2.2. Koreys tilida antonimr va paronimlarning ifodalanishi
Antonim deb, ma’nosi bir-biriga zid bo’lgan so’zlarga aytiladi. Tilshunoslikda antonim so’zlar barcha tillar do’rasida ishlatilib, ular odatda qarama-qarshiliklardan kelib chiqqandir, hamda bu guruh so’zlar bizga predmetning yaxshi – yomonligi, baland yoki past ekanligi, katta – kichikligini bilish va aytishda kerak bo’ladi. Biz antonimlarni tilshunoslikning katta qismlaridan biri bo’lgan leksikologiyada o’rganamiz. Antonimlar grekcha anti- “zid”, “qarama- qarshi”, onoma yoki onuma “nom” degani bo’lib, qarama-qarshi tushunchalarni ifodalaydigan so’zlardir. Antonimik juftlikdagi so’zlar faqat bir xil so’z turkumlariga oid bo’ladi. 예를들면: 땅-하늘, 길다-작다, 가다-오다.
Antonimlik juft hosil bo’lishi uchun ikkita mustaqil tushuncha ma’no jihatidan o’zaro qarama – qarshi bo’lishi kerak. Fe’llardagi bo’lishli bo’lishsizlik xususiyati antonimlikni vujudga keltirmaydi.
가져오다-가져가다 Olib kelmoq-olib bormoq
사다-팔다 Sotib olmoq-sotmoq
싸다-비싸다 Arzon-qimmat
일어서다-앉다 O’rnidan turmoq-o’tirmoq
있다-없다 Bor-yo’q
맑다-흐리다 Ochiq bo’lmoq-bulutli bo’lmoq
자다-깨다 Uxlamoq-uyg’onmoq
높다-낮다 Baland-past
이 아파트가 너무 높아요.
Bu bino juda baland.
밤-낮 Tun-kun.
맵다-달다 Achchiq-shirin
저는 매운 음식을 아주 좋아합니다.
Men achchiq ovqatni juda yaxshi ko’raman.
젊다-늙다 Yosh bo’lmoq qarimoq
저는 젊은 학생입니다. Men yosh talabaman.
밖에 늙은 할머니와 하라버지가 계십니다.
Tashqarida qari kampir va chol bor.
키우다-죽이다 O’stirmoq-o’ldirmoq
Antonimlar har doim bir so’z turkumi doirasida yuzaga keladi.
Til taraqqiyoti jarayonida biz ko’p o’xshashliklarga duch kelishimiz mumkin.
Bir oilaga mansub bo’lgan tillarning bugungi kunga kelib farqlari kengayib borayotgani sezilib qolmoqda. Hozir biz o’zbek hamda koreys tillarida antonimlardan foydalanish jarayonida ikki tildagi farqini ko’rib chiqamiz. Bizga ma’lumki, o’zbek tilida antonimlar juda ko’p ishlatiladi hamda iboralar ham tilimizda ko’plab ishlatilib kelmoqda. Endi biz iboralarni ishlatish jarayonida antonimlarni ko’rib chiqamiz. O’zbek tilida antonim iboralarni ko’p uchratishimiz mumkin. Lekin koreys tilida antonim iboralar deyarli yo’q, bu ular o’rtasidagi farq hisoblanadi. O’zbek tilidagi ko’p uchraydigan antonim iboralar:
1) Yerga urmoq – ko’kka ko’tarmoq;
2) Ko’ngli joyiga tushmoq – yuragiga g’ul-g’ula tushmoq;
3) Boshi ko’kka yetmoq – fig’oni falakka chiqmoq;
O’zbek va koreys tillarida antonimlarning ishlatilishidagi yana bir farqli tomoni shundaki, o’zbek tilida antonimlar qo’shimchalar yordamida yasaladi.
O’zbek tilidagi antonim qo’shimchalar: -chi, -go’y, -li, -siz, -xush, -no kabilardir: yolg’onchi-rostgo’y, xushxabar-noxushxabar, foydali-foydasiz, odobli-odobsiz.
Ikki tildagi antonimlarning yana bir farqi o’zbek tilida antonimlar tub va yasama bo’la oladi: kata-kichik, baxtli-baxtsiz-bebaxt.
Koreys tilida tub va yasamalik xususiyati uchramaydi. Ulardagi yana bir farq o’zbek tilida ko’p ma’noli so’zlar o’zaro bir sinonomik qatordagi sinonim so’zlar bilan antonimlik holatiga kirisha olishi mumkin. Bunda har bir so’z ikkinchi bir so’z bilan antonim bo’la oladi. Masalan: chiroyli, suluv, lobar, go’zal so’zlari xunuk, badbashara, beo’xshov, tasqara kabi so’zlar bilan antonimlik zanjirini hosil qiladi. Koreys tilida sinonimik zanjir faqat bir so’z bilan antonim bo’lishi mumkin:
아름답다, 예쁘다, 멋있다, 잘 생기다 so’zlari bitta xunuk so’zi bilan antonimdir.
Tilda antonimlar quyidagi usullarda hosil bo’ladi:
1) Tovush jihatdan har xil: kata-kichik-크다/작다;
2) Ma’no jihatdan har xil: oq - qora – 하얀 색/검은 색;
3) Ma’nodagi o’zaro zidlik: yaxshi –yomon- 좋다 / 나쁘다.
Antonim so’zlarning omonim, paronim, sinonim so’zlardan farqi. Tilshunoslik fanining leksikologiya bo’limida so’zlarning ma’no munosabatiga ko’ra turlari o’rganiladi. Antonim so’zlarning omonim so’zlardan farqi omonimlar bitta so’z ya’ni yozilishi bir xil, ma’nolari har xil bo’lgan so’zlardir. Paronim so’zlar esa talaffuzi o’xshash bo’lgan so’zlardir. Sinonim so’zlar yozilishi har xil, ma’nolari birbiriga yaqin bo’lgan so’zlardir. Endi yuqorida ta’rif berilgan omonim, paronim, sinonim so’zlarga misollar keltiramiz.
Misol uchun olma (omonim so’z), birinchi ma’nosi, mevaning bir turi, ikkinchi ma’nosi “olmoq” fe’lining inkor shakli. Endi koreys tilida omonim so’zlarga misol keltiramiz, masalan, 눈 so’zi omonim so’z hisoblanadi. Uning birinchi ma’nosi qor, ikinchi ma’nosi esa ko’z. Koreys tilida deyarli barcha so’zlar paronim so’zlar hisoblanadi. Biz ushbu tilni o’rganish jarayonida juda ko’p paronim so’zlarga duch kelamiz. O’zbek tilida paronim so’zlar koreys tilidan farqli ravishda kam uchraydi. Masalan: asir – asr, chopon – cho’pon, shoh – shox, amr – amir. 1) Shoh asir tushganlarni hammasini zindonband etishga buyurdi. 2) Bahor kelib daraxt shoxlari kurtak ocha boshladi. 고리 –uzuk; 거리 – yo’l.
1) 남자가 길에서 혼자 걸어 갔습니다 2) 신랑은 신부에게 고리를 줍니다
Endi biz omonim hamda paronim so’zlarni antonimlardan ajratib olamiz.
Chunki bu so’zlarning farqini misollar orqali tushunib oldik. Sinonimlarga to’xtalib o’tsak, ular orasidagi farq yaqqol ko’rinib turibdi.Sinonim so’zlar o’z nomi bilan ma’nodosh so’zlar va ular orasidagi ma’nolarning o’xshashligi bilan sinonomik zanjir orqali bog’lanadi. Bu guruhga kiruvchi so’zlar orasida ham so’zlarning ma’nolari ham o’zaro farq qiladi. Sinonim so’zlarning barcha ma’nolarini ifodalovchi so’z – dominant so’z ya’ni bosh so’z deb ataladi.
Antonim so’zlar esa so’zlarning zid ma’nolarini ifodalaydi. Bu guruh so’zlari ham sinonim so’zlar guruhi singari bir so’z turkumi do’rasida yuzaga keladi. Sinonim va antonim so’zlar o’rtasidagi yagona o’xshashlik ham shundan iborat. Paronim so’zlar talaffuzdosh so’zlardir. Omonim so’zlar o’qilishi va yozilishi bir xil, ammo ma’nolari butunlay boshqa bo’lgan so’zlar guruhidir.
Antonim so’zlar yuqorida keltirilib o’tilgandek, qarama-qarshi ma’nolarni ifodalaydi.
XULOSA
Morfologiyaning leksikologiya bilan yaqinligi, ayniqsa, morfologik yo’l bilan – affikslar orqali so’z yasashda (shunigdek, bir tyrkumdagi so’zning boshqa turkumga o’tishi – ko’chish yo’li bilan so’z yasashda) ochiq ko’rinadi. So’z mustaqillikka, yaxlit strukturaga ega bo’lib, unda o’zaro bog’langan fonetik, leksik-semantik va grammatik tomonlar bor. Bu narsa so’zning o’zaro bog’langan uch xil strukturaga ega ekanligini ko’rsatadi: so’zning semantik strukturasi (so’z anglatadigan ma’nolarning butun sistemasi), so’zning fonetik strukturasi (so’zning tipik fonetik xususiyatlari), so’zning morfologik strukturasi (morfemalarga bo’linishi).
Yangi so’z hosil qilish, tilda so’zlarni ko’paytirish, tilning leksikasini boyitish usullaridan biridir. Demak, so’z yasalishi hodisasi leksikologiya bilan bevosita bog’liq; u leksik funktsiyani bajaradi. Shunga ko’ra so’z yasalishini leksikologiyaga kiritish mumkin. Lekin bu murakkab hodisaning bir qancha tomonlari bor. So’z yasashning eng ko’p tarqalgan, yetakchi usuli affiksatsiya bo’lganligidan va bunday yasalish formal, tashqi tomondan so’z formalari yaratish bilan bir xil ko’rinishda bo’lganligidan, bu hodisa ko’p zamonlardan beri morfologiyaga kiritiladi, holbuki, so’z yasashning sintaktik, fonetik va leksik-semantik usullari ham bor. So’z yasashning fonetik va leksik-semantik tiplari (grammatik so’z yasashdan boshqa usullar) morfologiyadan ancha uzoq turadi. So’z yasashning usullari va vositalari har xil. So’z yasash hodisasi yangi leksik birlik yaratish demakdir. Anglashiladiki, so’z yasalishining funktsiyasi leksik xarakterda, u leksikologiyaga yaqin turadi. Shunga ko’ra ayrim ishlarda so’z yasalishi leksikologiyaga kiritiladi.
So’z yasashning funktsiyasini, hamma usullarini (grammatik va grammatik bo’lmagan usullar), vositalarini, til sistemasinig turli tomonlari bilan munosabatini – umuman, uning tabiatini, o’ziga xos xususiyatlarini jamlab, bir butun sifatida olib qarasak, uning tilshunoslikdagi mustaqil bir qism ekanligini ko’ramiz. Demak, so’z yasalishi til haqidagi fanning ayrim bir sohasi bo’lib, uning bir tomoni morfologiya bilan aloqadordir.
Leksikologiya o‘z o‘rganish predmeti tadqiqida umumlingvistik tadqiq usul - distributiv (so‘zning chegarasini belgilash, morfologik strukturasini aniqlash), substitutsiya (so‘zlar ma’noviy xususiyatlarini tahlil etish), komponent tahlil (leksema va so‘zlar ma’noviy tarkibini aniqlash), transformatsion va statistik metodlaridan foydalanadi.
“So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari” ya’ni tilimizda mavjud barcha so’zlar shu bo’limning biror bir bo’lagi ichiga kiradi. Bu bo’limlardan xolis bo’lgan so’zlar yo’q. To’g’ri bizning muloqot vositamizda nolingvistik so’zlar ham mavjud bunday so’zlar bu bo’limga kirmaydi,chunki bunday so’zlar og’zaki bo’lmasdan imo-ishora bo’lganligi uchun bu bo’limga kiritilmaydi. So’zlarning shakl va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari qo’yidagi xususiyatlarga bo’linar ekan, ular o’z navbatida bu so’zlarni ma’lum bir qo’llanish usuliga qarab turlarga ajratib, so’zlarni guruxlarga bo’lib o’rganadi.
Biz esa aynan shu xususiyat orqali so’zlarni qo’llash usullarini anglaymiz. Hamda so’zlarni qo’llab gapimizni ta’sirchanligini oshiramiz. Shunday ekan so’zlarning shakil va ma’no munosabatlariga ko’ra turlari nafaqat o’zbek tili uchun, bundan tashqari koreys, xitoy, yapon tillari uchun umuman olganda dunyodagi barcha tillar uchun eng kerakli va eng muhim til vositasidir. Chunki bu vositalar tilning ta’sirdorligini oshirib yanada insonga kuchliroq ta’sir etadi, hamda so’zlovchini qay daraja so’zamolligini ochib beradi.
So‘z umumlingvistik muammo, shu bo’sdan u umumiy so‘z nazariyasi do’rasida ham o‘rganiladi. Leksik birlik do’rasiga nafaqat alohida so‘z (tugal shakllangan birliklar), balki so‘zga teng barqaror birlik, murakkab, tarkibli so‘z ham kiritiladi. Lekin so‘z asosiy lug’aviy birlik sanaladi.
Tilning lug’aviy tarkibi bir xil emas. So‘zlar turli asosga ko‘ra ko‘plab turlarga ajratiladi. Masalan, qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumiy iste’mol va chegaralangan (yoki xususiy) leksika, qo‘llanish davriga ko‘ra eskirgan so‘z, zamonaviy so‘z va neologizm, qo‘llanish do’rasiga ko‘ra dialektizm, professionalizm, jargon kabi turlarga bo‘linadi.
Sinonim leksema sememalaridagi atash va vazifa semasi aynan bir xil bo‘lib, ifoda semasi farqlanadi. Misol sifatida [yuz]-[bet]-[aft]-[bashara]-[turq] qatorini keltirish maqsadga muvofiq. Ma’nodoshlik qatoridagi mazkur leksemalarning barchasida atash semalari bir xil: «odam boshi old tomoni», «peshonadan iyakkacha». Ammo ifoda semalari har bir leksemada o‘ziga xos. Aniqrog’i, «shaxsiy munosabat» har bir leksemada boshqa-boshqa namoyon bo‘lgan. U [yuz] leksemasida «shaxsiy betaraf munosabat» ko‘rinishida bo‘lsa, [turq] leksemasida «o‘ta kuchli shaxsiy salbiy munosabat» tarzida.
Sinonimik qator ikki va undan ortiq so’zdan tashkil topishi mumkinligi aytildi. Lekin sinonimik qatorning chegarasini biror ma’noda necha so’z o’zaro sinonim bo’la olish yoki bo’la olmasligini belgilash ko’p hollarda ancha qiyin bo’ladi. Bu hol o’zaro sinonim bo’lgan so’zlar miqdori ko’p bo’lganda ayniqsa aniq seziladi.
Sinonimlar qatorining chegarasini, demak, sinonim so’zlar miqdorini aniqlashda shu qatordagi bosh so’zni aniq belgilash muhimdir. Bunday bosh so’z lingvistikada dominanta termini bilan yuritiladi.
So’zlarning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra tahlilidan ma’lum bo’ldiki, birdan ortiq so’zning o’zaro omonim, omofon, omograf yoki paronimligi shakliy tomon (fonetik struktura, talaffuz)ga ko’ra bo’lsa, sinonimlik va antonimlik ma’no munosabatiga ko’radir.
Struktur yondashuvda so‘z leksikologik nazariyasining asosiy vazifasi uning alohidaligi va o‘ziga xosligi mezonini tiklashdir. Birinchi holatda so‘z so‘z birikmasi bilan qiyoslanib, uning tugal shakllanganlik va alohidalik belgilari ochiladi. So‘zning nutqdagi analitik shaklining lisoniy asosi yoritiladi. Ikkinchi holatda so‘zning turli grammatik shaklidan hosil qilingan lisoniy invariantini tiklash xususida so‘z boradi. Shu munosabat bilan grammatik shakl olgan leksema - so‘zshakl tushunchasi muayyanlashtiriladi. Shuningdek, leksemaning turli nutqiy - fonetik, morfologik, leksik-semantik variantlari o‘rganiladi.
Har qanday lisoniy birlik serqirra mohiyatli bo‘lib, bu uning kamida ikki paradigmaga kirishini ta’minlaydi. Leksema birdan ortiq tushunchani qamrab olgan ekan, bunda uning serqirraligi yanada «kuchayadi». Masalan, [uzum], [o‘rik] leksemasi o‘zida bir necha tushunchani saqlar ekan, bu bilan u kamida ikki lug’aviy paradigmaga kiradi.
Koreys tilida 동의어 yoki 비슷한말 deyiladi. Synonyms yoki synonymon “bir nomli” degan ma’noni bildirib, bir umumiy ma’noni ifodalaydigan kamida ikkita so’zdir. Ma’nodosh so’zlar ikki yoki undan ortiq so’zdan iborat bo’lgan sinonimik qatordan tashkil topadi. Bu qatordagi ma’nosi betaraf bo’lgan, ya’ni ko’p qo’llanadigan so’zlar asosiy so’z (dominanta, bosh so’z) deb ataladi.
Koreys tilida tub va yasamalik xususiyati uchramaydi. Ulardagi yana bir farq o’zbek tilida ko’p ma’noli so’zlar o’zaro bir sinonomik qatordagi sinonim so’zlar bilan antonimlik holatiga kirisha olishi mumkin. Bunda har bir so’z ikkinchi bir so’z bilan antonim bo’la oladi. Masalan: chiroyli, suluv, lobar, go’zal so’zlari xunuk, badbashara, beo’xshov, tasqara kabi so’zlar bilan antonimlik zanjirini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |