O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTAMAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA- PSIXOLOGIYA FAKULTETI
PSIXOLOGIYA YO‘NALISHI
15.12 -guruh talabasi Nabiev Sardorbek Asqarali o‘g‘lining
KONSULTATIV PSIXOLOGIYA VA PSIXOKORREKSIYA
fanidan
“Qobiliyatni rivojlantirishda psixokorreksion muammolar”
mavzusidagi
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: Prof.B.Umarov
Farg‘ona- 2019
M U N D A R I J A
Kirish
|
1-BOB QOBILIYATNI RIVOJLANTIRISHDA PSIXOKORREKSION MUAMMOLAR.
|
Qobiliyat va iste’dodning o‘rni.
I.2. Ijodiy qobiliyat muammosining jahon psixologlari tomonidan o‘rganilishi
II-BOB. QOBILIYATNI O‘RGANISHDA PSIXOKORREKSION USULLAR
2.1. Qobiliyatini rivojlantirishda psixologik masalalardan foydalanish.
|
|
2.2. Qobiliyatini diagnostika qilishning psixologik usullari va mezonlari.
|
|
Xulosa
|
|
Tavsiyalar
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar
|
|
Ilova
|
|
Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaginidek, Vatanimiz kelajagi isloxotlarning taqdiri va ularning natijalari, xalqimizning bilim darajasi davr talabiga va tarraqqiyotiga qanchalik mosligiga, qanday mutaxassislar etkazib berib, o‘rnimizni egallashlariga bog‘liqdir. SHuning uchun mamlakatimiz rahbariyati ta’lim tizimini tubdan isloh qilishga katta e’tibor qaratayapti. SHunga ko‘ra, yuqori malakali kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasidaga ko‘tarilmoqda.
YUqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlashga erishish uchun ta’lim jarayonini tashkil qilish va boshqarishning o‘ziga xos talablari mavjud:
Birinchidan, o‘quvchi-talabalarning kasbiy bilimlarni o‘zlashtirish darajasi davlat tarmoq ta’lim standartlari talablariga mosligini ta’minlash.
Ikkinchidan, o‘quvchi-talabalarning mustaqil ijodiy faolligini davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasini to‘liq qamrab olishga erishish.
SHuningdek, davlat ta’lim standartlarida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakalari doirasidan tashqari fundamental va axborot texnalogiyalariga doir bilimlarni o‘zlashtirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish ko‘nikmalariga ega bo‘lish bilan yuqori malakali mutaxassis kadrlarni tayyorlash shartlari hisoblanadi.
Uzluksiz ta’limning faoliyat ko‘rsatish tamoyillaridan biri, ta’limning ustuvorligi – uning rivojlanishining birinchi darajali ahamiyatga ega ekanligi, bilim, ta’lim va yuksak intellektning nufuzidir.
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. SHunday ekan, o‘smir yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatini o‘rganish va rivojlantirishning psixologik vositalarini tadqiq etish xozirgi kunda psixologiyaning dolzarb muammosi hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |