6. TEMIR-BETON ELEMENTLARNI MONTAj QILISh 180. Yig‘ma elementlar qanday biriktiriladi? Bir necha usullar mavjud. Ularning ichida uchtasi keng
tarqalgan: qistirma detallarni payvandlash yordamida, arma-
tura chiqiqlari yoki monolit beton yoki qorishmadan tayyorlan-
gan shponkalar yordamida. Mazkur usullar alohida yoki birga-
likda qo‘llanilishi mumkin.
181. Payvandlash detallari nima? Bu betonning sirtida joylashgan
plastina yoki prokatlangan profil-
lar bo‘lib, unga betonning ichki qis-
migacha kiradigan davriy profildagi
armaturalardan tayyorlangan an-
kerlar payvandlanadi (87 rasm). Ay-
rim hollarda anker sifatida uchlari
ilmoq qilib tayyorlangan silliq ster-
jenlardan foydalaniladi. Konstruksi-
yalarni biriktirish payvand choklari
yordamida ta’minlanadi (3-holat).
Payvandlash detallari deb ata lishiga
sabab uni qolipga armatura bilan
birgalikda betonlanguncha joylashtiriladi.
Biriktiriladigan elementlarning turlariga va qabul qilinadi-
gan yuklarning turlariga qarab, qistirma detallar turli zo‘riqish-
larni qabul qilishi mumkin: momentlar, normal va siljituv chi
kuchlar va hokazo. Ushbu zo‘riqishlar payvand choklarga ham
ta’sir qiladi.