Korporativ boshqaruvning asosiy tamoyillariga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Adolatlilik - boshqaruv qoidalari adolatli bo‘lib, halol raqobatchilik sharoitida kompaniyaga muvaffaqiyatli harakat qilishga imkoniyat berishi va shu bilan birga barcha qatnashchilarning, shu jumladan minoritar aksiyadorlarning ham huquqlarini ta’minlash lozim.
Ravshanlilik - kompaniyaga aloqador barcha muhim axborotlarning, shu jumladan mulkchilik shakli, moliyaviy holati, faoliyat natijalarini o‘z vaqtida va aniq oshkora qilinishini kerak.
Hissadorlik — barcha boshqaruv organlarining vazifalari va vakolatlarini aniq ajratib berishni, Ijroiya organining Kuzatuv kengashi va aksiyadorlarga hisob berish majburiyatini yuklaydi.
Javobgarlik - aksiyadorlar va boshqa manfaatdor shaxslar oldida ma’muriyatning va kompaniya faoliyatiga bog‘liq qarorlarni qabul qiluvchi shaxslarning javobgarligi.
Aksiyadorlik jamiyatining boshqaruv tizimi korporativ boshqaruv tamoyillarining amalga oshishini ta’minlashi zarur.
Respublika aksiyadorlik korxonalarida korporativ boshqaruv usullarini joriy etishning eng muhim xususiyatlariga quyidagilarni kiritish lozim:
korxonalar nisbatan “yosh”ligi va bosqichma - bosqich rivojlanishi, mustaqillik yillarida ularning deyarli qaytadan shakllanishi;
respublika moliya bozorining ko‘pgina tarmoqlarini islohotlar o‘sishining past sur’atlari, bularga ma’lum darajada korxonalarda korporativ menejmentni amalga oshirish ko‘lamlari va sifati bilan bog‘liq;
korxonalarning qayta tashkil etilishi jarayonlarini faollashtirish va korxonalarda mavjud korporativ madaniyat darajasini oshirishga qaratilgan yuqori rivojlangan infratuzilmasining yetarlicha mavjud emasligi;
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar talablarini yetarlicha o‘rganmaslik va zamonaviy marketing yutuqlaridan yetarli darajada foydalanmaslik oqibatida;
aksariyat korxonalar boshqaruv ijroiya organlarining nofaolligi emasligi, ularning biznesga investitsiyalarni jalb qilish uchun transparentlikning ahamiyatiga yetarlicha baho bermasligi tufayli ushbu korxonalar faoliyatining past darajadaligi;
boshqaruv ijroiya organlariga moliyaviy oqimlarni boshqarishni va dividend siyosati taqdirini butunlay topshirib qo‘ygan aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv organlari va aksiyadorlar tomonidan ularning ishini yetarlicha nazorat qilinmasligi;
korxonalar tomonidan korporativ boshqaruvga oid ilg‘or xorijiy tajribaning sust o‘rganilishi va o‘z ishi amaliyotiga past sur’atlarda joriy etilishidan iborat.
Korxonalarda korporativ boshqaruv usullari qaror topishining ko‘rsatib o‘tilgan xususiyatlari, bir tomondan: O’zbekiston Respublikasida o‘tish davrining asosiy yukini “o‘ziga olgan"ligi alohida roli bilan belgilanadi, bu yuk milliy iqtisodiyotni qayta qurishning kardinal tuzilmasiga hamda ijtimoiy ishlab chiqarishni tashkil qilishda an’anaviy yondashuvlarning o‘zgarishiga bog‘liqdir.
Boshqa tomondan, korporativ boshqaruv usullarini joriy etishning
past sur’atlari va bunga bog‘liq kamchiliklarni aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatini boshqaradigan me’yoriy - xuquqiy bazaning mukammal emasligi, O’zbekiston Respublikasida aksionerlashtirish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek korxona boshqaruvi oliy organlari va aksiyadorlarning amaliyotda korporativ boshqaruv tamoyillariga rioya qilishdagi sustkashligi bilan izohlanadi.
Bundan tashqari, aksiyadorlik jamiyatlarining rahbariyati va menejerlari tomonidan biznesni korporativ boshqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani yetarli darajada o‘rganilmaganligi, shuningdek mazkur muammo nazorati hamda korxona faoliyatini boshqarish organlari tomonidan kompleks yondashuvning yo‘qligi kooperatsiya jarayonlariga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Mazkur nazorat va boshqaruv organlari aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish jarayonlarini realizatsiya qilishning o‘ziga xos tomonlarini yetarlicha hisobga olmaydi.
O’zbekiston Respublikasida mulkchilikning aksiyadorlik shakli aksiyadorlar uchun o‘zini o‘zi qoplaydigan va investorlar uchun foydali bo‘libgina qolmasdan, balki xo‘jalik yuritishning bunday shakli mulkchi- likning boshqa shakllariga (davlatga tegishli, qo‘shma, hususiy) nisbatan samarali ekanini yaqqol ko‘rsatuvchi namuna vazifasini ham bajaradi.
O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi quyidagi shakllarda tijorat tashkilotlarini tashkil qilish imkoniyatini nazarda tutadi:
ochiq aksiyadorlik jamiyati va yopiq aksiyadorlik jamiyati;
mas’uliyati cheklangan jamiyat va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat;