229. Plita va balkalar tayanch uchastkalarining mustahkamligi
nima sababdan kamayadi?
106-rasm. * darzlar.
Eng asosiy sabab ko‘ndalang armaturalashning noto‘g‘riligi-
dan kelib chiqadi. Masalan, ko‘ndalang armaturalarning (xo-
mutlarning) qadami katta bo‘lsa, qiya darzlar ko‘ndalang arma-
turalar orasidan o‘tib, mazkur armaturalar ishlamay qoladi (106-a
rasm). Bunday hollar loyihada ko‘rsatilgan katta diametrlisi bilan
almashtirilib, ularning qadami kattalashtirilganda ro‘y beradi.
Tayanchdagi birinchi xomutni olib tashlansa ham shunday ho-
latga olib keladi (106-b rasm). Xomutlarni bo‘ylama armatura-
ga sifatsiz payvandlansa ankerlash yomonlashib, uning betondan
bo‘rtib chiqishi ro‘y beradi. Oldindan zo‘riqtirilgan konstruksi-
yalarda asosiy sabablardan biri oldindan siquvchi kuchning ka-
mayishi va betonning uzatish mustahkamligining pasayishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |