Ko’rinishlariga dosh bera olgan, dosh berish bilan birgalikda o’zida asriy udumlar


II-BOB. Milliy tarbiyada oilaviy udumlar va an’analar



Download 0,55 Mb.
bet5/13
Sana13.04.2022
Hajmi0,55 Mb.
#548816
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Kurs Ishi

II-BOB. Milliy tarbiyada oilaviy udumlar va an’analar
2.1 Milliy tarbiyaning o’ziga hosligi va mezonlari
Xalqimiz azal-azaldan axloqiy fazilatlarga boy bo’lgan. Ota-bobolarimiz farzand o’stirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap-so’zlariga, kishilar oldida o’zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o’z maqsadlarini qanday so’zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarining qo’rslik qilishi, kattalar suxbatiga aralashishi, nojo’ya ishlariga zinxor-bazinxor yo’l qo’ymaganlar. Bu narsalarga farzand tarbiyasining eng muhim tomoni deb qaraganlar.
Ammo, ming taassufki, yaqin tariximizda sharqona tarbiya, axloq-odobning ming yillik tajribalardan «estetik sarqiti» deb voz kechdik, o’zligimizni unutayozdik. Axloqsizlik,
xayosizlik, ichkilikbozlik, qadimiy merosimizdan nafratlanish asosida qurilgan «yangi axloq» zo’rlab targ’ib qilinadi. Bu «ovrupacha odob»ning samarasini, xalqimiz boshiga solgan kulfatlarini, ma’naviyatimizga yetkazgan zararlarini bugun hammamiz ko’rib turibmiz.
Sharqona odob ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Chunonchi, Kur’oni karim oyatlari mazmuni, Payg’ambar alayxissalom xadislari, sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari tarbiyamizning manbai bo’lib xizmat qilgan. Islomiy tarbiya musulmonlar xayotining barcha qirralarini, xatto mayda jixatlarigacha qamrab olgan. U go’daklarni emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko’cha-kuyda, kattalar qoshida o’zini qanday tutish lozimligigacha barcha jixatlarni o’z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning xalol, pok, mexnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ayniqsa, ota-onani xurmatlash ruxida tarbiyalashni shart qilib qo’ygan.
Janobi Rasulullox xadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq- odobini ham yaxshilanganlar!», «Xech bir ota o’z farzandiga xulq-u odobdan buyukroq meros bera olmaydi», deyilgan. Yana bir xadisda esa: «Mo’min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir», deyilgani bejiz emas. Bobokalonlarimiz hamisha barkamol inson shaxsini tarbiyalashga intilganlar va o’z farzandlari, mahalla yoshlari va butun jamiyatning tarbiyali bo’lishi uchun kurashganlar. Yoshlarni tarbiyalashda «Mening bolam», «Sening bolang» deb ajratishmagan. Tarbiya berish hammaning vijdoniy burchi deb qaralgan.
Odamzod dunyoga kelibdiki, mudom mukammal timsol axtaradi, komillikka intilib, ruxiy najot yo’lini qidiradi. Shu orzu-intilish samarasi o’laroq, ma’naviyat bobida beqiyos kashfiyotlar qilingan.
Komil inson haqidagi ta’limot insonni yuksak kamolotga yetishini ko’zda tutadi.
Komillik bu – insonning yerda qilgan hamma ishlari ma’naviy e’tiqod bilan sug’orilishidir.
O’zbek xalqi o’z madaniyati va ma’naviyatida komil insonlarni voyaga yetkazishga katta e’tibor bergan. Buning natijasida asarlar davomida aqli zakovatga, qomusiy bilim va qobiliyatga ega bo’lgan Az-Zamaxshariy, Abu Rayxon Beruniy va Al-Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Al-Xorazmiy, Amir Temur va Ulug’bek, Alisher Navoiy va Bobur, Ogaxiy kabi komil insonlar yetishib chiqdi va olamga tanildi. Ular tufayli xalqimiz mag’rur yashadi, mehnat qiladi, doimo xurriyat va erk sari intildi.
Bizga ma’lumki, Abu Ali ibn Sino buyuk qomusiy olim sifatida tibbiyot, riyoziyot (matematika), falakkiyot, fizika, kimyo, biologiya, dorishunoslik, ruxshunoslik, fiziologiya, filologiya, falsafa, axloq va badantarbiya kabi ko’plab fanlarning yetuk bilimdoni bo’lgan. Uning aql-zakovati, yaratgan asarlari O’rta Osiyodagina emas, balki Sharq va G’arbiy Ovrupa mamlakatlarida ham xurmat bilan tilga olinadi. U har tomonlama komillik darajasiga yetgan ulug’ inson bo’lgan. Abu Ali ibn Sino yigirma to’rt yoshida ilmlarning hammasidan xabardor bo’lib, Buxoroda olimlar bilan bo’lgan baxsda ularni mot qilganligi ma’lum. Bunday muvaffaqiyatga olim kamolotga erishganligi tufayli muvaffaq bo’lgan edi.
Abu Ali ibn Sino o’z xayoti va faoliyati davomida doimo ezgulikka intilgan komil inson bo’lgan. Uning nomi va asarlari xamisha tillardan-tillarga, dillardan-dillarga utib yuraveradi.
Inson komilikka intilar ekan, zinxor bu intilishning oxiriga yeta olmaydi. Shu bois, men komilman, kamolatga erishdim, degan odam xato qiladi. Inson o’z faoliyati mobaynida, nuqson va kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Ammo shu nuqson-u kamchiliklarni tushunib, tuzatib ularni takrorlamaslikka xarakat qiladigan kishi barkamol insondir. Bu xaqda Alisher Navoiy shunday degan:

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish