Ko‘ppartiyaviylik tizimi Kо‘ppartiyaviylik – hozirgi zamon jamiyatining ajralmas belgisi, uning demokratiyalashuvi darajasining muhim poydevor kо‘rsatkichi hisoblanadi. Kо‘ppartiyaviylikning о‘ziga xos belgisi, bu – siyosiy xilma-xillik, jamiyatda bir necha siyosiy partiyaning mavjudligidir. Siyosiy partiyalar fuqarolarning ijtimoiy manfaatlarini parlament, davlat hokimiyati, mahalliy vakillik idoralari, aholining о‘zini-о‘zi boshqarish uyushmalari orqali ifoda etish, hamda rо‘yobga chiqarish maqsadida faoliyat kо‘rsatuvchi kishilar birlashmasidir.
Partiyalar о‘z dastur va siyosatlarini jamiyatga taklif etish orqali ularni rо‘yobga chiqarishga harakat qiladilar va hokimiyat uchun kurash olib boradilar. Rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni kо‘rsatmoqdaki, siyosiy partiyalar jamiyatning siyosiy peshqadam a’zolari sifatida namoyon bо‘ladilar.
О‘zbekiston mustaqilligi e’lon qilinganidan buyon kо‘ppartiyaviylikning tо‘laqonli harakat qilishi, jamiyatda turli siyosiy partiyalar faoliyati uchun huquqiy makon asoslari yaratildi. Bugungi kunda О‘zbekistonda quyidagi siyosiy partiyalar faoliyat yuritmoqda:
Xalq Demokratik Partiyasi (XDP) (1991-yil 1-noyabrda tashkil etilgan).
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi (1995-yil 18-fevralda tashkil etilgan)
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (1995-yil 3-iyunda tashkil topgan).
О‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (2003-yil 15-noyabrda tashkil topgan).
О‘zbekiston Ekologik partiyasi (2019-yil 8-yanvarda tashkil topgan).
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda o‘tkazilgan Prezidentlik va parlament saylovlarida siyosiy partiyalarga teng huquqlilik asosida ishtirok etishlari uchun barcha zaruriy shart-sharoitlar yaratib berildi.
Ommaviy axborot vositalari
2007-yil 15-yanvarda О‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Sohada malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida 2018-yil 24-mayda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etildi. 2019-yil 2-fevral kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti adminstratsiyasi huzurida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligi taskil etildi.
Mamlakatimizda matbuot erkinligi va ochiqlik, shaffoflik va jamoatchilik nazoratining turli shakllariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada jadallashtirish hamda ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jurnalistlar va blogerlar faoliyatini qо‘llab-quvvatlash, ularga huquqiy, tashkiliy, texnik yordam kо‘rsatish maqsadida 2020-yil 2-fevralda О‘zbekistonda Milliy mass-mediani qо‘llab- quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
2020-yilda О‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 9,8 mln. kishidan oshib ketdi. uz. domenida 16 mingdan ziyod vebsaytlar faoliyat olib bormoqda. 200 dan ortiq vebsayt rо‘yxatdan о‘tgan. 2021-yilda o‘zining 65 yillik yubileyini nishonlagan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi 26 ta tele va 16 ta radiokanalni birlashtirgan. Bugungu kunda respublikamizda 1893 ta OAV va 122 ta nashriyot faoliyat yuritmoqda.
Inson huquqlarining ta’minlanishi
2019-yilda “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari tо‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zо‘ravonlikdan himoya qilish tо‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bо‘yicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi. Erkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi 18 yosh etib belgilandi.
2021-yil 28-mayda О‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati qarori bilan 2030-yilga qadar О‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasi qabul qilindi (SQ-297-IV-son). Boshqaruv tizimida ayollarning ulushi
33 % ga yetkazildi. 1,5 mingga yaqin xotin-qizlar turli darajadagi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. “Ayollar daftari” joriy etilib, 2020-2021-yillarda 400 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi.
Sо‘nggi yillarda mamlakatimizda sо‘z va matbuot erkinligi, vijdon erkinligini ta’manlash borasida yangi O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilgan islohotlar jahon hamjamiyati tamonidan e’tirof etilmoqda. Xususan, О‘zbekiston 2021-2023-yillarda BMTning inson huqulari bо‘ycha Kengash a’zosi sifatida qabul qilinishi ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlarning amaliy natijasidir.
Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyatchiligi, asosan, hokimiyat organlari umumxalq tomonidan saylab qо‘yish orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.