Em = zi . tOi
1
bu yerda: m - vaqtni iqtisod qilish omillar soni (dona), Atzi - ma`lum faktor davomida buyurtmachi vaqtini o’rtacha iqtisodi (min), Oi – shu faktor ta`sirida bajariladigan xizmat hajmi, dona.18
Mahsulotni sertifikatlash. Sertifikatlash - mahsulot xususiyatlarining standartlar talabiga haqiqiy mos kelishiga yo’naltiruvchi harakatlar sistemasidir. Sertifikasiya joriy qilinishi bilan ishlab chiqaruvchi korxonalar attestasiyadan o’tishlari lozim, so’ngra ularning rasmiylashgan sifatga muvofiq mahsulotni bir maromda ishlab chiqarish imkoniyati bilan qayta attestasiya qilinadi.
Sertifikasiya yetkazib beruvchilardan va iste`molchilardan sinovlarning natijalarini hamkorlikda e`tirof qilishni talab qiladi, qayta sinovlarni istisno qiladi, shuning uchun ishlab chiqarish-ekspluatasiya oralig’i “qisqaradi”.
Bir qator mahsulotlar uchun xalqaro sertifikasiya sistemasi joriy qilingan bo’lib, unda ayrim mamlakatlar yoki firmalar ishtirok etadi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, sertifikat olgan mahsulot eng yaxshi jahon yutuqlariga mos keladi. Shu sababdan bu mahsulot raqobatlashish imkoniga ega.
Mahsulotni sertifikatlash mahsulotni standartlar talabiga javob berishini nazorat qilish imkoniyatini beradi. Sertifikat mahsulotning sinalganligini, ob`yektiv nazoratdan o’tganini tasdiqlaydi va mahsulot xaridorlarining ishonchini qozonishiga yordam beradi.
“Mahsulot sertifikatlash” tushunchasi xalqaro standartlashtirish tashkilotining mahsulotni sertifikatlash masalalari bo’yicha tuzilgan maxsus komitet tomonidan taklif etilgan.
Sertifikatlash borasida olib boriladigan ishlar quyidagi prinsipial qoidalarga asoslanadi:
mahsulotning iste`molchilar manfaatdoriga, import qiluvchi davlatlar buyutrmalari talablari, ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlariga javob berishi borasida ma`lumot beradigan ko’rsatkichlarni tanlash;
sertifikatlash tizimini tanlash;
mahsulot ishlab chiqarish texnologiyasining stabilligi, sifatni boshqarish tizimidan foydalanish;
sertifikatlash borasida olib boriladigan ishlar va tajriba natijalarining mustaqilligi.
Sertifaktlash tajribalarning natijalari mahsulot sifatini tasdiqlovchi dalillar (mahsulot belgi, etiketka, maxsus hujjat, sertifikat) bilan mustahkamlanishi lozim.
Hozirgi paytda sertifikatlashning bir nechta sxemasi qo’llaniladi:
Sertifikatlash majburiy va fakultativ bo’lishi mumkin.
Majburiy sertifikatlash - mahsulotning atrof muhitni muxofaza qilish, mahsulotdan foydalanish xavfsizligini belgilovchi sifat ko’rsatkichlari uchun amalga oshiriladi.
Fakultativ sertifikatlash - ixtiyoriy xarakterga ega bo’lib, iste`molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o’rtasida ishonchni mustahkamlash, ularning raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi xususiyatlar uchun amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |