Guvohlik beruvchi hujjatlar deganda, yuqorida aytib o‘tganimizdek, xo‘jalik
operatsiyalarini haqiqatda yuz berganligiga guvoh beruvchi hujjatlar tushuniladi.
Farmoyish beruvchi hujjatlar deganda u yoki bu harakatni kelgusida amalga
oshirishga farmoyish beruvchi hujjatlar tushuniladi. Masalan, inventarizatsiya o‘tqazish
to‘g‘risida farmoyish, tovarni olib kelush uchun berilgan ishonchnoma va shu kabilar.
Farmoyish va guvohlik beruvchi hujjatlar deganda bir vaqtning o‘zida xo‘jalik
operatsiyasini amalga oshirishga berilgan farmoyishni ifodalovchi, ham bu farmoyish
asosida haqiqatda yuz bergan xo‘jalik operatsiyasiga guvohlik beruvchi hujjatlar
tushuniladi. Masalan, kassa chiqim orderi bir vaqtning o‘zida pulni berilishi uchun
tuzilgan rahbariyatning farmoyishini, shuningdek shu farmoyish asosida pulni haqiqatda
kimgadir berilganligi to‘g‘risida guvohlik beruvchi hujjat hisoblanadi. Pul cheki ham
xuddi shunday hujjat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |