XXII bob. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi
1-§. O‘zbekistonda Parlamentning vujudga kelishi va
parlament islohotlari
Rasmiy ravishda saylab qo‘yiladigan va qonun qabul qiladigan
organ O‘zbekistonda mustaqillik davrigacha ham mavjud bo‘lib,
u O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti deb atalardi. Lekin, u tub
mohiyati bilan parlamentdan ancha yiroq organ edi. Boshqacha
qilib aytganda, formal saylov asosida saylanadigan bu organning
ko‘rinishi – shakli parlamentga o‘xshasada, mazmunan u kommu
-
nistik partiyaning xohish-irodasi bilan tashkil qilinadigan va unga
xizmat qiladigan organ edi.
80-yillarning oxirida butun Ittifoq hududida mavjud rejimdan
norozilik kuchaydi, xalqning o‘z huquq va erkinliklarini ro‘yobga
chiqarishga intilishi kengayib bordi.
Natijada 1989-yilgi SSSR xalq deputatalari s’ezdi, 1990-yilda
O‘zbekitson Oliy Sovetiga bo‘lib o‘tgan saylovlar birinchi marta
demokratik usullarda, eng muhimi muqobillik asosida o‘tdi. Nati
-
jada Oliy vakillik organiga xalq xohish-istaklarini yaxshi his qil
-
gan, o‘z fikrini ochiq aytadigan kishilar saylandi.
Shuning uchun, O‘zbekistonda parlamentning vujudga ke
-
lishini 1990-yilda saylangan Oliy Sovet faoliyati bilan bog‘lasa,
xato bo‘lmaydi.
Ittifoq davrida faoliyat ko‘rsatishni boshlagan bu Oliy Sovet
O‘zbekiston mustaqilligi, jamiyatda demokratiya rivojlanishiga
salmoqli hissa qo‘shdi.
Turli fikrlilik, mustaqil fikr bayon qilish, ittifoq organlari,
markazining noto‘g‘ri xatti-harakatini ochiq tanqid qilish 1990-yil
-
da saylangan Oliy Sovetdan boshlandi. Unda O‘zbekistonning
mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilindi. Ittifoqdan mustaqil ravish
-
da qonunlar qabul qilish tajribasi boshlandi. Prezident tomonidan
e’lon qilingan mustaqillik shu Oliy Sovetda rasmiylashtirildi va
O‘zbekiston mustaqillik yo‘liga shu Oliy Sovetni o‘z parlamenti
sifatida e’tirof etib qadam qo‘ydi. Keyinchalik Ittifoq davrida say
-
langan Oliy Sovet tarqatib yuborilmasdan, uning salohiyatidan
vakolat muddati t
ugaguncha foydalanish to‘g‘ri yo‘l bo‘ldi.
348
Shu Oliy Sovetda mamlakatimizning Asosiy qonuni – Konsti-
tutsiyamiz qabul qilindi.
Konstitutsiyamizda oliy qonunchilik organimiz Oliy Majlis
o‘z tilimizda bayon etildi. Konstitutsiyamizning XXII bobi “O‘zbe-
kiston Respublikasining Oliy Majlisi” deb nomlandi. Unga asosan
Oliy Majlis O‘zbekiston fuqarolari tomonidan umumiy, teng,
to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali
ko‘ppartiyaviylik asosida saylanadigan qonun chiqaruvchi hokimi
-
yatni amalga oshiradigan oliy davlat organi deb belgilandi. Va
-
kolat muddati besh yil qilib o‘rnatildi. Konstitutsiyaga asosan Oliy
Majlis bir palatali strukturada tashkil qilinishi nazarda tutildi.
1993-yil 28-dekabrda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Maj-
lisiga saylov to‘g‘risida”gi (2003-yil 29-avgustda yangi tahrirda
qabul qilindi), 1994-yil 22-sentyabrda “O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi (Oliy Majlisning 2002-yil 12-dekabrda
-
gi qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan) qonunlar qabul qilindi.
1994-yil 25-dekabrda Oliy Majlisga saylov o‘tkazildi. Saylov
eng demokratik prinsip va talablar asosida o‘tdi. Mamlakatda
tashkil qilingan 250 ta saylov okrugidan 139 tasida uchtadan,
106 tasida ikkitadan nomzod qo‘yilib, saylov o‘tkazildi. Saylovlar
ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tdi. Ayrim okruglarda takroriy ovoz
berish, takroriy saylovlar o‘tkazilib, birinchi marta mustaqillik
sharoitida mamlakat parlamenti shakllantirildi. Bu parlament
1995-yil 23-fevraldan o‘z ishini boshladi.
Oliy Majlisda davlat hokimiyati vakillik organlaridan say
-
langan 120 kishidan iborat deputatlik bloki va 69 deputatdan
iborat Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi, 47 deputatdan iborat
“Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasi, 14 deputatdan
iborat “Vatan taraqqiyoti” partiyasi fraksiyasi ro‘yxatga olindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |