Zaharlovchi moddalarning umumiy tasnifi
Hozirgi kunda dunyoning bir nechta davlatlarida kimyoviy qurollar borligi
hech kimga sir emas. Lekin ushbu qurollar xalqaro konvensiyalar talabiga
kora ishlatilishi mumkin emas. Ushbu mavzuda kimyoviy qurol va uning
insonga tasiri togrisida tushunchalar beriladi.
Kimyoviy qurol ham koplab shikast yetkazish vositalari jumlasidandir.
Kimyoviy qurolning tasiri zaharlovchi moddalarning jangovar xossalaridan
foydalanishga asoslangan, zaharlovchi moddalar esa odamlarni, hayvonlarni
shikastlaydi, joyni, suv havzalari va osimliklarni zaharlaydi. Zaharlovchi
moddalar raketa, aviatsiya, artilleriya, maxsus kimyoviy asboblar yordamida
ishlatilishi mumkin.
Zaharlovchi moddalar joyni zaharlash uchun tomchilar holida, havoni
zaharlash uchun bug holida (tuman, tutun tarzida) boladi. Shu sababli inson
zaharlangan havo bilan nafas olganda, terisiga, koziga, kiyimiga zaharlovchi
moddalar tushganda, shuningdek, zaharlangan ovqat yeganda yoki suv ichganda
zaharlanib qolishi mumkin.
Zaharli moddalarning shikastlash tasiri ularning konsentratsiyasi, zaharlash
zichligi va turgunligiga qarab baholanadi. Zaharlangan havoning hajmi birligida
zaharlovchi moddalarning ogirlik miqdori uning konsentratsiyasi deb ataladi.
Konsentratsiya, kopincha 1 litr havodagi zaharlovchi moddalarning hisobidagi
miqdori mg/l bilan ifodalanadi.
Zaharlanish zichligi joyning yoki boshqa yuzaning sathi birligidagi zahar-
lovchi moddalar miqdoridir. Zaharlanish zichligini g/m
2
bilan ifodalash qabul
qilingan. Zaharlovchi moddaning turgunligi zaharlovchi moddalarning havoda
yoki joyda ozining shikastlash tasirini malum vaqt saqlab turish xususiyatidir.
24
Shikastlash tasirini bir necha soatdan bir necha kungacha saqlab turadigan
zaharlovchi moddalar turgun zaharlovchi moddalar jumlasiga (V gazlar, iðrit)
kiradi. Turgunmas zaharlovchi moddalar (sianid kislota, fosgen, xlorsian)
shikastlanish xossalarini bor-yogi bir necha daqiqagacha saqlab tura oladi.
Zaharlovchi moddalarni shikastlash tasirining tavsifiga qarab: nervni shikat-
laydigan, terini yiringlatadigan, boguvchi, umumiy zaharlaydigan, psixo-
kimyoviy, tasirlantiruvchi zaharlovchi moddalar guruhiga bolish qabul qilingan.
Umumiy zaharlovchi moddalar jumlasiga sianid kislota, xlorsian kiradi.
Nervni shikastlaydigan zaharlovchi moddalar jumlasiga zarin va V gazlar
kiradi. Bular kuchli va tez tasir qiladigan zaharlardir. Bu zaharlovchi moddalar
inson organizmiga nafas olish organlari, teri qoplamalari va ovqat hazm qilish
yollari orqali kirib, asab tizimini shikastlaydi.
Zarin rangsiz yoki och sariq tusli, hidsiz, juda zaharli suyuqlik. Qishda
muzlamaydi, suv tasiriga chidamli. Yoglarda yaxshi eriydi. Odatdagi ob-havo
haroratida ishqorlar va ammiak eritmalari tasirida tez parchalanib ketadi. Zarin
bilan zaharlanganlik alomatlari darhol namoyon boladi: koz qorachiqlari
torayadi, solak oqadi, nafas olish qiyinlashadi, kishi qusadi, hushidan ketadi.
Shundan keyin kishining qol-oyoqlari qattiq qaltiray boshlaydi, ogir
zaharlanganlarning nafas olish markazlari falaj bolib qolishi va ular
hayotdan koz yumishlari mumkin. Zaharlanishning dastlabki alomatlari
sezilishi bilan darhol gazdan himoyalanish niqobi kiyib olish hamda organizmga
zaharga qarshi modda (antidot) yuborish zarur, antidot esa shpris-tyubikda
yoki paketlarda boladi.
Sianid kislota rangsiz, tez buglanib ketadigan suyuqlik bolib, undan
taxir bodom hidi keladi. Kuchli va tez tasir qiladigan zahar inson organizmiga
zaharli havo bilan nafas olishda kiradi. Sianid kislota bilan zaharlangan insonning
ogzida metallga xos maza seziladi, tomogi qiriladi, boshi aylanadi, mushaklari
zaiflashadi va qorquv bosadi.
Zaharlanishning dastlabki alomatlari sezildi deguncha, darhol gazdan
himoyalanish niqobini kiyib olish lozim. Agar zaharga qarshi moddali ampula
bolsa, ampulani sindirib, maska ostiga kiritish kerak.
Xlorsian rangsiz, oson uchuvchan suyuqlik bolib, undan otkir hid
keladi. Tasiri sianid kislota kabi umumiy zaharlashdan iborat. Õlorsian bilan
zaharlangan kishining kozlari va nafas olish yollari qattiq shikastlanadi.
Terini yiringlaydigan zaharlovchi moddalarga iðrit kiradi. Iprit (haydal-
gan iðrit) moyga oxshash, rangsiz suyuqlik bolib, undan sarimsoq yoki
xantal hidi keladi. Iprit kuyali zaharlar jumlasiga kiradi, teriga iðrit tom-
chilari tushsa, teri dastlab qizaradi, shundan keyin (birinchi kun oxirida)
25
qavarib chiqadi. 23 kun otgandan keyin pufakchalar yoriladi va ular ornida
uzoq vaqt tuzalmaydigan yara hosil boladi.
Nafas yollarining iðrit bilan zaharlanganlik alomatlari burun va
tomoqning ogrishi, aksirishi va burundan suv kelishidir. Inson ogirroq
zaharlanganda bronxit va zotiljam bolib qolishi ham mumkin. Iprit kozga,
ayniqsa, tez tasir etadi. Iprit bugi tasir etganda kozning shilliq pardasi
qizaradi, sanchiq paydo boladi, yani kishi oz-ozidan siqiladi, kozdan
yosh oqadi. Ipritning shikastlash tasiriga xos xususiyati shundaki, u yashirin
tasir etadi va unda kumulativlik xossasi boladi, yani inson organizmida
shikast toplanib boradi.
Ruhiy tasir qiluvchi zaharli moddalarga Bi-Zet (BZ) kiradi. BZ alohida
oziga xos xususiyati bilan markaziy asab tizimiga tasir qilib, insonlarni
ruhan esankiratadi, qorqinch paydo qiladi yoki jismonan izdan chiqarib,
eshitmaydigan, kormaydigan qilib qoyadi.
Boguvchi zaharli moddalarga fosgen kiradi. Fosgen rangsiz gaz bolib,
undan achigan xashakka xos kuchsiz hid keladi. Oyuvchi ishqorlar, novshadil
spirti, sodaning suvdagi eritmasi fosgenni tez parchalab yuboradi. Fosgen nafas
olish organlarini shikastlaydi: ogizda shirinroq maza seziladi, inson biroz
yotaladi, uning boshi aylanadi, inson ozini umuman darmonsiz sezadi.
Fosgenda yashirin tasir etish davri bolganligidan zararlanishning dastlabki
alomatlari 46, bazan esa 12 soatdan keyin seziladi.
Tasirlovchi zaharli moddalarga xlorasetofenol, adamsit, dibenzoksazepin
kiradi. Bu moddalar koz va nafas yollarini shikastlaydi.
Kimyoviy zaharlanish ochogi bu zaharli moddalar tasirida bolgan
hudud. Bunday hududda odam va hayvonlar shikastlanadi yoki ularning
shikastlanishi mumkin bolib qoladi. Kimyoviy zaharlanish ochogining tavsifi,
avvalo, dushman tomonidan ishlatilgan zaharli moddalarning turiga va ishlatilish
usuliga, meteorologik sharoitga va joyning relyefiga bogliq.
Kimyoviy qurol bevosita ishlatilgan zonada havoni zaharlovchi zaharli
moddalar bugi va aerozol hosil boladi. Zaharli moddalar bugi (zaharlangan
havodan iborat birlamchi bulut) shamol esgan tomonga qarab, bir necha on
kilometrga tarqalishi mumkin, bu esa odamlar va hayvonlarning, har xil obyekt
va narsalarning zaharlanish xavfini oshiradi. Zaharlangan havoning saqlanish
vaqti va tarqalish masofasiga shamolning yonalishi, tezligi, zaharli moddalar,
havo harorati, yil fasli katta tasir korsatadi. Zaharlangan bulut daryolar,
qiyaliklar, daralar va jarlar boylab uzoq masofalarga tarqaladi.
Chuqur daralar, otloqlar, botqoqliklar, jarlar, daraxtzorlar, aholi yashaydigan
punktlar zaharli moddalar uzoq vaqt turib qoladigan joylar bolishi mumkin.
26
Shaharlarda zaharlangan bulut kochalar, tonnellar, quvurlar boylab katta
masofaga tarqaladi. Zaharli moddalar bugi berk dahalar, saylgohlarda turib
qolishi mumkin. Zaharli moddalar bugi germetik qilinmagan yashi rinish
joylariga, xonadonlarga, yertolalarga kira oladi, yolak va tom ustida turib
qoladi.
Turgunmas zaharli moddalar ishlatilishi paytida havoning yerga yaqin
qatlamida zaharlangan bulut hosil qiladi. Bu bulut esa shamol esgan tomonga
qarab boradi va tezda yoyilib ketadi. Joyning ochiq, shamol otib turadigan uchast-
kalarida havo zaharli moddalar bugidan tezda tozalanadi. Ammo zaharlangan
havo berk dahalarda, hovlilarda va boshqa joylarda turib qolishi mumkin.
Himoyalanish choralarini tez korish uchun joy va havoning zaharlan-
ganligini korsatuvchi oziga xos alomatlarni yaxshi bilish kerak. Zahar-
langanlikni korsatuvchi tashqi belgilar tuproq, daraxt barglari, bino devorlari
va boshqa narsalardagi tomchilar bolishi mumkin. Kimyoviy qurol portlaganda,
joy tepasida kichikroq bulut hosil boladi. U bazan biror ochroq rangga kiradi.
Bulutni shamol tez tarqatib yuboradi. Agar dushman zaharli moddalarni
tokuvchi aviatsiya asboblari yordamida ishlatgan bolsa, samolyot havoda sezilarli
darajada toq yoki sal boyalgan tuman yol qoldirishi mumkin. Zaharli moddalar
ishlatilganlik alomatlari payqaldi deguncha, himoyalanish choralari darhol
koriladi (gazdan himoyalanish niqobi va terini himoya qilish vositalari kiyib
olinadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |