Ko‘pkurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi Reja



Download 41,99 Kb.
bet4/7
Sana01.07.2022
Hajmi41,99 Kb.
#725166
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ko‘pkurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi

Musobaqa davrida o‘nkurashning asosiy turlaridan mashg‘ulotlar bahorgidan deyarli farq qilmaydi. Ammo yozgi mashg‘ulotlar maqsadga muvofiqlashtirib olib boriladi. Bu davridagi mashg‘ulotlarning asosiy vositalari yugurish, sakrash, uloqtirish va maxsus mashqlardir. Bundan tashqari, 100 va 400 m yugurishga tayorlash uchun 40 dan 500 m gacha takror yugurishlar, 50 m dan 300 m gacha o‘zgaruvchan yugurishlar va yurib kela turib 30 m dan 100 m gacha yugurishga o‘tish qo‘llaniladi.
1500 m yugurishga tayorlash uchun: 15x100 m, 7-10x200 m, 5-8x300 m, 4-6x400 m dan o‘zgaruvchan yugurish, 800, 1200, 1500, 2000 m va kross yugurishlar qo‘llaniladi.
YOzgi davrdagi mashg‘ulot o‘nkurashchi qatnashadigan musoba-qalar kalendariga qarab tuziladi. Asosiy musobaqalarga yaxshi tayorlanish uchun o‘nkurash turlaridan bir necha marta musobaqaga qatnashish kerak. Bunday musobaqalar mashg‘ulotning bahorgi bosqichidan keyin o‘tkazilsa, ancha qulay, chunki bunda o‘nkurash-chining musobaqa davriga tayor ekanligini aniqlash mumkin. Bu musobaqalar uchun alohida tayorlanish talab qilinmaydi.
O‘nkurashchi musobaqalar davrida u yoki bu turga o‘zgartirishlar kiritib, musobaqalashishni takomillashtiradi.
Musobaqalasha olish, ayniqsa uchkurashda (100 m, balandlikka sakrash, yadro itqitish) yaxshi takomillashtiriladi. Bundan tashqari, (klassik) beshkurash va «texnikali» oltikurashda (100 m, uzunlikka va balandlikka sakrash, langarcho‘pga tayanib sakrash, yadro itqitish, g‘ovlar osha 100 m yoki tekis 100 m yugurish, yadro itqitish, balandlikka va langarcho‘pga tayanib sakrash, g‘ovlar osha 110 m va 800 m yugurish) qatnashish ancha foydalidir. Sportchi musobaqa davrida maxsus tayorgarlikni oshirish bilan har bir turning texnikasini takomillashtirishi kerak.
Ayniqsa, yuqori natija ko‘rsata olish mumkin bo‘lgan turlarga ko‘proq e’tibor beriladi.
YAxlit o‘nkurashda mahoratni oshirish bilan bir vaqtda, uning ayrim turlaridan qoloqlikni qanday qilib yo‘qotish mumkin? Avvalo shu qoloq turning texnik elementlarini o‘rganib olishga harakat qilish kerak.
Mashg‘ulot 1-2 haftalik kompleksni o‘tkazgandan keyingi haftada, yuklamani pasaytirib, qoloq turlarni takomillashtirish va jismoniy sifatlarni rivojlantirish lozim. Ertalabki badan tarbiyada ham taqlid mashqlarini bajarib, qoloq turlarni takomillashtirish kerak. Musobaqa davridagi ertalabki badan tarbiyalar o‘nkurashchini charchatadigan bo‘lmasin. Badan tarbiyadagi katta yuklama asosiy mashg‘ulotlarga salbiy ta’sir qiladi.
O‘nkurashga taalluqli bo‘lgan asosiy mashqlar ustida ko‘p ishlashga qaramay, kuchni yozda ham, shuningdek, har doim rivoj-lantirish kerak. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlarni 400 va 1500 m ga yugurish oldidan, o‘nkurashning ikki-uch turidan keyin yoki jadalligi yuqori bo‘lmagan mashg‘ulotning oxirida bajarish o‘rinlidir. Kuchni yadro va toshlar bilan rivojlantirish ma’qul. Bundan tashqari, haftada bir marta kuchni rivojlantirish uchun maxsus mashg‘ulot o‘tkazish zarur. Kuchni rivojlantirish va oyoq mushaklarining cho‘ziluvchanligini yaxshilash uchun o‘nkurashchi har bir mashg‘ulotning oxirida sakrash mashqlarini bajarishi shart.

Download 41,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish