b) Tarbiyaviy: Kompyuterning qurilmalariga, office dasturlariga qanday munosabatda bo’lishni o’rgatish.
c) Rivojlantiruvchi: O'quvchilarda jadvallar bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilish.
Shakllanadigan kompetensiyalar: TK -1, TK-2, TK -4, TK -5, FK-1,2
III. Dars turi: Yangi bilim beruvchi
IV. Dars usuli: Interfaol usullardan foydalanilgan an’anaviy dars.
V. Darsning jihozi:Kompyuterlar va ularni qurilmalari, videoproyektor,plakatlar, darslik, tarqatma materiallar, slaydlar.
VI. Darsning rejasi:
1. Tashkiliy qism (2 minut).
2. O’tilgan mavzuni so’rash (15 minut): Yozma, og’zaki savol-javob.
3. Yangi mavzu bayoni (15 minut).
4. Darsni mustahkamlash va yakunlash (8 minut).
5. O’quvchilarni baholash (3 minut)
6. Uyga vazifa berish (2 minut).
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism: O’quvchilar bilan salomlashaman, davomatni aniqlayman, agar darsda qatnashmayotgan o’quvchi bo’lsa, sababli yoki sababsiz ekanligini aniqlab jurnalga qayd etib, mavzuga oid plakatlarni ilib qo’yaman.
2. O’tilgan mavzuni so’rash: O’quvchilarga o’tilgan mavzu bo’yicha darslikdagi savollar orqali murojaat etiladi va baholanadi.
1. Jadval nima?
2. Wordda jadval qanday yaratiladi?
3. Jadval elementlarini ayting.
4. Hujjatlarda jadval joylashtirish kerak bo’lgan joy qanday ko’rsatiladi?
5. Hujjatlarga jadval joylashtirish uchun Word matn protsessorida qanday amallar bajariladi?
6. Hujjatdagi jadvaldan qanday qilib nusxa ko’chiriladi?
7. Hujjatdagi jadvalni qanday qilib o’chirish mumkin?
3. Yangi mavzu bayoni:
Demak, ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'lar ekan. Ular o'z navbatida kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi - bu katak. Katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, xatto rasmlar joylashtirsa bo'ladi. Unga faqatgina yangi jadval joylashtirib bo'lmaydi.
Jadvaldagi ma`lumolarning hajmiga qarab ustunlarning kengligini o'zgartiramiz. Buning uchun sichqoncha ko'rsatkichi ustunlarning chegara chizig'iga olib kelinadi (sichqoncha ko'rsatkichi ko'rinishga keladi). Sichqonchaning chap tugmasi bosilgan holda kerakli tomonga siljitiladi. Natijada jadvalimiz quyidagi ko'rinishga keladi:
Jadvallar ustida bajariladigan asosiy amallardan biri - undagi ma`lumotlarni saralash-dir. Ko'rayotgan misolimizda to'garak a`zolarini tug'ilgan yili bo'yicha o'sish tartibida saralash kerak bo'lsin. Buning uchun to'garak a`zolarining tug'ilgan yillari yozilgan 3-ustun belgilab olinadi (avvalgi paragrafda ko'rsatilgan blokka olish amali). "Jadval" menyusidan "saralash" buyrug'i tanlanadi. Xosil bo'lgan muloqot oynasida "o'sish tartibida" buyrig'i tanlanadi. "OK" tugmasi bosilgach, jadvalimiz quyidagi ko'rinishga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |