1.Boshlang‘ich qiymat – bu aktivlarni sotib olish, qurish, ishlab chiqarish va
boshqa yo‘llar bilan kelib tushgan vaqtida shakllangan qiymati. Ushbu qiymat o‘z
ichiga aktivlarni sotib olishga, qurishga va ishlab chiqarishga ketgan harajatlarni oladi.
Bepul kelib tushgan aktivlarning boshlang‘ich qiymati komissiya tomonidan ekspert yo‘li
bilan topiladi.
2.Qoldiq qiymat – bu aktivlarning boshlang‘ich qiymatidan foydalanish davrida
jamlangan eskirish summasini chegirishdan keyin qolgan qiymati.
3.Sof sotish qiymati - bu aktivning sifati, holati, shuningdek bozordagi talab va
taklifdan kelib chiqgan holda shakllangan qiymati. Ushbu qiymat yuqorida keltirilgan
qiymat turlaridan kam ham, ko‘p ham bo‘lishi mumkin.
Korxona aktivlarining alohida turlarini baholash va kalkulyatsiya qilishda o‘ziga
xos xususiyatlar mavjud va bunda turli usullardan foydalaniladi. Ular to‘g‘risida keyingi
boblarda to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |