ATROF-MUHITNING SALBIY TASIRLARIDA, INFEKSION
VA NOINFEKSION KASALLIKLARDA SALOMATLIKNI SAQLASH
2.1. Atrof-muhitning inson organizmiga salbiy tasiri
Inson organizmiga atrofimizdagi muhit katta tasir korsatadi. Toza suv,
havo va hosildor yerlar odam yaxshi va soglom yashashi uchun eng kerakli
narsalardir. Agar atrofimizdagi havo iflos bolsa, u inson organizmiga nafas
yoli orqali kirishi mumkin.
Iflos suv ichida patogen mikroorganizmlar bolishi mumkin. Har xil
toksik aralashmalar suv bilan odamning ichki organlariga tushganda sogliqqa
katta zarar keltiradi. Atrofimizdagi yerlar va oqar suvlar zaharlansa, yerning
hosildorligiga zarar yetadi.
13
Tabiatda minglab mikroorganizmlar yashaydi va ular daraxtlar, gullar va
xiyobonlarda oziqa topib istemol qiladi. Ushbu tirik jonzotlar havodan,
suvdan va yerdan foydalanadi. Bularning orasida foyda va zarar keltira-
diganlari ham bor.
Odam yerni baholaganda uning foydali tomonlarini qidiradi. Chunki
yerning ustida va ostida boyliklar juda kop. Yer ustiga turli xil ekinlar eksa
boladi. Afsuski, songgi vaqtlarda insoniyat tabiatga katta zarar keltirmoqda,
bunga misol qilib har xil chiqindilarning yerga va suvlarga tashlanishini
keltirish mumkin. Oqibatda yer va suv ifloslanadi hamda ularda yashovchi
tirik organizmlar halok boladi. Zavod va fabrikalardan chiqayotgan tutun
havoga katta zarar keltirib, kop osimliklarning osishiga yol qoymaydi va
atrofidagi yerlarga katta ziyon yetkazadi.
Tabiatga eng katta xavfni ogir metallar keltiradi. Bularning ichida simob,
kadmiy, mis, xrom, vanadiylarning zavod va fabrikalardan havo va yerga
tushish ehtimoli juda katta.
Avtomobillardan chiqayotgan tutun bilan minglab tonna zaharli moddalar
har yili havoga kotariladi. Qoshimchasiga ogir metallar bilan birgalikda
zararli moddalar havoga gaz holida chiqariladi. Bularning ichida uglerod
oksidi, azot va uglevodorodlarni alohida ajratib korsatish mumkin.
Eng kop uchraydigan aralashmalar kul va changlardir. Kul neft yonishi-
dan, yoqilgi, komir va boshqa mahsulotlardan paydo boladi.
Qurilishda keng ishlatiladigan asbest insonning nafas organlarida
(opkada) qolib, ogir kasalliklarga olib kelishi mumkin. U nafas orqali
organizmga kirib, insonni kasallikka duchor qiladi.
Inson uchun eng katta zararni pestitsidlar keltiradi. Ular qishloq
xojaligida keng ravishda ishlatiladi. Ularni ishlatish qoidalari mavjud. Ammo
ushbu qoidalar buzilsa, asab tizimi, odam kozi, nafas organlari va terisiga
katta ziyon keltiradi.
Atrof-muhitdagi radioaktiv chiqindilar inson uchun juda xavfli. Ular
zavodlardan daryo va kollarga tushishi mumkin.
Ion, ultrabinafsha nurlanish va har xil kimyoviy aralashmalar ham
insonga katta zarar keltiradi.
Songgi vaqtlarda tabiatga sintetik yuvish mahsulotlari nihoyatda katta
zarar keltirmoqda. Ushbu mahsulotlar hozirgi kunda sayyoramizning barcha
yerlarida mavjud.
Odamlar sintetik yuvish mahsulotlari bilan zaharlangan kol va boshqa
chomilish joylariga borganda har xil allergiya kasalliklarini yuqtirib
olishmoqda.
14
Ifloslangan tabiat tasiri orqali insonda gen (mutatsiya) ozgarishlari
paydo boladi. Bu ozgarishlar mutagenez deb ataladi.
Atrof-muhitning ifloslanishi odamzodning genetik fondiga ham tasir
qiladi. Organizm genlarini buzadigan modda mutagendir. Mutagenlar
organizmga kirgandan song har xil kasalliklarga sababchi boladi. Ularning
ichida qon tomir va saraton kasalliklari kop uchraydi. Mutagenlar
organizmga tushgandan keyin organizm ular bilan kurashadi. Mutagenlarga
qarshilik korsatish uchun inson vitaminlarga boy mahsulotlarni istemol
qilishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |