Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi o‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga


-modda quyidagi mazmundagi  ikkinchi qism



Download 332,58 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/23
Sana19.01.2023
Hajmi332,58 Kb.
#900362
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23
Bog'liq
qonunloyihasi

45-modda
quyidagi mazmundagi 
ikkinchi qism
bilan to‘ldirilsin: 
«Davlat aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarining hayot sifatini 
oshirishga, ularga jamiyat va davlat hayotida boshqa fuqarolar bilan teng ravishda 
ishtirok etish uchun shart-sharoitlar yaratishga hamda ularning asosiy hayotiy 
ehtiyojlarini mustaqil ravishda taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan 
choralar ko‘radi»; 
25) 
49-moddaning 
ikkinchi 
qismi
quyidagi 
mazmundagi 
ikkinchi
va 
uchinchi qismlar
bilan almashtirilsin: 
«Tarixiy, maʼnaviy, madaniy va tabiiy meros davlat tomonidan muhofaza 
qilinadi. 
Davlat va jamiyat milliy qadriyatlarni himoya qilish, O‘zbekiston xalqi 
maʼnaviy va madaniy merosining uzluksizligini taʼminlash to‘g‘risida g‘amxo‘rlik 
qiladi»; 
26) 
52-modda

quyidagi mazmundagi 
birinchi qism
bilan to‘ldirilsin: 
«Vatanga bo‘lgan sadoqat muqaddasdir»; 
 
birinchi qismi ikkinchi qism
deb hisoblansin; 
27) 
uchinchi bo‘limning nomi
quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«
UCHINCHI BO‘LIM. FUQAROLIK JAMIYATI VA SHAXS
»; 
28) 
XII bob
quyidagi tahrirda bayon etilsin: 
«
XII bob. Jamiyatning iqtisodiy negizlari 

 
53-modda
. Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O‘zbekiston 
iqtisodiyotining negizini xilma-xil shakllardagi mulk tashkil etadi. Davlat 
isteʼmolchilarning huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda, iqtisodiy faoliyat, 


tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, halol erkin raqobatni, barcha mulk shakllari 
huquqiy jihatdan teng ravishda muhofaza qilinishini kafolatlaydi. 
Xususiy mulk daxlsiz va davlat tomonidan himoya qilinadi. 
Davlat iqtisodiyot tarmoqlarining va hududlarning uyg‘un holda 
rivojlantirilishi uchun shart-sharoitlar yaratadi, shuningdek iqtisodiy resurslarning 
adolatli ravishda taqsimlanishini taʼminlaydi. 
Davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini va 
investitsiyaviy muhitni, shart-sharoitlarni taʼminlaydi. 
Tadbirkorlar qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga 
oshirishga, o‘z faoliyatining yo‘nalishini mustaqil ravishda tanlashga, 
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad olishga haqli. 
O‘zbekiston Respublikasida tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va 
moliyaviy mablag‘larning erkin harakatlanishi kafolatlanadi. 
Tovarlarning, xizmatlarning, ishchi kuchining va moliyaviy mablag‘larning 
harakatlanishini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar, agar ular xavfsizlikni, 
odamlarning hayoti va sog‘lig‘i himoya qilinishini, tabiat va madaniy meros 
obyektlari muhofaza qilinishini taʼminlash uchun zarur bo‘lsa, qonunchilikka 
muvofiq joriy etilishi mumkin. 
Iqtisodiy faoliyatda insofsiz raqobatga, monopollashtirishga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalari qayta ko‘rib 
chiqilmaydi hamda bekor qilinmaydi. 

Download 332,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish