Mulk tiplari va shakllari



Download 59,5 Kb.
Sana28.06.2017
Hajmi59,5 Kb.
#18596

Aim.uz

Mulk tiplari va shakllari

Iqtisodiy faoliyatda bilimdonlik bilan ish yuritish uchun mulk turlari, shakllarini ajrata

bilish kerak. Yuqorida ko’rib o’tdikki, mulk munosabatlari o’zlashtirish munosabatlarini

ifodalaydi, o’zlashtirish esa, doimo jamiyat tomonidan belgilangan tartib asosida amalga oshadi.

O’zlashtirishning qanday tarzda yuz berishiga ko’ra mulk turlari bir-biridan quyidagi asosiy

mezonlarga ko’ra ajratiladi:

a) mulk sub’ekti kimligi;

b) o’zlashtirish printsipi;

v) mulk egalari xohishiga ko’ra, mulkni ularning o’rtasida erkin bo’linishi mumkinmi

yoki yo’qligi;

g) mulk egalarining iqtisodiy psixologiyasi xarakteriga ko’ra.

Dastlab o’zlashtirish birgalikda yuz berib, umumiy bo’linmaydigan mulk vujudga kelgan.

U odatda ijtimoiy mulk deb ataladi. U kishilik jamiyati tarixida ayrim iqtisodchilar fikriga ko’ra,

taxminan 1 mln yil davomida hukm surgan. Umumiy birgalikda o’zlashtirish — bu jamoaga

birlashgan barcha kishilar tomonidan hal qiluvchi ishlab chiqarish resurslari va boshqa hayot

kechirish vositalariga birgalikda teng egalik qilishdir. Bu mulk tipi quyidagi xususiyatlari:

a) ishlab chiqarish resurslariga teng egalik qilish;

b) umumiy birgalikda qilingan mehnat natijasini birgalikda o’zlashtirish;

v) iste’mol buyumlarini teng taqsimlash tendentsiyasi bilan xarakterlanadi.

Birgalikda o’zlashtirish o’ziga xos iqtisodiy psixologiyani ham shakllantiradi. Ya’ni:

— bunda jamiyatda boylikni tekis taqsimlash g’oyasi hukmron;

— jamoachilik asosiy o’ringa chiqadi;

— jamoa bo’lib mehnat qilish, o’zaro yordam berish, ko’maklashish;

— umumiy mulk shaxsan hech kimga tegishli emas degan fikrning hukmronligi;

— har bir shaxs manfaati bilan jamiyat manfaati o’rtasida bevosita aloqaning yo’qligi.

Mulkchilikning ijtimoiy tipi, ya’ni birgalikda o’zlashtirish quyidagi aniq shakllarda:

ibtidoiy jamoa, davlat mulki tarzida namoyon bo’ladi.

Kishilik jamiyati taraqqiyotining dastlabki bosqichlarida inson hayoti butunlay tabiatga,

atrof-muhitga bog’liq bo’lgan. Mehnat qurollari juda oddiy bo’lib, hayot kechirish uchun

ne’matlar izlab topish katta qiyinchiliklar bilan amalga oshgan. Xayot kechirish jamoa bo’lib

yashagandagina mumkin bo’lgan. O’z jonini saqlashga intilish odamlarni stixiyali tarzda

jamoaga birlashishga olib kelgan. Jamoalar avval urug’ jamoasi, so’ngra qabila tarzida tarkib

topgan. Jamoaga qarashli bo’lgan er, mehnat qurollari, ishlab chiqarish natijasi teng

taqsimlangan.

Jamiyatda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishi, so’ngra

hunarmandchilikning kelib chiqishi katta o’zgarishlarga olib keldi. Mehnat qurollarining

takomillashuvi, ishchi hayvonlardan foydalanish nisbatan ozchilik uchun boshqalarsiz ishlab

chiqarish imkoniyatini vujudga keltirdi.

Birgalikda yashash, hayot kechirish uchun ne’matlar izlab topish o’z iqtisodiy

ahamiyatini yo’qotdi. Uning o’rniga oilaviy xo’jaliklar vujudga keldiki, ular o’z navbatida

keyinchalik xususiy mulk kelib chiqishiga sabab bo’ldi.

Birgalikda o’zlashtirishning turli shakllari uzoq vaqt hukm surgan.

Islom qoidalariga ko’ra barcha mulk Ollohnikidir. Er, suv va boshqa ne’matlar Ollohning

bandalariga inoyatidir. Demak, barcha mulkda hammaning haqi bor. Shu sababli islomda

mulkdan jamoa bo’lib foydalanish kuchli. Uni hozir ham his qilish mumkin.

Xozirgi paytda ham Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasida jamoa-lar ijtimoiy tizimning

tarkibiy qismi sifatida mavjud.

Birgalikda o’zlashtirishning davlat mulki shakli davlat kelib chiqishi bilan bog’liq.

Davlatning o’z vazifalarini ado etishi uchun davlat mulki bo’lishi, ya’ni boylikni davlat

tomonidan o’zlashtirish zarur. Davlat mulkining miqyosi va undan foydalanishning maqsadi

jamiyat taraqqiyotida ob’ektiv zaruratdan kelib chiqib o’zgarib turgan.

Davlat mulki xususiy va jamoa mulkidan o’sib chiqqan.

Masalan, O’rta Osiyo mintaqasida X—XIII asrlarda dastlabki turk-islom davlati —

Qoraxoniylarning kuchli markazlashgan davlati hukm surgan. Davlat mulki quyidagi shakllarda:



1. Amloki xos — davlat mulki. Er va er osti boyliklari, moddiy ko’chmas mulklar va

davlat ahamiyatiga oid ashyolar davlat tasarrufida bo’lgan.



2. Iqto’ — davlat xizmatchilarini ta’minlovchi mulk. Muayyan er maydonlari, moddiyma’naviy

mulklar va davlat xazinasining muayyan qismi iqto’ mulki bo’lgan.



3. Vaqf — muayyan ijtimoiy tabaqa mulki. Madaniy-ma’rifiy binolar, madrasa va

masjidlar, ziyoratgoh va qabristonlar vaqf mulki bo’lgan.

Shu bilan birga Qoraxoniylar davlatida xususiy mulkchilik cheklanmagan. Shu sababli

jamiyatning barcha tabaqasi o’z mulkiga ega edi. Jamiyatning haddan tashqari tabaqalanib

ketishiga yo’l qo’yilmagan. Tarixiy manbalarda ko’rsatilishicha, bunga davlat mulkidan,

chunonchi vaqf mulkidan g’oyat samarali foydalanish bilan erishilgan.

XIX asrning oxiri va XX asrda birgalikda o’zlashtirishning dastlabki tipi davlat mulki

yana muhim rol o’ynay boshladi.

Albatta, u tamomila yangi makroiqtisodiy shaklda bo’lib, miq-yosi va maqsadi jihatidan

dastlabki o’zlashtirishdan tubdan farq qiladi. Davlat mulkining paydo bo’lishi va rivojlanishi

quyidagi yo’llar orqali amalga oshiriladi: a) mulkni milliylashtirish (natsionalizatsiya qilish),

boshqacha aytganda, xususiy mulkni davlat mulkiga aylantirish; b) davlat mablag’i hisobidan

korxonalar o’rniga boshqa zarur ob’ektlarni vujudga keltirish; bosh-qa mulk sub’ektlariga

daromadlarning bir qismini soliq undirish orqali davlat byudjetiga olish.

Xozirgi ko’rinishdagi davlat mulkini vujudga keltirishdagi dastlabki qadam Germaniya

kantsleri, tarixda «temir kantsler» nomi bilan qolgan Otto fon Bismark nomi bilan bog’liq. U

1873 yili temir yo’l kompaniyalarini inqirozdan saqlab qolish uchun Prussiya temir yo’llarini

davlat mulkiga aylantirdi. Tamaki mahsulotiga davlat monopoliyasini o’rnatdi. Ko’pgina xususiy

mulk egalari Bismark faoliyatini «tamaki sotsializmi»ga o’tish deb baholashdi.

XX asrning 50—60- yillarida boshlangan fan-texnika inqilobi tufayli o’arb

mamlakatlarida katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Mehnat va ishlab chiqarish kooperatsiyasi,

integratsiyasi natijasida davlatga qarashli yirik korxonalar va tarmoqlar vujudga keldi.

Davlatning iqtisodiyotga ta’siri kuchaydi.

Kapital ko’p talab qiladigan, qilingan xarajatlar tezda qoplanmaydigan, yaxshi foyda

bermaydigan tarmoqlar davlat ixtiyoriga o’tdi. Sanoatda energiya manbalari, metallurgiya,

harbiy-sanoat kompleksi, muhim moliya muassasalari, chunonchi Markaziy bank va ishlab

chiqarish hamda sotsial infrastruktura davlat mulki hisoblanadi.

Klassik kapitalizm va moliya kapitali hukmronligidan so’ng o’arbda sotsial-iqtisodiy

rivojlanishda yangi davr qaror topdi.

Bunda xususiy mulk makroiqtisodiyot miqyosida davlat sektori tomonidan «qisiladi»

(suriladi).

Iqtisodchilar keltirgan ma’lumotlarga ko’ra, hozirgi paytda yalpi milliy mahsulotda

davlat xarajatlari rivojlangan mamlakatlarda 10 dan 30 foizgacha va undan yuqori.

«Ekonomiks» darsligining mualliflari K. R. Makkonell va

S. P. Bryular ham AQSh iqtisodiyotida davlat sektori tutgan o’rin kattaligini real fakt deb qayd

qiladilar.

Turli mamlakatlarda davlat mulki ob’ekti va ulushi bir-biridan farq qiladi. Davlat mulki

ma’lum me’yorda bo’ladi, lekin totalitar, ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan tizimda o’ta

davlatlashtirish yuz berib, davlat mulki monopoliyasi vujudga keladi. Davlat mulki tanho

hukmron bo’ladi (II bob).

Demokratik aralash iqtisodiyotda esa davlat mulki iqtisodiy zaruriyat talab qilgan

me’yorda saqlanadi.

Davlat mulki qatoriga atom, kosmik sanoat, undirma sanoatning ma’lum turlari, yirik

portlar, temir yo’l, suv omborlari, kanallar, qo’riqxonalar, tarixiy madaniyat obidalari va

boshqalar kiradi. Ko’pchilik mamlakatlarda er xususiy mulk ob’ektiga kiradi. O’zbekistonda

mulk to’g’risidagi qonunga ko’ra er, suv, qazilma boyliklar, o’simlik va hayvonot dunyosi davlat

mulki deb e’lon qi-lingan.

Davlat mulkiga davlat tashkilotlari va muassasalarining mulki, davlat byudjetining

mablag’lari, davlatga qarashli aktsiyalar ham kiradi. Bundan tashqari, davlatning xorijda ham

mulki mavjud bo’ladi.

Davlat mulki umumdavlat hamda munitsipal mulk shakli ko’rinishida (munitsipal mulkka

viloyat, tuman, shahar, qishloq, hukumatga, idora organlariga qarashli mulk hamda mahalla

mulki kiradi). Undan tashqari, mahalliy — kommunal mulk ham bo’lishi mumkin. Birgalikda

o’zlashtirishga asoslangan jamoa mulki va davlat mulkidan tashqari bo’linmas mulkka

asoslangan jamoa (korxona), oila mulki shaklida ham namoyon bo’lishi mumkin.

Xar bir inson birgalikda o’zlashtirishni eng avvalo, oilada his qiladi. Bunda uy-joy,

ro’zg’or buyumlari, tomorqa, mashina, birgalikda daromad topish uchun ustaxona, novvoyxona,

asbob-uskuna, xom ashyo va boshqa xo’jalik yuritish uchun zarur bo’lgan narsalarni ko’rsatish

mumkin. Bu erda shuni ham eslatib o’tish kerak-ki, bizni iqtisodchilarimiz shaxsiy ehtiyojlarni

qondirishda foydalaniladigan ne’matlarni shaxsiy mulk sifatida alohida ajratib ko’rsatib, bu

mulkdan daromad topish maqsadida foydalanimasligini ta’kidlashadi.

Bu mulk shakllariga mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak, «huquq

dastasi»da ko’rsatilgan huquqlar barcha kishilar uchun teng.

Umumiy birgalikda o’zlashtirish davridan so’ng ijtimoiy mulk-ka tamomila qaramaqarshi

individual xususiy o’zlashtirish kirib keladi.

Xususiy o’zlashtirish odamlarning mulkka boylik orttirish manbai sifatida

qarashidan kelib chiqadi.

Xususiy o’zlashtirishga egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish huquqidan tashqari,

boshqarish, daromad olish, sotish, xavfsizlikni ta’minlash, meros qoldirish va boshqa huquqlar

ham kiradi. Bu huquqlar mohiyati jihatidan jamiyatda qabul qilingan tartib, qonun-qoidalarni

ifodalaydi. Bu o’z navbatida inson iqtisodiy psixologiyasini ham shunga muvofiq shakllantiradi:

— individual, egoistik fikr yuritish asosiy o’ringa chiqadi;

— jamiyat bilan har bir alohida shaxsning begonalashuvi;

— boshqalarning ehtiyojini qondirishga o’z manfaatini ko’zlagan holda (kirishiladi),

qatnashiladi;

— xususiy mulk asosida boylik orttirish ko’zlanadi;

— jamiyatda boylikni xususiy mulk asosida tabaqalanish g’oyasi ustun bo’ladi;

— xususiy mulk muqaddas, daxlsiz, insonning tabiatiga mos tushadigan mulk tarzida

tasavvur etiladi;

— o’z mulkini iqtisodiy realizatsiya qilish orqali mulk egasining shaxsiy manfaatdorligi

amalga oshadi, ta’minlanadi.

Xususiy o’zlashtirish ikki turda bo’lib, bir-biridan katta farq qiladi.

Birinchisida ishlab chiqarish omillarining egasi o’zi mehnat qiladi, ikkinchisida esa

yollangan ishchilar. Muvofiq ravishda xususiy mulkning ikki turi mavjud bo’ladi:

a) barcha ishlab chiqarish omillarining yagona egasiga tegishli bo’lgan mulk yoki

individual xususiy mulk;

b) ishlab chiqarishning mehnat omili bilan boshqa omillar egasi alohidalashgan xususiy

mulk.

Xususiy mulkning birinchi turiga dehqon, hunarmand va boshqa shunga o’xshash o’z



mehnat vositalari bilan o’zi mehnat qiladiganlar kiradi. Ishlab chiqarish barcha omillarining

egasi sifatida yaratilgan barcha mahsulotni mehnat omili egasining o’zi o’zlashtiradi. Xar bir

kishi o’zi mehnat qilar ekan, o’z mulkidan asrab-avaylab, samarali foydalanishga harakat qiladi.

Mulkdan foydalanish natijasida farovon yashash uchun chuqur manfaatdorlik yotadi. Shuning

uchun ham xo’jalik yurituvchi o’z xo’jaligi va olayotgan daromadi barqaror bo’lishi uchun kuchi

va mablag’ini ayamay harakat qiladi. Bir kishining o’zida ham mulk egasi, ham mehnatkash

mujassamlashganda ishlab chiqarish omillaridan eng samarali foydalaniladi. U erkin, boshqalar

tomonidan ezilmaydi, ekspluatatsiya qilinmaydi. Boshqacha aytganda, mehnat omiliga tegishli

mahsulot (daromad) boshqa omil egasi tomonidan o’zlashtirib olinmaydi.

Unga «mulk huquqi» nuqtai nazaridan qaralsa, «mulk huquqi dastasi»da



ko’rsatilgan barcha huquqlar uning yakka o’ziga tegishli.

Xususiy mulkning ikkinchi turida mehnat omilidan boshqa omillar mulk egasiga tegishli

bo’lib, ishlab chiqarish natijasi ham unga qarashli bo’ladi. U nisbatan katta miqdorda mulkka

egalik qilib, yirik ishlab chiqarish, ya’ni yirik xo’jalik tashkil etib, iqtisodiy faoliyat yuritadi.

Bunda ishlab chiqarish jarayonida mehnat omili bilan boshqa omillarning birikishi ikki

usul bilan amalga oshiriladi:

1) noiqtisodiy, ya’ni majburiy mehnat orqali;

2) iqtisodiy yo’l bilan, ya’ni iqtisodiy rag’batlantirish, haq to’lash yo’li bilan mehnatga

jalb qilish orqali.

XV—XIX asrlarda o’arbiy Evropada yangi sotsial-iqtisodiy tizim: kapitalizmning

dastlabki, tarixda «klassik kapitalizm» deb nom olgan bosqichi qaror topdi.

Bu bosqichda xususiy kapitalistik tadbirkorlik printsiplari to’la namoyon bo’ladi. Bosh

iqtisodiy omil yakka xususiy mulk egasi bo’lib, u korxona egasi sifatida ishlab chiqarishni o’zi

boshqa-radi. Shunday xo’jalik faoliyatini A. Smit va D. Rikardo nazariy jihatdan yoritib

berishgan. Kapitalizm bosqichiga o’tilishi bilan buyuk tarixiy jarayon — insoniyatning industrial

ishlab chiqarishga o’tishi boshlandi. Bu texnika va ishlab chiqarishni tashkil etishda katta sifat va

miqdor o’zgarishlariga yo’l ochdi. «Bug’ asri»dan «Elektr asri»ga o’tilishi mehnat

kooperatsiyasi masshtabining kengayishi, kapitalning to’planishi va markazlashuvini

kuchaytirdi.

Oqibatda mikroiqtisodiyot tamomila yangi ko’rinishga ega bo’ldi.

Ko’plab yirik korxonalar ajralib, ishlab chiqarishda hukmron mavqeni egallashga

kirishdi. Bu yirik korxonalar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o’z mahsulotini

realizatsiya qilish uchun hamma imkoniyatlarini ishga solishga kirishdi.

Yirik sanoat kapitali bilan bank kapitali qo’shilib moliya kapitali vujudga keldi.

Mulkchilikning yangi tipi: birgalikda qo’shilgan ulushga qarab o’zlashtiriladigan mulk kelib

chiqdi.


Mulkchilik yangi tipining shakllanishiga ko’p jihatdan fan-texnika inqilobi natijasida

yangi, katta kapital talab qiladigan sohalarning paydo bo’lishi sabab bo’ldi. Bunda birinchidan,

alohida kapitalistlarning kapitali etmasligi, ikkinchidan, raqobatda mag’lub bo’lib, bankrot

bo’lishi tufayli mol-mulkdan ajralib qolish xavfi muhim rol o’ynadi.

Mulkchilikning yangi, uchinchi tipida — umumiy va xususiy o’zlashtirish birgalikda

amalga oshadi. Bunday aralash o’zlashtirishga quyidagi sabablarga ko’ra erishiladi:

1.Bu mulk umumiy mulkka barcha qatnashchilar qo’shgan hissa asosida tashkil topadi.

2.Birgalikdagi hissadorlik asosida tashkil topgan bu mulkdan umumiy maqsad va yagona

boshqaruv asosida foydalaniladi. Odatda, har bir hissa qo’shgan mulk egasiga umumlashgan

mulkni boshqarishda me’yoriy imkoniyatlar beriladi.

3.Xo’jalik faoliyatini pirovard natijasi har bir kishining qo’shgan hissasiga ko’ra

taqsimlanadi.

Bu mulk tipi ham odamlarda ma’lum iqtisodiy psixologiya vujudga kelishiga ta’sir

ko’rsatadi:

— individual-jamoachilik tuyg’usi;

— umumlashgan mulk egalari mulk va undan olinadigan daromad barqarorligini

ta’minlashga harakat qiladilar;

— xususiy iqtisodiy manfaatdorlik jamoaning umumiy manfaati bilan qo’shilib ketadi;

— kishilarda har bir kishining daromadi umumiy daromadga, umumiy muvaffaqiyatga

bog’liqligi haqida tushuncha paydo bo’ladi.

Xamkor (ulush asosida birgalikda tashkil topgan) mulk quyi-dagi aniq shakllarda

namoyon bo’ladi:

— aktsionerlik jamiyati (korporativ) mulki;

— qatnashuvchilarning pay mulkiga asoslangan kooperativ mulk;

— shirkatlar mulki;

— yirik xo’jalik birlashmalari (assotsiatsiya, ittifoq va bosh-qa shunga o’xshashlar)

mulki;

— qo’shma korxonalar (milliy va xorijiy kapital bilan);



— turli shakldagi jamoalar mulki.

Agar mulkchilikning birinchi tipida mulk umumiy, bo’linmaydigan, har bir kishining

individual manfaati umumiy manfaatga to’laligicha bo’ysundirilgan bo’lsa, uchinchi tipida

avvaldan bosh umumiy mulk uning qatnashchilari xususiy mulkidan tashkil topgan. Xar biri o’z

ulushidan manfaatdor.

U ikkinchi mulk tipidan ham farq qiladi. Agar klassik kapitalizmda ishlab chiqarish

vositalariga yakka kapitalistning o’zi egalik qilsa, uchinchi tipda mulk egasi anonim, ya’ni

barcha ulushi borlarning birgalikdagi mulki bo’ladi.

Uchinchi tip mulkning eng keng tarqalgan shakli aktsionerlik jamiyati, ya’ni korporativ

mulkdir. Bu mulk egalari birgalikdagi mulkdagi o’z ulushlarini xohlagan paytlarida sotishlari

mumkin. Shuning uchun mulk hajmi o’zgarmagani holda mulk egalari tarkibi o’zgarib turishi

mumkin. Undan tashqari, individual, yakka kapitalistik mulkda kapitalni mulk egalarining o’zi

boshqarsa, aktsionerlik jamiyati faoliyatini maxsus professional boshqaruvchilar — menejerlar

boshqaradi. Ular ma’lum muddatga har ikki tomonning huquq va majburiyatlari ko’rsatilgan

shartnoma (kontrakt) asosida ishlaydilar. Agar kapital egasining kapitali o’z mablag’ini ishlab

chiqarishga qo’yish tufayli ko’paysa, aktsionerlik kapitali chetdan pul mablag’larini, ayniqsa

bank mablag’larini jalb qilish orqali ko’paytiriladi.

Aktsionerlik shakli nihoyatda moslashuvchan. U turlicha sotsial-iqtisodiy mazmunga ega

bo’lib, undan alohida kishilar manfaati yoki sotsial guruhlar, yoki davlat manfaati yo’lida

foydalanish mumkin. Bu aktsiyalar nazorat paketi kimga tegishli bo’lishiga bog’liq.

Nazorat paketi kimning qo’lida bo’lishiga qarab, aktsionerlik jamiyatlari alohida kishilar,

boshqa kompaniyalar, davlat yoki mehnat jamoasi nazoratidami ajratish mumkin. Oxirgi

paytlarda g’arbdagi mamlakatlarda nisbatan uncha katta bo’lmagan butunlay mehnat jamoalariga

tegishli bo’lgan aktsionerlik jamiyatlari miqdori o’sib boryapti. Masalan, AQShda 10 mingdan

ortiq, shunday korxonalarda 10 mln dan ortiq kishi band.

Uchinchi tip mulkchilik shakllarini mulkchilik huquqi nuqtai nazaridan qarasak,

uning hech qaysi shakliga «mulk huquqi» to’liq dastasi tegishli emas. Turli shakllariga mulk

huquqining turli kombinatsiyalari to’g’ri keladi.

Real hayotda mulkchilikning uchala tipiga muvofiq ravishda vujudga kelgan aniq mulk

shakllarining asosiy qismi mikroiqtisodiyot miqyosida tashkil topgan.

Mikroiqtisodiyotdagi tub o’zgarishlar natijasida, xususiy

mulkning roli va ahamiyatining pasayishi sodir bo’ldi. Professorlar P. Samuelson va V.

Nordxauslar bu haqda shunday deganlar: «Kapitalizmning tabiati o’zgardi: xususiy mulk

ilgarigiga qaraganda kamroq xususiy, erkin korxonalar esa kamroq erkin bo’lib qoldi».

Natijada XX asr oxiridan boshlab makromiqyosda klassik kapitalizm o’z xossalarini

yo’qotdi, u «sof kapitalizm» bo’lmay qoldi.

Shunday qilib, hozirgi paytda iqtisodiyotda mulkchilikning uch: ijtimoiy, xususiy,

aralash tipi va ularga xos turli shakllari mavjud:

1. Davlat (umumiy, bo’linmaydigan) mulki.

2. Xususiy mulk (individual, xususiy kapitalistik).

3. Xamkor (pay asosida tashkil topgan umumiy mulk, ya’ni birgalikda qo’shilgan ulushga

qarab o’zlashtiriladigan) mulk.

Natijada turli ukladlardan tashkil topgan iqtisodiyot vujudga keldi.

Uklad — bu xo’jalik yuritishning sotsial-iqtisodiy shakli. Ijtimoiy-iqtisodiy uklad

mamlakatning iqtisodiy sektorida ishlab chiqarish omillariga mulkchilikning biron-bir shakliga

muvofiq suratda vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlarni, xo’jalik yuritish shaklini ifodalaydi.

Ko’p ukladli iqtisodiyot turli mulk shakllari va har xil xo’-jalik turlari yaxlitligidan



tashkil topgan iqtisodiyotdir.

Aim.uz

Download 59,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish