Koreys tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi


Koreys tili sintaksisining o’rganilishi va sintagmatika



Download 59,7 Kb.
bet4/6
Sana24.04.2022
Hajmi59,7 Kb.
#578537
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xurramova D Kurs ishi 216 guruh

2. Koreys tili sintaksisining o’rganilishi va sintagmatika
Sintagma – intonatsiya (ohang) va ma’no jihatdan yaxlit bo’lgan bir yoki bir
necha so’zlardan iborat sintaktik birlik27.
Sintagma gap ichida bir-birining ketidan kelib bir nafas bilan aytiladigan
so’zlar guruhidir. Shuningdek, sintagma bir so’zdan ham hosil bo’lishi mumkin,
u ritmik urg’uga ega bo’ladi, gap tarkibidagi sintagmalar bir- biridan pauzalar
bilan ajraladi.
Sintagma nutq bilan, gapirish jarayoni bilan bog’liq bo’ladi. U muayyan
ritmik urg’u va pauza yordamida amalga oshiriladi. Sintagma birgina so’zdan
ham tuzilishimumkin. Shuningdek, so’z+ko’makchi kabi birikmalar ham
sintagma hisoblanishi mumkin. Nutqdagi har qanday sintaktik hodisa ham
sintagmatik kategoriyaga taalluqli bo’ladi.
Sintagma nutq jarayoni bilan bog’liq bo’lgan sintaktik birlik bo’lganligi
uchun sintagmani tashkil qilgan komponentlar yonma-yon turmog’i shart.
Nutqning asosiy (Sherba 1963), og’zaki nutqning dastlabki birligi
(Nikolayeva 1977) hamda eshitilayotgan nutqda kommunikativ va ma’no
farqlash vazifalarida keluvchi minimal birlik(Vinogradov 1977) hamdir.
Sintagmatika til sistemasi birliklarini nutq faoliyatida muayyan tartibda,
ketma – ketlikdajoylashishi, o’zaro mantiqiy munosabatga kirishishidir…
sintagmatika til birliklarini nutq jarayonida o’zaro bog’langan holda
qo’llanishini tekshiradi28.
Nutqda delimitatsiya uchun keng foydalaniladigan urg’uli va urg’usiz, uzun
va qisqa bo’g’inlarni talaffuz qilish vositalaridan biri – sintagmatik bo’linishdir,
deya ta’kidlaydi f.f.n. Ben Yon Suk “Koreys tilida ohang sintagmatikasi” nomli
disseratsiyasida va unga quyidagicha ta’rif beradi:
Sintagmatik bo’linish – har bir sintagmatik birlikning potensial korrelyati
(mazmuni boshqa tushuncha bilan munosabatdagina ochiladigan tushuncha)
bo’lib, bu so’zlovchi tomonidan u yoki bu og’zaki matnni so’zlayotganda
amalga oshirilishi yoki oshirilmasligi mumkin.
Sintagmatik bo’linish lingvistik bo’linishlarning muhim bo’linishlaridan biri
sifatida hali hamon tadqiqiotchilarning qiziqishlariga sabab bo’lib kelmoqda.
Shu bilan birgalikda uning mexanizmi, ajratish birligi – sintagmalar to’liq
o’rganilmagan va baxs munozarali mavzulardan biridir.
Sintagmatik bo’linishlar nazariy va amaliy jihatdan o’rganiladi.
Nazariy nuqtai nazardan, sintagmatik bo’linish shartlari tadqiq qilinib, unda
sintagmaning o’rni, uning so’z birikmalarida o’xshash va farqli tarafli o’rganilib,
sintagmaning tarkibiy qismlari o’rganiladi. Sintagmalarning birligini yaratishda
nutq ohangi vositasining roli tahlil qilinadi va h.z. Turli tillarda sintagmatik
bo’linishga oid ko’plab tadqiqot ishlari olib borilgan.
Amaliy nuqtai nazardan esa, turli tillarni o’rgatish jarayonida tarjima
nazariyasi sohasida sintaktik bo’linishlarni taqqoslab, ularning tahliliy
natijalarini qo’llash imkoniyatlari ko’rib chiqiladi.
Jumlalarning sintagmatik bo’linishi ob’yektiv qonuniyatlarga asoslangan va
umume’tirof etilgan fakt hisoblanadi. Ya’ni, har bir tilning o’z xususiyatlaridan
kelib chiqib, mazkur tildagi jumlalar ma’lum qonun-qoidalarga muvofiq
sintagmalarga ajratiladi.
Koreys va o’zbek tillarini solishtirma tahlili qilaniyotganda quyidagi
vazifalar bajarilishi kerak:
1) taqqoslanayotgan tillarning grammatik xususiyatlaridan kelib chiqib,
sintagmatik bo’linishlarning aniq qonuniyatlarini ishlab chiqish;
2) strukturaviy sintagmalarni o’ziga xos prosodik xususiyatlarini aniqlash;
3) ikkala tilda ham jumlalarning tugallanganligi yoki tugallanmaganligini
hamda so’roq ma’nosida keluvchi ohang sintagmalarining o’xshash va farqli
taraflarini aniqlash.
Sintagmatika nafaqat sintaktik jihatdan gaplarni o’zaro bog’lashda, balki
morfologik jihatdan ham bog’lanishda o’ziga xos o’ringa egadir. Buni esa
Ribakov Mixail Anatolyevichning “Ot Strukturasida sintagmatik munosabatlar”
mavzusida yoqlagan nomzodlik dissertatsiyasida ko’rishimiz mumkin.
Morfemlarning birikish usuli orasidagi bog’liqlik morfologik sintagmatika va
tilning grammatik tuzilishining muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Bu esa
B.A.Serebrennikov tomonidan quyidagicha ta`kidlab o’tilgandi:
“Agar bir tilda morfemlarning turli usullari bilan birika olishi, ushbu
usullarning mustaqil rivojlana olishi bilan ifodalansa, bunday usullarning
20
mavjudligi mazkur tilning strukturasiga bog`liqdir”.
Matndagi leksik tarkib va ular sintagmatikasini yana bir nomzodlik
dissertatsiyasida, ya’ni, A.E.Suprun o’zining “Leksik sintagmatika va matnning
leksik tuzilishi” doirasida yaqindan tanishishimiz mumkin. Unda xususan,
matnning leksik strukturasi tushunchasi uning paradigmatik va sintagmatik
nuqtai nazaridan o’rganilishini ochib bergan.
O’zaro bog’liq matn deganda ma’no jihatdan tugallangan jumla hisoblanadi.
Ilk bora sintagmatik tadqiqot ishlari 80-yillarda O.S.Axmanova tomonidan
olib borilgan bo’lib, mazkur ish “Ilmiy matnda nutqiy ketma ketlikning

Download 59,7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish