilanadi. Undan foydalanish, unga egalik qilishda umumiylik va xususiylik mavjuddir, boshqacha qilib aytganda, uning qatnashchilari tenglik, tengsizlik va itoatkorlik holatida bo`lishi mumkin. Bunda albatta mulkiy munosabatlar bir xilda bo`lmay, balki turli xilda va turli ta`sirda bo`ladi.
Mulkka egaliqdagi umumiylik amalda tenglikni yuzaga keltirmaydi. Chunki, uning harakati kimdir tomonidan boshqarilishi kerak, u vakil, belgilangan shaxs, yoki tashkilot bo`lishi mumkin. Bunday sharoitda barchaning manfaatlari bir xilda e`tiborga olinishi mumkin emas, chunki, kimki mulkka yaqin u uni boshqarish huquqlariga ega bo`lsa, u manfaatdorlikdagi bir xillikka to`la rioya eta olmaydi va u o`zi, o`ziga yaqinlarning manfaatiga ko`proq e`tibor beradiki, bu boshqalarning manfaati hisobiga amalga oshadi. Shu bilan birga umumiylikda xaqiqiy mulk egaligi ta`min-lanmaydi, asosan egasizlik ustunlik qiladi. Shuning uchun ham yirik iqtisodchilarning ijtimoiy mulkda egasizlik xususiyati mavjud, deb ta`kidlashida haqiqat bor. Shuning uchun ham mulqdagi umumiylikning samaradorlik darajasi, ayrim voqelikdan tashqari, yuqori bo`la olmaydi. Bu esa ijtimoiy mulkning istiqbolini belgilaydiki, bunga asoslangan tizim uzoq umr ko`rishi, yuqori taraqqiyotni ta`minlashi mumkin emas. Bundan tashqari mulkdagi umumiylik bozor sharoitlarini inkor etadi.
Mulkdagi xususiylikning ijobiy tomonlari ko`p, u ijtimoiylikka nisbatan bir qancha ustunliklarga ega. U, avvalo, umumiylikning teskarisi bo`lgan turlilik, xilma-xillik, tengsizlik sharoitlari bilan borliqdir. Bunda egalik darajasi yuqori bo`lib, javobgarlik hissiyoti kuchli bo`ladi. Eng muhimi shaxsiy manfaatdorlik to`la yoki to`laroq ifodalanadi. Mulqdan foydalanishning shaxsga bevosita bog`liqlik darajasi yuqori bo`ladi.
Mulk xususiyligi yuritishdagi turlilik, xilma-xillik va erkinlik sharoitlarini yaratish tufayli bozor munosabatlariga mos keladigan raqobatga asos soladi. Bozor munosabati bilan mulk muammosi, uning harakatdagi shakllariga e`tibor berar ekanmiz, uning bozor iqtisodiyoti rivojida o`rni, ahamiyati, bozor uchun uning ma`qul va zarur ko`rinishlari, bozor iqtisodi rivoji maqsadida mulk munosabatlarining taraqqiyotiga e`tibor berish zarur.
Mulkchilikning turi va shakllari mavjud. Mulk turi ijtimoiy iqtisodiy tuzumlarga nisbatan belgilanib, asosan bularga xos mulkiy munosabatlarni ifodalaydi. Bunda mavjud mulk shakllari avvalo ekspluatatsiya yoki noekspluatatsiya tuzumlarining asosi bo`lib hisoblanadi. Ma`lumki, tarixan yashab o`tilgan tuzumlar ekspluatatsiya bilan bog`liq bo`lib, ularni quldorlik, feodal va kapitalizm tuzumlari deb farqlar edik. Ekspluatatsiyaning mazmuni ishlab chiqarishni tashkil etish uchun zarur boyliklar ma`lum sinf, guruhlar qo`lida bo`lib qolganlarning ular uchungina mehnat qilishi bilan belgilanadi. Mehnat qilgan mahsulot taqsimotida ishtirok etmay, kam daromad olgan va mulk egalari esa mehnatsiz ham ko`p daromad olgan. O`z mehnati bilan daromad oluvchi mulkdorlar ham bo`lganu, lekin ular asosiy guruhlar qatoriga kirmagan.
Jamiyat taraqqiyotida, avval, iqtisodiy rivojlanish natijasida aralash iqtisodiyot yuzaga kelib, ko`pchilikning mulk egasi bo`la olishi sharoiti paydo bo`ladi. Yuqori darajada ishlab chiqarish, iqtisodiy o`sish ko`pchilikning mulkka hissador bo`lishi, moddiy resurslar ishlab chiqarilgan mahsulotlarni o`zlashtirishda qatnashuvi mumkin bo`ladi. Umuman, iqtisodiy taraqqiyotda barchaning manfaatdorligi yuzaga keladiki, bu yangicha mulkiy munosabatlar mazmuniga xos mulk turini yaratadi.
Mulkchilik yakka hukmronlikdan turlilik tomon rivojlanadiki, bu shakllari taraqqiyotini ko`rsatadi Mulk to`g`risida yuqorida aytib o`tilgan fikrlar uning shakllarida o`z ifodasini topadi va o`z ta`sirini mavjud harakatdagi mulk shakllari tufayli namoyon etadi.
Yakkamulkchilik to`la ijtimoiy mulk shaklidan iborat bo`lsa, mulk shakllarining turliligi asosan davlat mulki, shaxsiy mulk, shuningdek, jamoa, qo`shma, kooperativ mulklari kabilardan iboratdir. Mulkdan foydalanishda yana qo`shimcha shakllar ham yuzaga keladi. Bular qatoriga ijara, pudrat, sheriklik, fermerlik (dehqonchilik) kabilarni qo`shish mumkin.
Milliy iqtisodiyotda davlat mulki ulushini pasayib borish tendentsiyasi
Iqtisodiy faoliyatda bilimdonlik bilan ish yuritish uchun mulk turlari, shakllarini ajrata bilish kerak. Yuqorida ko’rib o’tdikki, mulk munosabatlari o’zlashtirish munosabatlarini ifodalaydi, o’zlashtirish esa, doimo jamiyat tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshadi.
O’zlashtirishning qanday tarzda yuz berishiga ko’ra mulk turlari bir-biridan quyidagi asosiy mezonlarga ko’ra ajratiladi:
a) mulk sub’ekti kimligi;
b) o’zlashtirish printsipi;
v) mulk egalari xohishiga ko’ra, mulkni ularning o’rtasida erkin bo’linishi mumkinmi yoki yo’qligi;
g) mulk egalarining iqtisodiy psixologiyasi xarakteriga ko’ra.
Dastlab o’zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bo’linmaydigan mulk vujudga kelgan.
U odatda ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim iqtisodchilar fikriga ko’ra, taxminan 1 mln yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda o’zlashtirish — bu jamoaga birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish resurslari va boshqa hayot kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi quyidagi xususiyatlari: a) ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish;
b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda o’zlashtirish;
v) iste’mol buyumlarini teng taqsimlash tendentsiyasi bilan xarakterlanadi.
Birgalikda o’zlashtirish o’ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. Ya’ni:
bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g’oyasi hukmron;
jamoachilik asosiy o’ringa chiqadi;
jamoa bo’lib mehnat qilish, o’zaro yordam berish, ko’maklashish;
umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi;
har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati o’rtasida bevosita aloqaning yo’qligi.
Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya’ni birgalikda o’zlashtirish quyidagi aniq shakllarda:
ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bo’ladi.
Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga, atrof-muhitga bog’liq bo’lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bo’lib, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Xayot kechirish jamoa bo’lib yashagandagina mumkin bo’lgan. O’z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda jamoaga birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug’ jamoasi, so’ngra qabila tarzida tarkib topgan. Jamoaga qarashli bo’lgan er, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng taqsimlangan.
Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, so’ngra hunarmandchilikning kelib chiqishi katta o’zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining takomillashuvi, ishchi hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab chiqarish imkoniyatini vujudga keltirdi.
Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish o’z iqtisodiy
ahamiyatini yo’qotdi. Uning o’rniga oilaviy xo’jaliklar vujudga keldiki, ular o’z navbatida keyinchalik xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bo’ldi.
Birgalikda o’zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan.
Islom qoidalariga ko’ra barcha mulk Ollohnikidir. Er, suv va boshqa ne’matlar Ollohning bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli islomda mulkdan jamoa bo’lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin. Xozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoa-lar ijtimoiy tizimning tarkibiy qismi sifatida mavjud.
Birgalikda o’zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog’liq.
Davlatning o’z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bo’lishi, ya’ni boylikni davlat tomonidan o’zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi jamiyat taraqqiyotida ob’ektiv zaruratdan kelib chiqib o’zgarib turgan.
Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan o’sib chiqqan. Masalan, O’rta Osiyo mintaqasida X—XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati — Qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda:
Xulosa
Xulosa qilib aytganda Jahon Iqtisodiy inqirozining mulkchilik munosabatlariga ta`siri - tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab va taklif o‘rtasidagi muvozanatning buzilish holatidir. Iqtisodiy inqirozning oqibatlari sifatida real YAMMning kamayishi, ommaviy bankrotlik va ishsizlik, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarni keltirish mumkin. Inqiroz deganda, mamlakat iqtisodiy holatining birdaniga yomonlashuvi tushunilib, u ishlab chiqarishning keskin pasayishi, ishlab chiqarish aloqalarining buzilishi, korxonalarning bankrotligi, yoppa ishsizlik, milliy valyutaning devalvatsiyalanishi, kapitalning qochishi, aholi turmush tarzining pasayishi kabilarda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy inqiroz (retsessiya) – iqtisodiyotning shunday holatiki, mamlakat yalpi ichki mahsulotining mutloq hajmi kamida ikki chorak mobaynida ketma-ket qisqaradi. Iqtisodiy inqiroz bozor iqtisodiyotiga xos hodisa bo‘lib, ma’lum davriylik bilan takrorlanib turadi.
Dunyo tarixida ko’plab iqtisodiy inqirozlar bo’lib o’tgan. Ularning ichida eng ko’p talofat yetkazgani bu 2008-yilda bo’lib o’tgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidir. Hozirgi davrda ham butun dunyo birlashib barcha uchun umumiy raqib hisoblangan Coronavirus kasalligi bilan kurashmoqda. Bu urush oqibatida nafaqat davlatlar siyosiy, ijtimoiy sohalarda yana iqtisodiy tomonlama ham ko’plab yo’qotishlarga duch keldi. Ushbu pandemiya sabab jahon mamlakatlari yana iqtisodiy inqiroz holatiga tushish arafasida. Shu qatorda O’zbekiston ham. Jumladan, 2008-yilgi global moliyaviy inqirozga qarshi choralar zudlik bilan ko`rilgani ham bu talofatlarning ko`lamini va ta`sirini kamaytiridi.
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki inqiroz - bu katta talofatlar va zararlar jamlanmasidir va shu bilan bir qatorda davriy paydo bo’lib qolgan muammolar yechimi hamda yangilanishga va svilizatsiyalashuvga turtki beruvchi vosita hisoblanadi.



Download 128,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish