14 Mavzu:Yuk iluvchining ish boshlashdan oldin bajaradigan vazifalari.. Reja: Yong’inga qarshi chora- tadbirlar.
Yuk iluvchining vazifalari.
Yong'in manbayi yoki portlash xavfi bo'lgan yuklarni ehtiyotsizlik bilan ko'tarish, olovdan noto'g'ri foydalanish, oson alangalanadigan material va yuklarni ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish oqybatida yong'in kelib chiqishi mumkin. Yong’in xavfsizligini ta'minlash uchun mashinist yong'in chiqishi jihatidan xavfli bo’lgan yuklarni va krandagi, u ishlatiladigan, texnika xizmati ko’rsatiladigan hamda remont qilinadigan joylardagi o’t o'chirish inventarlarini ishlata bilishi lozim. Bundan tashqari, yong'in chiqishi jihatidan xavfli bo'lgan yuklarni ko'tarishda amaldagi "Xavfli yuklarni ortish-tushirish ishlariga qo'yiladigan xavfsizlik texnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi talablari" ga ham amal qilish zarur. Kran yong’in chiqishi jihatidan xavfli bo'lgan yuklar bilan ishlayotganda yoki o’t chiqishi jihatidan xavfli bo'lgan territoriyada turganida mashinist bu haqda xizmat ko'rsatuvchi kishini ogohlantirishi, chekish va olovdan foydalanishni taqiqlashi hamda uchqun chiqishiga yo'l qo’ymasligi zarur. Yong'in xavfsizligiga rioya qilishda quyidagilami bajarish lozim:
kranga yonilg’i, ish suyuqligi quyish yoki ular sathini o’lchash vaqtida olov yoqmaslik va chekmaslik;
trubalar holatini kuzatib borish va yonilg'i hamda moy sizayotgan va oqayotgan joylami o'z vaqtida bartaraf etish;
chiqarish trubalari yaqinida oson alangalanadigan modda va narsalaming bolishiga yo’l qo’ymaslik;
kranda payvandlash ishlari olib borilayotganda kuzatuv- chilar qo’yish va ehtiyot choralariga amal qilish.
Elektr simlarining izolyatsiyasida shikastlangan joylar bo’lmasligi kerak. Kranda karbonat angidrid bilan ishlaydigan o’t o’chirgich va undan foydalanish qoidalari bo'lishi darkor. Yukni qayta ishlash punktlarida va montaj ishlari bajariladigan obyektlarda o'tni o'chirishda zarur bo’ladigan jihozlar bilan ta’minlangan o't o'chirish shitlari bo'lishi zarur. Obyekt territoriyasi SNiP 11- А 5-70 normalarining yong'inga qarshi talablariga javob berishi kerak. Kranlarga yonilg'i dvigatel ishlamayotganda va o't oldirish uzib qo'yilganda quyiladi. Kran zapravka qilinadigan zonada chekish yoki olov yoqish man etiladi. Benzin va boshqa yonilg'ilarni faqat germetik yopiladigan idishlarga nasoslar yordamida quyish mumkin. Yonilg'ini chelaklarda quyish va tashish yaramaydL Yonilg'i va moylash materiallari yonmaydigan, shu jumladan, yerto'la tipidagi xonalarda saqlanishi lozim. Yonilg’i-moylash materiallari qo'yiladigan joylar majburiy tartibda o't o’chirish inventari bilan jihozlanishi, to'kish qurilmalari yerga ulanishi, to'kish shlanglarining uchliklari esa zarb berganda uchqun chiqarmaydigan mater iallar dan tayyorlanishi kerak. Latta va boshqa artish materiallari yopiladigan metall yashiklarda saqlanadi. Kran o't chiqishi jihatidan xavfli bo'lgan yuklar yaqinida ishlatilganda chiqarish trubasiga uchqun so'ndiruvchi to'r kiygiziladi. Kabinada oson alangalanadigan moddalami (benzin, kerosin) saqlash va kavsharlash lampasidan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi. Qishda dvigatelni ishga tushirishda uni qizdirish uchun radiatorga issiq suv va karterga isitilgan moy quyish kerak. Bu maqsadda ochiq olovdan (masalan, mash’aldan) foydalanish man etiladi.