Quloq kanalidagi infeksiya:
Quloq kanali, ya’ni tashqi eshituv yo‘lida infeksiyaning bor-yo‘qlig-
ini bilish uchun sekingina quloqni tortib ko‘ring. Antibiotik tomchilarini
yoki bir qoshiq oq uksus 10 qoshiq suv 10 qoshiq spirt bilan aralashtirib
quloqqa tomizing 3-4 mahal 3-4 tomchidan tomizing. Agar bundan og‘riq
sezilsa, demak, kanal infeksiyalangan. 3-4 kun davomida yaxshi natijaga
erishmasangiz mutaxassis shifokorga murojaat qiling.
Bu muammolar ko‘pincha oddiy tumov
bilan boshlanadi. Tomoq qizarishi va bola yutin-
ganda og‘rishi mumkin.
Bodomcha bezlar (tomoq orqa qismining ikki
tarafi da joylashgan bezga o‘xshash ikkita limfa
tuguni) kattalashishi, og‘rishi yoki yiring boylashi
mumkin. Harorat 40°S gacha ko‘tarilishi mumkin.
TOMOQ OG‘RIG‘I VA BODOMCHA BEZLARNING
INFEKSIYALANISHI
Davolash.
• Namakob suv bilan tomog‘ingizni chayqang (g‘arg‘ara qiling) (250 ml.
suvga 1 choy qoshiq tuz).
• Og‘riqqa qarshi paratsetamol yoki aspirin iching.
• Agar og‘riq va isitma birdaniga ko‘tarilsa yoki 3 kundan ko‘p davom etsa,
quyidagi ma’lumotlar foydali bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |