Noutbuklarning texnik xarakteristikasi va vazifasi. Zamonaviy modellari.
Samsung 3-series
Ekran o‘lchami: 15,6 dyuym
Displey: 1366×768
Protsessor: 2,1 GHz Dual Core
Operativ xotira: 3 Gb
Ichki xotira: 320 Gb
Kamera: bor
Og‘irligi: 2,43 kg
|
|
HP pavilion G6
Ekran o‘lchami: 15,6 dyuym
Displey: 1366×768
Protsessor: Core i3 2430 MHz
Operativ xotira: 3 Gb
Ichki xotira: 500 Gb
Kamera: bor
Og‘irligi: 2,55 kg
|
|
Lenovo U-410
Ekran o‘lchami: 14 dyuym
Displey: 1600×900
Protsessor: Core i7 2900 MHz
Operativ xotira: 4 Gb
Ichki xotira: 500 Gb
Kamera: bor
Og‘irligi: 2,2 kg
|
|
Toshiba Satellite
Ekran o‘lchami: 15,6 dyuym
Displey: 1920×1080
Protsessor: Core i7 2 GHz
Operativ xotira: 8 Gb
Ichki xotira: 1 Tb
Kamera: bor
Og‘irligi: 2,14 kg
|
|
Acer Aspire
Ekran o‘lchami: 17,3 dyuym
Displey: 1920×1080
Protsessor: 2200 MHz Intel Core i7
Operativ xotira: 8 Gb
Ichki xotira: 1 Tb
Kamera: bor
Og‘irligi: 2,6 kg
|
|
Ultrabuklar
Ekran o‘lchami: 11,6 dyuym
Displey: 1366×768
Protsessor: 1,6 GHz Intel Core i5
Operativ xotira: 2 Gb
Ichki xotira: 64 Gb SSD
Kamera: HD 720p
Og‘irligi: 1,08 kg
|
|
Nazorat savollari:
1.Noutbuklarning tarixi haqida ma’lumot bering?
2.Noutbuklarning texnik xarakteristikasi va vazifasi.
3.Zamonaviy modellaridan qanday turlarini bilasiz?
4. Noutbooklar turlarini aytib bering?
13-Mavzu: Planshetlar. Internet planshetlar bilan ishlash.
Reja:
1.Planshetlar.
2.Internet planshetlar.
3.Internet planshetlar bilan ishlash
4. Alohida xususiyatlari
Tayanch so’zlar: Planshet. Tablet, Planshet shaxsiy kompyuter,Slate PC, Ultramobil SHK, Mobil internet-qurilma, Internet-planshet,Elektron kitob
Planshet kompyuteri (ingl. Tablet computer yoki elektron planshet) — turli sensorli ekranga ega bo‘lgan mobil kompyuterlari (qurilmasi) tushunchasini beradi. Planshet kompyuterini qo‘l yoki stilusni tekkizish orqali boshqarish mumkin. Klaviatura va sichqoncha har doim ham mavjud bo‘lmaydi.
Planshet kompyuterlariga agar sensorli ekrani mavjud bo‘lsa, quyidagi qurilmalarni kiritish mumkin:
• Planshet shaxsiy kompyuter
• Slate PC
• Ultramobil SHK
• Mobil internet-qurilma
• Internet-planshet
• Elektron kitob
Bugungi kunda jahonda eng ommabop va ko‘p sonli planshet-kompyuterlar internet-planshetlar bo‘lib hisoblanadi. Quyida ular haqida batafsil fikr yuritamiz.
Internet-planshet
Internet-planshet (ingl. Internet tablet yoki Web tablet — Veb-planshet yoki Pad tablet — Pad-planshet (Bloknot planshet), yoki Web-pad — Veb-bloknot, yoki Surfpad — Veb-serfing-bloknot) — smartfonlar uchun foydalaniladigan klassdagi apparatli platformada qurilgan, ekrani diagonali odatda 5 duymdan to 11 duymgacha bo‘lgan planshetli kompyuterlar turiga kiruvchi mobil kompyuter.
Internet-planshetni boshqarish uchun sensorli ekrandan foydalaniladi, u bilan ishlash fizik klaviatura va sichqonchadan foydalanmasdan, barmoqlar yordamida amalga oshiriladi. Sensorli ekranda matnni kiritish umuman olganda, klaviaturada terish tezligidan qolishmaydi. Ko‘plab zamonaviy internet-planshetlar dasturlarni boshqarish uchun multitach-jestlardan foydalanishga imkon beradi.
Internet-planshetlar, odatda, Wi-Fi yoki 3G/4G-ulanish orqali internet tarmog‘iga doimiy ulangan bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Shuning uchun internet-planshetlardan veb-serfing (veb-saytlar va veb-sahifalarni ko‘zdan kechirish), veb-ilovalarni ishga tushirish va biror-bir veb-xizmatlar bilan aloqada bo‘lish uchun foydalanish qulay hisoblanadi. Internet-planshet ushbu holatda SHK yoki noutbukning o‘rnini to‘la bosa olmasligini hisobga olish kerak, chunki uning mobillikka yuqori talablar sababli (kam energiya sarflashi va kattaliklari) funksionalligi cheklangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |