Shundan so’ng muntazam, to‘g‘ri va og’ma prizma tushunchalari kiritiladi.
Prizmaning xususiy holi bo’lgan parallelepiped quyidagicha ta’riflanadi;
Asoslar parallelogrammdan iborat prizma parallelepiped deb ataladi. Ko‘pyoqlarning yana bir turi bo’lgan piramidaga quyidagicha ta’rif beriladi.
Bir yog’i ko‘pburchak, qolgan yoqlari umumiy uchga ega uchburchaklardan iborat ko‘pyoq piramida deb ataladi. Ko‘pburchak uning asosi, uchburchaklarning umumiy uchi piramidaning uchi deb ataladi.
Piramida tushunchasi ta’riflangandan so’ng kesik piramida, piramida balandligi, muntazam piramida va piramida apofemasi tushunchalari kiritiladi.
Ko‘pyoqlarning turlariga oid tushunchalar kiritilgandan sung ularning ba’zi xossalari quyidagi teoremalar shaklida ifodalanadi va isbotlanib asoslanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |