Sochiluvchan yuklar uchun bad’yalar:
a — tubi pastga tushadigan; b — tubi ochiladigan.
6 Mavzu: Traversalarning vazifasi, tuzilishi va turlari.
Reja:
Traversalarning tuzilishi.
Traversalarning ishlatilish soxasi va turlari.
Qattiq stroplarning keng tarqalgan qismi- traversalardir. Ular montaj qilinadigan elementlarni qamraydigan moslamalari bor metall to’sin yoki fermalar iborat bo’ladi. Ularning soni elementlarni qamrash nuqtalari soniga qarab o’zgaradi. Masalan, ustunlar uchun 1 yoki 2, ferma va to'sinlar uchun 2 yoki 4, plitalar uchun 4 yoki 6 ta bo'ladi.
Ko'pincha, qamrov moslamalari sifatida uchlarida ilmoqlari yoki karabinlari bo‘lgan yengillashtirilgan stroplarga o‘xshash osmalar, shuningdek, ikkita metall jag'dan iborat qamrovlardan foydalaniladi. Keyingi qamrov montaj qilinadigan elementni qamrab, ulami tiqin yordamida tutib turadi.
Kran ilmog‘iga traversa va qamrovlarni osish uchun odatda proushina yoki halqa qilinadi. Ba’zan traversalar kran ilmog'iga po‘lat arqonlar yordamida osiladi.
Uzun elementlarni, sargalami, qobiqlarni ko'tarish uchun stroplar tik osilgan to‘sin yoki uchburchak fermalar ko'rinishidagi traversalardan foydalaniladi. Yukni bir necha joyidan ilish imkoni borligi ko‘tarilayotgan elementlarda hosil boladigan qisuvchi kuchlami yo‘qotadi yoki kamaytiradi. Bunday kuchlar qiya stroplar ishlatilganda ko‘tarilayotgan elementlarning og'irliklaridan paydo bo‘lishi mumkin. Tik stroplar yordamida ko'tarishda ko‘tarilayotgan elementni qo‘shimcha kuchaytirishga hojat bo‘lmaydi.
Yirik plitalar — qoplama to'shamalarini montaj qilishda fazoviy traversalar qo‘llaniladi (97- rasm).
Ular uchlariga mahkamlangan ikkita ko‘ndalang traversa-to‘sin uchburchak po‘lat fermadan iborat. Traversa-to‘sinlarga stroplar osilgan; stroplar plitalaming montaj ilmoqlariga ilinadi. Fermalar o‘miga ko'ndalang traversa-to‘sinlar ko‘chma muftalar yordamida mahkamlanadigan po‘lat quvurlardan ham foydalaniladi. Muf- taning о‘mini almashtirib, ularni maxsus moslamalar bilan quvurda mahkamlab, traversa gabaritlarini montaj qilinadigan qismlar o'lchamlariga moslab o‘zgartirish mumkin.
Boshqa uzun elementlami ko‘tarish uchun har xil muvo- zanatlagich traversalardan foydalaniladi. Ularga stroplar jufiti roliklar orqali osiladi, shu tufayli ulaming ilmoqlarida kuchlar har doim teng bo‘ladi va montaj qilinadigan tuzilmalaming montaj ilmoqlariga bir xil yuklama tushadi.
Qamrovlar. Temir-beton qismlar qamrovlar yordamida ko'tariladi. Qamrovlarni elementlarga tez mahkamlash va tez bo'shatish mumkin.
Universal strop eng oddiy qamrov hisoblanadi, u bilan yengil ustunlarni 98- a rasmda ko'rsatilgan usulda qamrab ko'tarish
Do'stlaringiz bilan baham: |