7- A,B sinfda “Ko’phadni ko’phadga ko’paytirish” mavzusidagi namunali dars ishlanmasi.
gijduvon номли блог
Gijduvon tumanidagi
51-umumiy o’rta ta’lim maktabining matematika va informatika fani o’qituvchisi Rashidova Ma’rifatning
7- A,B sinfda “Ko’phadni ko’phadga ko’paytirish” mavzusidagi namunali dars ishlanmasi.
7-A,B sinfda algebra fanidan noan’anaviy dars ishlanmasi.
Mavzu: Ko’phadni ko’phadga ko’paytirish.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad:o’quvchilarning ko’phadni ko’phadga ko’paytirish haqida bilimga ega bo’lishlarini ta’minlash;
Tarbiyaviy maqsad:o’quvchilarga estetik tarbiya berish,
Rivojlantiruvchi maqsad:o’quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, fikrlash qobiliyatini o’stirish;
Dars turi: musobaqa
Dars tipi: aralash dars.
Dars uslubi: guruhlar bilan ishlash;
Dars jihozi: netbook, krossvordlar,darslik, kartochka;
Dars shiori: Matematika fanlar ichra shoh ,
Uning sirlaridan bo’lingiz ogoh.
Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism: salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish, sinf xonasining tozaligini tekshirish;
Dars maxsus tuzilgan reja asosida olib boriladi.
O’qituvchi: O’quvchilar bugungi darsimiz musobaqa darsi bo’lib, dars davomida ikkita guruhga bo’linib o’zaro belashamiz.
1-guruh Zukkolar
2-guruh Topqirlar
Guruhlar quyidagi shartlar bo’yicha bellashadilar:
1.Bir savolga bir javob
2. Uyga vazifa
3. Test
4… Berilgan ko’phadlarni kompyuterga kiritish
5.Krossvord
Guruhlar to’plagan ballar quyidagi jadvalda yozib boriladi:
t/r
1-guruh
2-guruh
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart
Jami
II.O’tgan mavzuni so’rash.
Har bir o’quvchiga o’tilgan mavzular yuzasidan bittadan savol beriladi.
1-guruh o’quvchilari quyidagi savollarga javob berishadi:
2-guruh o’quvchilari quyidagi savollarga javob berishadi:
1.Sonli va harfiy ko’paytuvchilar ko’paytmasidan iborat algebraic ifoda.
2.Birhadga misol keltiring
3.1-o’rinda turgan faqat bitta son ko’paytuvchidan va har xil asosli harfiy darajalardan tuzilgan birhad.
4.Standart shakldagi birhadga misol keltiring
5.Standart shaklda yozilgan birhadning son ko’paytuvchisi
6.15
7.Ko’phadga misol keltiring
8.Bir nechta ko’phadning algebraic yig’indisini standart shakldagi ko’phad ko’rinishida yozish uchun nima qilish kerak?
9.Standart shakldagi ko’phadga misol ayting
10.Birhad ham ko’phadga misol bo’la oladimi?
11.ax + a + 2ax ko’phadning o’xshash hadlarini ayting.
12.-15 de ko’phadning koeffitsiyentini toping.
13.4a*a standart shaklga keltiring.
To’g’ri javob bergan o’quvchilar bir ball bilan baholanadi va bu ballar umumlashtiriladi.
III.Yangi mavzuning bayoni
Yangi mavzu uyga vazifa qilib berilgan.Har bir guruhdan bittadan o’quvchi doskaga chiqib, ko’phadni ko’phadga ko’paytirish mavzini tushuntirib berishadi.
Ko’phadni ko’phadga ko’paytirish natijasida yana ko’phad hosil boladi.
1-misol.Ko’phadni ko’phadga ko’paytiring: ( 2a + 3b ) ( 4-a)
Ko’phadlarni ko’paytirish uchun birinchi ko’phadning birinchi hadini ikkinchi ko’phadning ikkala hadiga ko’paytirib yozamiz.Keyin uchun birinchi ko’phadning ikkiinchi hadini ikkinchi ko’phadning ikkala hadiga ko’paytirib yozamiz.
( 2a + 3b ) ( 4-a)=2a*4 – 2a*a +3b*4 -3b*a=8a -2
2-misol. ( 6ab -5c +ac )( 2c -3a)=6ab*2c -6ab*3a -5c*2c +5c*3a+ac*2c –ac*3a=12abc -18
O’quvchilar mavzuni tushuntirib berganiga qarab baholanadi.
IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun o’quvchilarga bittadan test savollari beriladi.Test savollari kartochkalarga yozilgan bo’lib ,har bir o’quvchiga alohida beriladi.Test natijasiga ko’ra guruhlar baholanadi.
4-shart bo’yicha ikkala guruhdan bittadan o’quvchi netbookka quyida berilgan ko’phadni kiritadi:
O’quvchilar ko’phadni netbookka bexato yozgani ,qonun –qoidalarga rioya qilganiga qarab baholanadi.
Qolgan o’quvchilar 5-shart bo’yicha berilgan krossvordni yechadilar.
Krossvord savollari:
1.Noma’lum son qatnashgan tenglik
2.Al-jabr val-muqobala asarining muallifi
3.Algebra faniga harfIy simvolikani kiritgan olim
4.Harf ko’paytuvchining oldida turgan son ko’paytuvchi
5.Sonning absolyut qiymati
6.Sonning yuzdan bir bo’lagi
7.Musbat sonlar, manfiy sonlar va nol birgalikda nimani tashkil qiladi?
8.XV asrda yashab ijad etgan mashhur olim
9.Butunning bir yoki bir nechta bo’lagi.
V.O’quvchilarni baholash.O’quv chilar darsga ishtirokiga qarab baholanadi.
VI.Uyga vazifa .293-misolni yechib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |