grammatikasi) kitobida esa, ayniqsa, gap ichida gap ya’ni 문장 속의 문장 35
[Munjang soge munjang] nomli bo’limida gap bo’laklarini batafsil yoritib
bergan.
Shuningdek uning 당신은 우리말을 새롭고 바르게 쓰고 있습니까? (셈터. 1995)
[Tangshinin urimaril seropko parige ssigo issimnikka?] (Siz bizni tilimizni o’rganayotib to’g’ri yozyapsizmi?) deb nomlangan kitobi ham sintaksisga oid
kitoblaridan biri sanaladi.
Xulosa − Koreya ko’p asrlar davomida Xitoyning mustamlakasi bo’lib, o’zining
shaxsiy alifbosiga ega bo’lmagan.
− U ilmiy jihatdan nisbatan keyinroq o’rganila boshlandi va tadqiqotlar
natijasida uning oltoy tillari oilasiga mansub ekanligi aniqlandi.
− Koreys tili oltoy tillari oilasiga mansub ekanligi shuni ko’rsatadiki, unda
gaplarning tuzilishi sintagmatik jihatdan turkiy tillarga yaqin turadi.
− Koreys tilidagi ega – ikkinchi darajali bo’lak – kesim strukturasi uni
turkiy tillar bilan aynan bir xil ekanligini ko’rsatadi.
−Koreys tilining rivojlanishiga nafaqat koreys olimlari, balki rus
olimlarining ham qo’shgan xissasi beqiyosdir. Xususan, Polivanov Ye.D.,
Xolodovich A.A.larning mazkur tilning rivojlanishida tutgan o’rnini alohida
ta’kidlab o’tish lozim.
− Ilk bora sintagmatik tadqiqot ishlari 80-yillarda O.S.Axmanova
tomonidan olib borilgan bo’lib, mazkur ish “Ilmiy matnda nutqiy ketma ketlikning sintagmatik kondensatsiyasi” deb nomlanadi.
− Faqatgina 90-yillarga kelibgina sintagmatik tadqiqotlar bilan
shug’ullanish keng tarqalib, bu borada ko’plab dissertatsiya ishlari yoqlandi.
− Gaplarning sodda va murakkab turlari formal jihatdan barcha tillarga xos
xususiyatdir va u til universaliyasi uchun xizmat qiladi.
−Koreys tilida sodda va murakkab gaplarni farqlash keyingi
tadqiqotlardagina amalga oshirila boshlandi.
− Koreys tilida gap bo’laklari tartibi muayyan sintaktik va stilistik
vazifalarni bajaradi.
− Koreys tilidagi murakkab gaplar bog’lovchilar va bog’lovchi so’zlar
(skreplar) orqali sintagmatik munosabatga kirishadi.
− Koreys tilidagi murakkab gaplar nisbiy mustaqillikka ega bo’lishi ham
mumkin.
− Ergash gapning vazifasida kelgan -고, -(으)며 [-go, -(iy)myo] (-(i)b), -지 말다 [-ji malda] (-may) affikslarini olgan ravishdosh formalari hech vaqt
kesimni ifodalovchi shaxs qo’shimchasini olmaydi. Ba’zan –ㄹ 때까지 [-r tte
kkaji] (-guncha) yordamchisi tarkibida ergash gapning egasi bilan shaxs,
songa ko’ra moslashgan egalik affiksi qo’llaniladi.
− O’tgan zamon sifatdoshi o’rin – payt –에 [-e] va chiqish –에서 [-eso]
kelishiklari affikslarini olib, ergash gapning kesimi bo’lib kelishi mumkin.
− Ega ergash gap bosh gapda olmosh orqali ifodalangan eganing aniq
ma’nosini ochish uchun xizmat qiladi.
− Kesim ergash gapli murakkab gaplarda bosh gapning kesimi faqat ot
kesim shaklida ifodalangan bo’ladi va bu kesimlar sodda yoki qo’shma
holatlarda uchraydi.
− Ergash gapni bosh gap bilan bog’lashda –것 [-got]; – 이[-i]; –말 [-mal]; –
줄 [-chul]; –모양 [mo’yang]; –데 [-de];–바 [-ba] kabi mustaqqil bo’lmagan otlar
ham ishtirok etishi mumkin.
− Ega va to’ldiruvchili so’roq gaplarda jumlalar so’roq yuklamalari –가 [-
ga] va–지 [-ji] (ekan) qo’llanilib, barcha ergash gaplar bosh gaplarga asosiy
kelishik –는 [-nin] yoki tushum kelishigi –를 [-ril] bilan bog’lanadi.
− Sabab ergash gapli murakkab gaplarda holat – payt, maqsadli gaplar
hamda vaqt jihatdan ma’lum bir sababni keltirishiga ko’ra –기 때문에 [-gi
ttemune] (sababli), –(하)기 위하여 [-(xa)gi vihayo] (nima uchundir), –기 전에 [-gi
chone], –하기 전에[-hagi chone] (-dan avval, oldin) kabi bog’lovchilar bilan
birikadi.
− Taqqoslash ma’nosidagi ergash gaplar o’zaro –기 보다 [-gi poda] (-ga qaraganda) qo’shimchasi orqali birikadi.
− To’siqsiz ergash gapli murakkab gaplar –에 불구하고 [-e pulgu hago] (–sa ham) yordamchisidan tashqari ma’noni kuchaytirishda –도 [-do] ham kuchaytiruvchi bog’lovchisi ham qo’llanilishi mumkin.
−Maqsad ergash gap asosan “uchun” -기 위해 [-gi vie] yordamchisi orqali
bog’lanadi.
-고 [-go] bog’lovchi qo’shimcha uyushiq bo’laklarning so’z yasovchi
qo’shimchasidir. -고 [-go] uyushiq bo’laklarini bog’lovchi qo’shimchasi faktlarni,
ya’ni o’zgartirib bo’lmaydigan holatlarni sanab o’tilganda ishlatiladi.
-(으)며 [-(iy)myo] bog‘lovchisi harakatlarni sanab o‘tishda qo‘llaniladi.
O‘zbek tiliga tarjima qilinganda, “-ib” ravishdosh so‘z yasovchisi hamda “va” teng bog‘lovchisiga to‘g‘ri keladi. U og‘zaki nutqda qo‘llanilganda ‘매’va ‘몌’ ko‘rinishida talaffuz qilinadi.
−Biriktiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar o’zaro –와/과, 그리고 [-
va/gva, kirigo] va, hamda bog’lovchilari, ham, -da yuklamalari yordamida
bog’lanadi va bir paytda yoki ketma – ket ro’y bergan voqea-hodisalarni
ifodalaydi.
− Zidlov munosabatli bog’langan qo’shma gaplar o’zaro –지만 [-jiman]
ammo, lekin, biroq bog’lovchilari yordamida bog’lanadi.
− Ayiruv munosabatli bog’langan qo’shma gaplar o’zaro ayiruv
bog’lovchilari 가끔…가끔[kakkim…kakkim] goh…goh, 아니면…아니면 [animyon…animyon] yoki…yoki yordamida bog’lanadi.
− Inkor munosabatli bog’langan qo’shma gaplar o’zaro 거나…거나 [gona…gona] na…na inkor yuklamasi orqali bog’lanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar va manbalar 1.https://mobi-up.ru/uz/rozy/south-korea-flag-and-other-national-symbols-symbols-and-flag-of-the-republic-of-korea/
2. National symbolsof the Republic of Korea (Book)
3. Leader Symbols and Personality Cult in North Korea (Book)
4. http://ziyonet.uz/
5. https://www.liveinkorea.kr/portal/UZB/page/contents.do?menuSeq=6107&page
6. Wikipedia.com
7. Koreya haqida 100 faktlar kitobidan
8. https://koreanculture.com
9. Symbols of East Countires
10. https://enc.for.uz/w/index.php?title=Koreya_Respublikasi&variant=uz