“Korporativ boshqaruv” fanidan 2-oraliq nazorat topshiriqlari
1.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish, o‘tkazish va rasmiylashtirish bo‘yicha belgilangan muddatlar
yuzasidan quyidagi jadvalni to‘ldiring.
№
Muddat bo‘yicha belgilangan
masalalar
Belgilangan muddat
1.
Kuzatuv kengashi tomonidan
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi chaqirish
to‘g‘risida qaror qabul qilish
Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishining o’tkazilish sanasi uning o’tkazilishi to’g’risidagi
qaror qabul qilinishidan o’n kundan kam va o’ttiz kundan ko’p bo’lmagan muddat
ichida belgilanishi lozim.
2.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
to‘g‘risida aksiyadorlarni xabardor qilish
Aksiyadorlar Umumiy yig’ilishi to’g’risidagi xabarnoma jamiyatning rasmiy veb-
sahifasida, ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinib, aksiyadorlarning electron
pochta manzillariga yig’ilish o’tkazilishidan kamida yetti kun oldin va ko’pi bilan
o’ttiz kun oldin yuboriladi.
3.
Aksiyadorlar reyestrini shakllantirish
Jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda,
qimmatli qog‘ozlar egalarining depozitariylardagi depo hisobvaraqlari holatiga ko‘ra
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy
depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi.
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda:
markaziy ro‘yxatdan o‘tkazuvchi vazifasini bajaruvchi Qimmatli qog‘ozlar markaziy
depozitariysi jamiyatlar aksiyadorlari reyestrlari shakllantirilishini ta’minlashi va
shakllantirilgan reyestrlarni saqlashi shart;
4.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi kun
tartibiga masalalar kiritish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga masala uni qo‘yish sabablarini,
masalani taklif etayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) nomini, unga tegishli
aksiyalarning soni va turini ko‘rsatgan holda yozma ravishda kiritiladi.
Jamiyat kuzatuv kengashi tushgan takliflarni ko‘rib chiqishi hamda ushbu moddaning
birinchi qismida belgilangan muddat tugaganidan so‘ng uzog‘i bilan 15 kun ichida
ularni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida yoki
mazkur kun tartibiga kiritishni rad etish haqida qaror qabul qilishi shart. Aksiyador
(aksiyadorlar) kiritgan masala aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining kun tartibiga,
shuningdek ko‘rsatilgan nomzodlar jamiyat kuzatuv kengashi va taftish
komissiyasiga (taftishchiligiga) saylov yuzasidan ovoz berish uchun nomzodlar
ro‘yxatiga kiritilishi shart, quyidagi hollar bundan mustasno:
5.
Davlat ishtirokidagi aksiyadorlik
jamiyatlarida davlat vakilini xabardor
qilish
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risida aksiyadorlarga va davlat
vakiliga xabar berish tegishli axborotni matbuotda e’lon qilish hamda
aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi rasmiy e’lon qilingan sanadan 30
kalendar kun oldin shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlari reyestri asosida ularga
bildirishnoma yuborish orqali amalga oshiriladi.
6.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
bayonnomasini rasmiylashtirish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi
yopilganidan keyin kechi bilan 15 kun ichida ikki nusxada tuziladi. Har ikkala nusxa
ham umumiy yig‘ilishda raislik qiluvchi va umumiy yig‘ilish kotibi tomonidan
imzolanadi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgan joy va vaqt;
jamiyatning ovoz beruvchi aksiyalariga ega bo‘lgan aksiyadorlar ovozlarining
umumiy soni;
yig‘ilishda ishtirok etgan aksiyadorlar ega bo‘lgan ovozlar soni;
yig‘ilishning raisi (rayosati) va kotibi, yig‘ilishning kun tartibi ko‘rsatiladi.
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining bayonnomasida nutqlarning asosiy mazmuni,
ovozga qo‘yilgan masalalar hamda ular yuzasidan o‘tkazilgan ovoz berish natijalari,
yig‘ilish qabul qilgan qarorlar aks ettirilishi lozim.
7.
Qabul qilingan qarorlarni aksiyadorlarga
yetkazish
Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qabul qilingan qarorlar, shuningdek ovoz berish
yakunlari ushbu Qonunda va jamiyat ustavida nazarda tutilgan tartib hamda
muddatlarda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi, biroq bu muddat ana shu qarorlar
qabul qilingan sanadan e’tiboran 45 kundan oshmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |