KONUSSIMON G’ILDIRAKLI TISHLI UZATMALAR. UZATMANING GEOMETRIYASI VA KINEMATIKASI.
Vallarning geometrik o’qlari ixtiyoriy x burchak bilan kesishgan hollarda konuussimon g’ildiraklardan foydalaniladi. Ko’pincha x=900. Val o’qlarining o’zaro kesishuvi ularning tayanchlar joylashtirishni qiyinlashtiradi va g’ildiraklarning biri faqat bir tomondan joylashgan tayanchlarga o’rnatiladi. Bu hol uuzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi.
Uzatmaning vallariga aylana Ft kuch, radial Fr kuch va val o’qi bo’ylab yo’nalgan Fa kuch ta’sir etadi. Umumiy Fn kuch tish yo’nalishiga tik ta’sir etadi. Bu kuch tashkil etuvchilarga ajratilsa, biri aylana kuch Ft ni, ikkinchisi Ft va Fa ning umumiy ta’sir etuuvchisi Fr1 ni hosil qiladi.
To’g’ri tishli konussimon g’ildirakli uzatmalarni eguvchi va kontakt kuchlanishi bo’yicha hisoblash wFt-xisobiy solishtirma aylana kuch; YF-tish shaklining koeffistienti; 0,85 – konussimon g’ildiraklarning yuklanish qobiliyati stilindrik g’ildiraklarnikiga qaraganda kamligini e’tiborga oluvchi koeffistient; mtm-tishning o’rta kesimi bo’ylab olingan modul. YF-ning qiymati ekvivalent g’ildirakning tishlari soniga qarab olinadi.
Tashqi konyslik masofa
Vintaviy va gipoid uzatmalar haqida qisqacha ma’lumot Bunday uzatmalar o’qlari ayqash vallar orasida ishlatiladi. Bu uzatmalarning vallari o’zaro kesishmaydi hamda bir-biridan ma’lum masofada joylashgan bo’ladi. Shuning uchun vallarning istalgan tomonga uzaytirilishi va tayanchlar soni istalgancha bo’lishi mumkin. Vintaviy uzatmalar qiya tishli g’ildiraklardan tuzilgan bo’ladi.
Nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan uzatma. (M.L.Novikov uzatmasi xaqida qisqacha ma’lumot) Hozirgi vaqtda tishli g’ildiraklar uchun asosan 1760 yilda rus olimi L.Eyler taklif etgan evolventaviy ilashish sxemasi qo’llaniladi. Bunday ilashishnipg ayrim kamchiliklari bor: 1.Tish sirtining egrilik radiusi katta bo’lmaganligidan qo’yiladigan nagruzka cheklangan. Ishqalanishga sarflanadigan quvvat nisbatan katta.Ilashish chiziqli bo’lganligi uchun turli noaniqtiklarni uzatma ishiga ko’rsatadigan salbiy ta’siri nisbatan yuqori. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida nuqtaviy ilashish bilan ishlaydigan M.L.Novikov uzatmasi yaratildi.
Nuqtaviy ilashish evolventaviy ilashishdan tubdan farq qiladi. ma’lumki, evolventaviy ilashishda hamma ilashish nuqtasi birlashti-rilsa, ilashish tekisligi hosil bo’ladi. agar bu tekislik g’ildirakning yon tomoni tekisligi bilan kesishtirilsa ilashish chizig’i hosil bo’ladi. Nuqtaviy ilashmada esa bu tekislik bo’l-maydi, fakat ilashish tekisligi bo’ladi.