2.2.2-jadval
O‘smir o‘quvchilarning Dj.Gilford “Kreativ tafakkur testi” bo‘yicha ijodiy qobiliyat ko‘rsatkichlari
I jodiy qobiliyat
Sinaluv-
chilar soni
|
YUqori
|
O‘rtachadan
yuqori
|
O‘rtacha
|
O‘rtachadan past
|
Past
|
50
|
8
|
11
|
19
|
7
|
5
|
%
|
16%
|
22%
|
38%
|
14%
|
10%
|
Ushbu test bo‘yicha sinaluvchilanning natijajalari quyidagicha bo‘ldi: 50 nafar sinaluvchidan 8 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi yuqori, bu esa jami sinaluvchilarning 16 %ni, 11 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi o‘rtachadan yuqori, bu esa jami sinaluvchilarning 22%ni, 19 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi o‘rtacha, bu esa jami sinaluvchilarning 38 % ni, 7 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi o‘rtachadan past, bu esa jami sinaluvchilarning 14%ni, 5 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi past, bu esa jami sinaluvchilarning 10 % ni tashkil etdi.
Tadqiqotimizning bu bosqichida sinaluvchi guruhimiizdagi o‘smir o‘quvchilarga 10 ta psixologik masala taqdim etdik. Har bir masalaning javobi 10 ballik tizimda baholandi. Bunda,
agar topshiriq to‘g‘ri echilgan bo‘lsa – 10 ball,
to‘g‘ri javobga yaqinroq javob – 7 ball,
biroz yaqinroq javob – 5 ball bilan baholanadi.
Psixologik masalalar bo‘yicha sinaluvchilarning to‘plagan ballar quyidagi mezon bo‘yicha baholanadi:
75-100 ballar – ijodiy qobiliyati yuqori;
60-74 ballar – ijodiy qobiliyati o‘rtachadan yuqori;
45-59 ballar – ijodiy qobiliyati o‘rtacha;
30-44 ballar – ijodiy qobiliyati o‘rtachadan past;
29 va undan kam ball – ijodiy qobiliyati past.
Quyida psixologik masalalar va ularning to‘g‘ri javoblarini keltirb o‘tamiz:
1. Abdulla otaning tovuq va qo‘ylarining boshi 170 ta, oyoqlarining soni 480 ta. Abdulla otaning nechta qo‘yi va nechta tovug‘i bor?
Masalaning javobini toping va bu kabi masalalar fikr yuritishning qanday sifatlarini talab etishini aniqlang.
2. Skameykada bir yigit bilan bir qiz hordiq chiqarib o‘tirgan ekan, yo‘lovchi qizdan bu kim deb savol bilan murojaat qilganida, u shunday javob qaytaribdi: “Bu yigitning onasi mening onamning qaynonasi”. Muammo o‘z echimini kutadi, qiz kim bilan o‘tirgan ekan?
3. Kitob javonida tanlangan asarlarning ikki tomi turardi. Birinchi tomi 300 betdan, ikkinchi tomi esa 200 betdan iborat. Javonda kitob qurti paydo bo‘lib, kitoblarni kemira boshladi. U birinchi tomning birinchi betidan ikkinchi tomining so‘nggi betigacha kemirib tashladi. Kitob qurti necha betni kemirgan?
Bu savolga: "Besh yuz bet" deb beriladigan eng to‘g‘ri tuyulgan javob noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi. Masalani to‘g‘ri hal qilish uchun odatda kitob javoniga kitoblar qay xilda qo‘yilishini tasavvur qilib ko‘rish kerak. O‘shanda yo‘l qo‘yilgan xato tushunarli bo‘ladi-qoladi. (To‘g‘ri javob: "Kitob qurti kitobning bir betini ham kemira olmagan, chunki kitobni oddiygina taxlash so‘nggi beti o‘rtasida faqat muqovagina bo‘ladi, xolos").
4. A shahardan B shahargacha 120 km. A shahardan B shaharga qarab poezd junaydi va yulda to‘xtamasdan soatiga 30 km tezlik bilan boradi. Ayni o‘sha vaqtning o‘zida B shahardan A shaharga qarab bir qaldirgoch soatiga 60 km tezlik bilan uchadi. U poezdgacha uchib borgach, yana orqasiga qayrilib B shaharga qarab uchadi. B shaharga etib kelgach, yana poezd tomonga qarab uchadi va poezd bilan uchrashgach, yana orqasiga qaytib B shahar tomonga ketadi va xokazo. SHunday qilib, qaldirg‘och poezd to B shaharga etib kelmagunicha uning istiqboliga uchib borib, yana orqasiga qaytaveradi. Qaldirgoch necha km masofani uchib o‘tgan?
Basharti, biz qaldirg‘och bilan poezd necha bor uchrashganligini ko‘z oldimizga keltirishga urinadigan bo‘lsak, masalani echib bo‘lmaydi. Biroq masala oddiy arifmetik xisoblash yo‘li bilan echiladi. Soatiga 30 km tezlik bilan harakat qilayotgan poezd B shaharga oradan 4 soat (120:30) o‘tgach, etib keladi. Qaldirg‘och esa soatiga 60 km tezlik bilan uchganligi uchun, havoda 4 soat bo‘lgani sababli u 240 km masofani bosib o‘tadi.
Bu masala hal qilib bo‘linganidan keyin hal etish jarayonini analiz qilib chiqish va xar bir masalani echishda tasavvur qanday rol uynaganini aniqlash mumkin.
Fikriy masalalarni hal etish vaqtida tasavvurning ijobiy va salbiy rol o‘ynashi mumkinligi to‘g‘risida xulosa chiqarib mazkur xolatni ko‘rsatib beradigan misollarni mustaqil ravishda tanlash maqsadga muvofiqdir.
5. Pedagogika institutining talabalari estrada kvarteti tashkil etdilar. Mixail saksafon chaladi. Pianist fizika fakultetida o‘qiydi. Udarnik chaluvchining ismi Vali emas, geografiya fakultetida o‘qiydigan studentning ismi Lochin emas. Murod tarix fakultetida o‘qimaydi. Alisher pianist emas va u biolog xam emas. Vali fizika fakultetida udarnik (urib-chaluvchi) esa-tarix fakultetida o‘qimaydi. Lochin kontrabas chalmaydi. Vali qanday mo‘zika asbobi chaladi, u kaysi fakultetida o‘qiydi?
Ushbu test bo‘yicha sinaluvchilanning natijajalari quyidagicha bo‘ldi: 50 nafar sinaluvchidan 9 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi yuqori, bu esa jami sinaluvchilarning 18 %ni, 10 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi o‘rtachadan yuqori, bu esa jami sinaluvchilarning 20%ni, 18 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi o‘rtacha, bu esa jami sinaluvchilarning 36 % ni, 7 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi o‘rtachadan past, bu esa jami sinaluvchilarning 14%ni, 4 nafarida ijodiy qobiliyat ko‘rsatgichi past, bu esa jami sinaluvchilarning 8 % ni tashkil etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |