VI bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi
1-§. Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda ular-
ning tan olinishi va bajarilishi shartligi
Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda nimaga nis
-
batan ustunlik va nima uchun ustunlik bo‘lishini aniqlash lozim.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi boshqa qabul qilinadi
-
gan barcha hujjatlarga nisbatan (qonunosti hujjatlariga) qaratiladi.
Bundan tashqari, Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ham ustun
-
ligi mavjud.
Konstitutsiyaning qonunga nisbatan ustunligi deganda, boshqa
birorta qonun, ularning normalari konstitutsiyaga zid bo‘lmasligi, qo
-
nunning ustunligi deganda esa, boshqa birorta qonunosti hujjatlari-
ning qonunga zid kelmasligi tushuniladi. Qabul qilinadigan har qan
-
day boshqa hujjatlar Konstitutsiya, qonun normalarini o‘zgartirishni
emas, ularning amal qilishini ta’minlashi zarur. Konstitutsiya va
Qonunning ustunligi ularning huquqiy tabiatidan kelib chiqadi.
Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega alohida tartibda qabul
qilinadigan davlatning asosiy qonunidir. U xalq tomonidan (refe-
rendum orqali) yoki oliy vakillik organi – Oliy Majlis (parlament)
tomonidan qabul qilinadi
1
. Konstitutsiya O‘zbekiston hududida
birdek kuchga ega. O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar va
boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro
qilish uchun qabul qilinadi.
O‘zbekiston qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy muno
-
sabatlarni tartibga solish uchun qabul qilinadi.
Bu boradagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining
“Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida tar-
tibga solingan bo‘lib, “Mamlakatimizda demokratik islohotlar
-
ni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasi”da belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi sifatida
2012-yil 24-dekabrda ushbu qonunning yangi tahriri qabul qilin
-
di. Qonunda normativ-huquqiy hujjatlarning turlari, ularning kim
1 Konstitutsiya qabul qilish tartibi darslikning I bobida berilgan.
111
tomonidan qabul qilinishi, bir-biri bilan munosabatlari, huquqiy
ekspertizadan o‘tkazish tartibi belgilab qo‘yilgan
1
.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi yana bu masala konsti
-
tutsiyada maxsus belgilanganligida ham ko‘rinadi. Konstitutsiya
-
ning III bobi “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlanib,
bu konstitutsiyaviy tuzumning asoslari, asosiy prinsipi sifatida bel
-
gilanganligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning ustunligi – bu Konstitutsiyaning prinsipla
-
ridan biridir.
Konstitutsiya va qonunlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga
soladi. Ularning barcha qoidalarining bajarilishi, bu qoidalarning
bajarilishi shartligi davlatga, davlat organlariga, fuqarolarga, ja
-
moat birlashmalariga, barcha nodavlat tashkilotlariga taalluqlidir.
Konstitutsiya va qonunning asosiy xususiyati ham ularning
qoidalari bajarilishi shartligidir. Buning uchun jamiyatning barcha
a’zolari, tuzilmalari Konstitutsiya va qonunlarni so‘zsiz tan olishi
kerak. Konstitutsiya va qonunlarni tan olish uchun ular-ni bilish
zarur. Konstitutsiya va qonunlar jamiyat a’zolariga turli shakldagi
bilimlar berish, tashviqot-targ‘ibot olib borish natijasida yetkazila
-
di. Bunda, ta’lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining
roli katta.
Qonunlarni tan olish ularni so‘zsiz bajarish demakdir. Qo
-
nunlarni bajarish majburiy, lekin ular ongli, ixtiyoriy bajarilganda
samarasi ko‘proq bo‘ladi.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi va so‘zsiz tan olini
-
shi konstitutsiyaning o‘zida konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilab
qo‘yilgan bo‘lib, bu mazkur qoidaning ahamiyatini yanada oshiradi
(15-modda).
Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda, ularning nor
-
ma va qoidalari boshqa har qanday huquqiy hujjatlardan yuqori
turishi tushuniladi. Boshqa barcha huquqiy hujjatlar farmon, qa
-
ror, farmoyish, buyruq, yo‘riqnoma, nizomlar ularga mos bo‘lishi
shart.
1 Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi faoliyatini tartibga soluvchi qonun
hujjatlari to‘plami. – T.: 2007. – 96–102-betlar.
112
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, boshqa qonunosti huj
-
jatlari bilan Konstitutsiya hamda qonun normalari orasida ziddi
-
yatlar, kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, Konstitutsiya va qonun
-
larning amal qilishi bilan ta’minlanadi.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta’minlashda, birinchi
-
dan, qonunlarni bilish muhim ahamiyat kasb etsa, ikkinchi muhim
sharti, qonunlarni hurmat qilishdir. Bunga juda katta va keng qam
-
rovli tushuntirish, targ‘ibot-tashviqot olib borish bilan birga, shax
-
siy o‘rnak ko‘rsatish orqali erishiladi. Shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish har
qanday tashviqot va targ‘ibotdan ham samarali bo‘lishi mumkin.
Har bir shaxs, u mansabdor shaxsmi, davlat xizmatchisimi,
oddiy xizmatchimi yoki oddiy fuqaromi, qonunlarni hurmat qilib,
har qanday holda ham ularni bajarsa, bu boshqalarga ibrat bo‘lishi
mumkin.
Ayniqsa, mansabdor shaxslarning qonunlarning ustunligini
e’tirof etishi va bajarishi boshqa xodimlarning ham qonunlarga
shunday munosabatda bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Qonunlarni bajarmaslik, ularga rioya qilmaslikni oqlovchi
hech qanday bahona, sabablar bo‘lmasligi qonun ustuvorligini
ta’minlaydi. Hech narsa, ya’ni davlat manfaatimi, jamoat manfaati-
mi, jamoat birlashmalari manfaatimi qonun buzilishiga olib kelma
-
sligi kerak.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini so‘zsiz tan olish huquqiy
davlatning sharti hisoblanadi. Bu fuqarolar huquq va erkinliklarini
ta’minlash, ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish, konstitu-
tsiyaviy tuzumning barqarorligini ta’minlash, bozor munosabatla-
rini shakllantirish garovidir. “Huquqiy davlatning asosiy belgisi –
barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qo
-
nunlarning ustunligi ta’minlanishidir”
1
.
Konstitutsiya va qonunning ustunligini so‘zsiz tan olish kons-
titutsiyaviy qoida sifatida o‘rnatilgan bo‘lsa-da, hayotda shu qoida-
ga amal qilmaslik hollari uchrab turadi. Bu qonunlarni bilmaslik
yoki bilib turib unga bepisandlik bilan qarash, shaxsiy hamda idora
manfaatlarini ustun qo‘yish natijasida vujudga keladi.
1 Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992. – 38-bet.
113
Idoraviy manfaatlarni ustun qo‘yish natijasida ba’zi qonunosti
hujjatlarini Konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda qabul qilish hol
-
lari uchrab, bu umumiy manfaatga zarar yetkazishi mumkin.
Shuning uchun Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi
prinsipini buzish huquqbuzarlik hisoblanib, javobgarlikni keltirib
chiqaradi.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlashda turli
tuzilmalar ishtirok etib, bunda Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin
tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |