Конспект қилиш учун 10-та мавзу: Фалсафа фанининг предмети, муаммолар доираси ва вазифаси



Download 51,39 Kb.
bet5/6
Sana30.12.2021
Hajmi51,39 Kb.
#193307
TuriКонспект
1   2   3   4   5   6
homo sapins turiga oid, uning evolyusiyasi tufayli kelib chiqqan alohida, o‘ziga xos noyob bir oliy mavjudot hamdir. Insonning bu noyobligini uning ruhiy dunyosi tashkil qiladi. Lekin inson ayni vaqtda ijtimoiy-tarixiy taraqqiyotning mahsuli bo‘lgan ijtimoiy mavjudot hamdir. Bular  inson mavjudligining uch o‘lchovi sifatida inson borlig‘ining boshlang‘ich xarakteristikalaridir.

         Inson borlig‘i, bir jihatdan, kishi va kishilar ongiga nisbatan ob’ektiv, ya’ni ular ongidan tashqarida mavjud bo‘lsa, boshqa jihatdan u kishi va kishilar ongiga bog‘liqdir. Aksincha inson borlig‘i ongdan, ruhdan butunlay alohida mavjud emas. CHunki inson borlig‘i tabiiylikning, moddiylikning, ma’naviylikning individuallikning, shaxsiy va ijtimoiylikning dialektik birligidan iboratdir.

         Inson tanasi «birlamchi tabiat» sifatida bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tadi, butunlay yo‘qolib ketmaydi. Lekin boshka jihatdan, inson tanasi «ikkilamchi tabiat» sifatida o‘tkinchi, o‘zgaruvchan, chekli, paydo bo‘luvchi, rivojlanuvchi, nihoyat, o‘luvchi xususiyatlarga ham egadir. Inson tanasining tirik bo‘lishi insonning  yashab turishi uchun oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, turar joyga, issiq va sovuqdan saqlanishga, nasl qoldirishga va shular kabi turli-tuman moddiy ehtiyojlari qondirilgan bo‘lishi kerak. Bu inson borlig‘ining shunday xususiyatiki insonning jonli organizm sifatida mavjudligini bu ehtiyojlarni qondirmasdan turib, ta’minlab bo‘lmaydi. Bular inson hayotining birinchi darajali moddiy ehtiyojlarini tashkil etadi. SHu bilan birga, inson hayoti uchun ma’naviy ehtiyojlar: ahloq, huquq, san’at, siyosat, fan va din kabilar ham katta rol o‘ynaydi.

         Masalan, har bir kishining bir butun jamiyatning yurish-turishi, odobi va hulqini, o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi ahloqiy normalarga bo‘lgan ehtiyojlarni olaylik. Inson bularsiz ham o‘z hayotini tashkil eta olmaydi. Biz yuqorida inson borlig‘i uning tanasi va ruhining dialektik birligi tufayli mavjuddir, dedik. Haqiqatdan ham, har bir kishining miyasi, asab tizimi, ruhiyati va ma’naviyati uning tanasi /jismi/ va o‘z faoliyatida katta rol o‘ynaydi. Ruhan sog‘lom kishi jismonan ham baquvvat bo‘ladi. SHu bilan birga, tananing sihat-salomatligi ham kishining ma’naviy hayotiga katta ta’sir qiladi. SHuning uchun ham xalqimiz: «YAxshi dam mehnatga hamdam», «Sog‘lom tanda - sog‘ aql» maqollarini bekorga yaratmagan.        

         Bu narsa butun insonning hayotiga ham taalluqlidir.

         Falsafada inson borlig‘i borliqning bir butun borlig‘ida qanday ahamiyatga ega va unda qanday o‘rin tutadi? - degan masala faylasuflarni qiziqtirib keladi.

         Oddiy qaraganda, inson, uning hayoti poyonsiz va cheksiz dunyoda hech bir arzimas narsa, qisqa, oddiy epizodga o‘xshab tuyuladi. Aslida esa butunlay boshqa narsani ko‘rish mumkin. Inson dunyoda faqat mavjud bo‘lib qolmasdan, balki u o‘z o‘zini anglaydi, o‘zi yashayotgan dunyoni biladi, dunyoga va o‘ziga juda katta ta’sir qiladi, dunyoni va o‘zini o‘zgartirib, o‘zlashtirib boradi, madaniyatni, san’atni, dinni va fanni, huquqni va siyosatni yaratadi, ijod qiladi. Inson bunda avvalo o‘z borlig‘ini bilish uchun, o‘z borlig‘i uchun qayg‘uradi. U bir butun borliq tizimida o‘zining ziddiyatli rolini anglab olishi, o‘z borlig‘i va dunyo borlig‘i oldida o‘z ma’suliyati, javobgarligini sezishi, his qilishi muhimdir. Inson uchun yana ham muhimroq narsa - bu har bir kishining o‘zi va butun insoniyat taqdiri uchun, inson zoti va insoniyat  sivilizatsiyasi oldidagi ma’suliyatini to‘g‘ri anglashidir.

         Bunda  kishining ma’naviy yuksakligi va aqli rasoligi muhim rol o‘ynaydi. CHunki har bir alohida kishining hayoti, faoliyati uning o‘zi uchun ham, boshqa hamma kishilar va butun jamiyat hayoti uchun ham real hayot, real faoliyatdir. Bundagi har bir kishining o‘z tanasi, o‘z ruhiyati, o‘z o‘tmishi hozirgi va kelajagi boshqa kishi va kishilar tanasi, ruhiyati o‘tmishi, hozirgi va kelajagiga nisbatan alohida reallik, alohida borliq sifatida mavjud bo‘ladi. Bu bilan birga har bir alohida kishining individual ongi, his-tuyg‘ulari va fikrlari ham o‘z-o‘ziga boshqa kishi va kishilar, bir butun insoniyat ongiga, his-tuyg‘u va fikrlariga nisbatan ham real bog‘liqdir. SHuning uchun kishi ongida uning atrofidagi butun borliq bilan birga, uning individual borlig‘i ham o‘z-o‘zini anglash sifatida aks etgan bo‘ladi. Kishi ongida nafaqat tabiiy narsalar, shu bilan birga, barcha ma’naviy  g‘oyaviy narsalar ham uning amaliy nazariy faoliyatida o‘zlashtirilib, haqiqiy o‘ziga xos reallikni kasb etadi. Bu o‘z tabiatiga ko‘ra ma’naviy borliq deyiladi.

         Ma’naviy borliq aslida inson borlig‘ining bir ko‘rinishi bo‘lib u individual ong va ijtimoiy ong jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi ma’naviylik, ma’naviy qadriyatlar va ma’naviy boyliklardan iboratdir.

         Tarixda sodir bo‘lgan va bo‘ladigan ko‘pchilik voqea hodisalar inson va insoniyatning kelajagi, kishi va kishilarning hayoti va taqdiri ko‘p jihatdan ma’naviyligi ma’naviy boyliklar bilan bog‘liqligi ma’lumdir. SHu nuqtai nazardan ma’naviylikni borliqning o‘ziga xos bir shakli sifatida alohida o‘rganish maqsadga muvofiqdir.

         Ma’naviylik inson va insoniyatning muhim fazilatlaridan biridir. U inson /kishi va kishilar/ ruhiyati bilan chambarchas bog‘liqdir. Ma’naviylik - bu ko‘p qirrali ong va ongsizlik jarayonlarini o‘z ichiga oluvchi insonning kundalik hayoti tajribalari, uning tabiat, atrofidagi kishilar  va jamiyat bilan bo‘lgan munosabatlarida hosil qilgan malakalari, ko‘nikmalari, uning shaxs sifatida shakllanishi davomida egallangan ahloqiy, siyosiy, huquqiy, diniy, falsafiy, shuningdek fanlarni o‘rganish asosida olgan bilimlari, badiiy texnik va ilmiy ijodlarining jamidir.

         Ma’naviylikni, ya’ni ma’naviy boylikning shakllaridan kelib chiqib, ikki turga bo‘lib o‘rganish mumkin. Ularning birinchisi- individ ongi va ruhiyati bilan bog‘liq individuallashgan ma’naviy borliq bo‘lsa, ikkinchisi- individ ongi va ruhiyatidan  tashqari ularga bog‘liq bo‘lmagan ob’ektivlashgan  ma’naviy borliqdir.

         Individuallashgan ma’naviy borliqning tashuvchisi- bu individ ongi va ruhiyatidir. Ular individ- alohida kishi miyasining xossalari bo‘lib inson  borlig‘ining ajralmas qismlaridir. Konkret kishining xis tuyg‘ulari, ichki ruhiy kechinmalari, orzu istaklari, xotirasi, taa’surotlari, fikrlari, hayollari, qarashlari,   g‘oyalari, individual ongi, ong osti va ongsizlik jarayonlar individuallashgan ma’naviy borliqning elementlaridir. Individuallashgan ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, unda sodir bo‘ladigan jarayonlarning mavjudligini bevosita  tashqaridan  turib sezish, kuzatish, bilish mumkin emas. Ularni ilg‘ash his qilishning birdan - bir yo‘li - individning - konkret kishining o‘z ongida, o‘z ruhiyatida o‘zgarayotgan jarayonlar to‘g‘risida o‘ziga o‘zi hisob berishdir. Fan sohasida hali kishi miyasida sodir bo‘ladigan ong faoliyatini, ruhiy jarayonlarni butunlay to‘laligicha bilish, qayta tiklash yoki qayd qilib qo‘yishga hozircha erishilgani yo‘q. Biz shu paytgacha, odatda ularning sub’ektiv taassuroti qoldirgan biz uchun tabiiy yoki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘rinishlarini  ajratib olib, qayd qilib kelamiz, xolos.

         Individuallashgan ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati yana shundaki, unga xos jarayonlar individning dunyoga kelishi bilan paydo bo‘ladi va olamdan o‘tishi bilan birga yo‘qoladi.

         Individuallashgan ma’naviy borliqning xususiyatlarini asosan ruhshunoslik fani o‘rganiladi. Ma’naviy borliqning bu ko‘rinishi hozirgacha ong haqida fanlarda, xususan falsafada nisbatan kam tadqiq qilingan, tadqiq qilingan bo‘lsa ham, unga ko‘proq bevosita yondashib kishi ongidagi jarayonlarni uning hatti harakatlaridan kelib chiqib izohlaganlar. Lekin individ ongini bilvosita o‘rganishga kirishgan bir qator fanlar xususan, ruhshunoslik fani keyingi vaqtlarda ma’lum yutuqlarga  erishish bilan bir qatorda  bu sohada ko‘pgina qiyinchiliklarga ham duch kelmoqda. SHulardan biri ongning real mavjudligi masalasi bo‘lib unda bir tomondan, ong jarayonini individ miyasi va asab sistemasidagi tabiiy va biologik jarayonlardan ajralgan holda o‘rganish mumkin emasligi bo‘lsa, ikkinchi tomondan ong ma’naviy hodisa bo‘lganidan, uning moddiy narsalar  sifatida tadqiq kilib bo‘lmayotganligidir. SHu bilan birga, ong jarayonlari haqida fikr yuritishning murakkabligi yana shundaki, ularni tilda, nutqda to‘la berib bo‘lmaydi. CHunki miyada ongli jarayonlardan tashqari hali anglanmagan ong osti  va ongsizlik jarayonlari ham kechadi. Individuallashgan ma’naviy borliq shu sababli faqat individ ongi, ong jarayonlarigina emas, balki mana shu hali anglanmagan ong osti va ongsizlikni ham o‘z ichiga oladi.

         SHu munosabat bilan bu hodisani o‘rgangan olimlar o‘rtasida ong osti, anglanmagan, ongsizlik hodisalar mavjudmi, agar mavjud bo‘lsa, ularni qanday izohlash mumkin? - degan savollar tug‘iladi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida bu savollar yuzasidan psixologlar va faylasuflar o‘rtasida qizg‘in munozaralar kelib chiqadi. XX asr boshlarida bu muammoni psixiatrlar, xususan, Z. Freyd va uning izdoshlari qizg‘in o‘rgana boshlaydilar. Ular  o‘z eksperimental tadqiqotlari bilan ong osti anglanmagan va ongsizlik jarayonlarining individ miyasida, uning ruhiyatida mavjudligini e’tirof etadilar. Keyinchalik ularni qo‘llab-quvvatlagan bir qator psixologik /ruhshunos/ va faylasuflar ongsizlikni individ ruhiy faoliyatining muhim bir tomoni sifatida izohlashadi.

         Z.Freyd va uning izdoshlarining tushuntirishlaricha individ miyasi va asab tizimiga ongsizlikning uch darajasi hosdir.

1-daraja. Bu darajada ongsizlik inson tanasining yashashini ta’minlab, tana vazifalarini koordinatsiya qiladi, hamda tananing bir  qator oddiy biologik ehtiyojlarini qondirishni nazorat  qiladi. Bu nazorat  inson tomonidan o‘z o‘zidan, aynan anglab olinmagan holda ko‘p hollarda aniq amalga  oshiriladi. Kishidagi ayrim intilish  va hohishlar, tushlar, ichki ruhiy holatlar ongsiz jarayonlar asosida sodir bo‘ladi.

2-daraja. Bu darajadagi ongsizlik inson ma’lum davrgacha anglab etmagan, aslida onglilik bilan tutashib ketgan, lekin keyinchalik anglangan fikrlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, «tilimning uchida turibdi», «miyamga bir fikr keldi» deganda, avvalo, ong ostida vujudga kelgan, lekin hali anglanmagan, keyinchalik esa anglanadigan fikrlar yaqqol misol bo‘la oladi.

3-daraja. Ongsizlikning bu darajasi badiiy, ilmiy, hayoliy jarayonlarda intuitiv asosida qiyosiy va fikriy jarayonlarga xosdir. Bu jarayonlarda ongsizlik intuitsiyalar ishi bilan yuzaga chiqadi. Ong osti, anglanmagan va ongsizliklarning mavjudligini bilishning qiyinligi shundaki ular inson ruhiy jarayonida onglikda namoyon bo‘lish hollarida, birinchidan, to‘liq yuzaga chiqmaydi: ikkinchidan ularni ong sohibi ongi ushlab qolgan ayrim ko‘rinishlar tarzida anglagan bo‘ladi. Lekin shunga qaramay inson ruhiy jarayonini chuqur o‘rganish ularning mavjudligidan dalolat beradi. Umuman, individuallangan ma’naviy borliqni chuqurroq o‘rganish lozim. Ma’naviy borliqning bu shakliga individning o‘z-o‘zini anglashi ham kiradi. O‘z-o‘zini anglash individuallashgan ma’naviy borliq tarkibida muhim o‘rin tutadi. /uning tabiati va o‘ziga xos xususiyatlari «Ong muammosi» mavzusida ochib berilgan/.

         Xullas, individuallashgan ma’naviy borliqni alohida borliq sifatida o‘rganilar ekan, inson borlig‘idan, umuman, bir butun olam borlig‘idan alohida ajratib qaramaslik kerak. CHunki, bir butun olamsiz inson bo‘lmaganidek insonsiz ong ham individsiz individuallashgan borliq ham bo‘lmaydi, u individning individual ruhiy-ijtimoiy hayoti faoliyatida namoyon bo‘ladi.

         Ma’naviy borliqning ikkinchi ko‘rinishi - bu ob’ektivlashgan ma’naviy borliqdir. Bu borliqda individ ongida paydo bo‘lgan  g‘oyalar, qarashlar, fikrlar undan tashqarida chiqib ob’ektivlashadi, reallashadi, moddiylashadi. Natijada endi ular individual ongdan tashqarida yashay boshlaydi. Ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, u sub’ekt ongidan - individual ongdan chiqib unga bog‘liq bo‘lmagan holda ob’ektivlashgandan so‘ng tabiiy va sun’iy  tillar materiallari, ijtimoiy ong va uning shakllarida masalan muayyan san’at asarlari va madaniyat obidalarida ifodalangan  g‘oyalar qarashlar nazariya va ta’limot shakllarida tarixiy taraqqiyot davomida rivojlanib, takomillashib boradi, va asrlar osha insoniyatga xizmat qilib saqlanib turadi. Ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning bir ko‘rinishi bu til /nutq/dir. Til /nutq/da ong faoliyatining bir qismi reallashadi. Individual ongdan tashqariga chiqib, ob’ektivlashadi. Tilda ong mahsuli - fikr moddiylashadi: u tovushlar va so‘zlardan tashkil topib, gaplar  va bayon qilingan nutqlarda ifodalanadi. Dastlab individual ongda paydo bo‘lgan  g‘oyalar va fikrlar endi tovushlar va so‘zlar, jumlalar va gaplar, matnlarda ongdan tashqarida reallik sifatida mavjud bo‘ladilar. SHu realliklar  tufayli insoniyat madaniyatni yaratadi, shu realliklar tufayli moddiy va ma’naviy madaniyat boyliklari vujudga keladi va avloddan avlodga o‘tib, ularga xizmat qilib, insonni ma’naviy jihatdan boyitib boradi.

         Ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning vujudga kelishi va mavjud bo‘lishini boshqa misolda  ham ko‘rish mumkin. Masalan, eng qadim zamonda ibtidoiy inson miyasida non qilish, uni pishirish g‘oyasi individuallashgan borliq shaklida vujudga kelgan. Bu  g‘oyani u o‘z hayotida qo‘llab  real nonni qilgan va pishirgan. Non g‘oyasi qilingan va pishirilgan nonlarda ob’ektivlashgan. Bu g‘oya non qilish va pishirishdagi boshqa kishilarning malaka va tajribalari bilan boyib, rivojlanib borgan, bora bora u chiroyli va mazali nonlar tayyorlash bilimlari va san’atiga aylangan. Bu bilimlar va non yopish san’ati bizning kunlarimizda ham davom etib kelmoqda. Bundan ko‘rinadiki, dastlab individ ongining mahsuli bo‘lgan non  g‘oyasi individuallashgan ma’naviy borliq, shaklidan chiqib keyinchalik real nonlarda reallashadi va ob’ektivlashadi. Bu  g‘oyani keyingi avlodlar o‘z faoliyatlarida yanada rivojlantirib ularga  «o‘lmas xarakter» kasb etishadi.

         Insoniyat yaratgan barcha moddiy va ma’naviy madaniyat  va san’at asarlari, madaniy yodgorliklar, kitoblar, formulalar, loyihalar, modellar, ranglar, kuylar, notalar, raqslar - hamma hammasi individual ma’naviyliklarning ob’ektivlashgan, moddiylashgan ko‘rinishi ob’ektivlashgan ma’naviy borliqdir. Bu ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning mavjud bo‘lishida xotira alohida rol o‘ynaydi. Hozirgi fan va texnika taraqqiyoti davrida xotirada saqlash va uni foydalanishda «elektron mashinalar xotirasi» muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz oldin ashula teksti va muzikalarimizni gramplastinkalarga, keyinchalik magnitofon lentalariga hozirda videomagnitofon lentalariga yozib qo‘yib, istagan paytda ularni qo‘yib eshitib ham ko‘rishimiz mumkin.

         Demak, ob’ektivlashgan ma’naviy borliq ham insoniyatning ma’naviy moddiy hayotida, madaniyat, fan, san’at, adabiyotning paydo bo‘lishi sivilizatsiyaning rivojlanishida juda katta rol o‘ynaydi.

         Ma’naviylik, ma’naviy borliqning qanday ko‘rinishida mavjud bo‘lishidan qat’iy nazar u moddiy asossiz mavjud bo‘lmaydi. Individuallashgan ma’naviy borliq individ miyasi, markaziy asab tizimi butun organizm faoliyatining betakror jarayonlari ko‘rinishida mavjud bo‘lsa ob’ektivlashgan ma’naviy borliq ijtimoiy ong shakllari  tarzida inson madaniyatining turli ko‘rinishlarida moddiylashgan, ob’ektivlashgan shakllari tarzida namoyon bo‘ladi. Bu individuallashgan ma’naviy borliq va ob’ektivlashgan ma’naviy borliqlar bir birlariga o‘tib, bir birlarini boyitib, to‘ldirib boradilar, ularni o‘zaro dialektik munosabatda olib o‘rganish lozim.

Sof ma’naviy borliqning o‘zi mavjud emas. Sof ma’naviy borliqni e’tirof etish idealizmga olib boradi. Ma’lumki ob’ektiv idealizm vakillaridan biri Platon /Aflotun/ ning qarashicha, moddiy borliqdan alohida unga bog‘liq bo‘lmagan holda yaxshilik, haqiqat, go‘zallik va shu kabi « g‘oyalar dunyosi» ob’ektiv mavjud emish. Platon bunda ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning o‘ziga xos ba’zi xususiyatlarini mutlaqlashtiradi, bo‘rttiradi va shu asosida ularni idealistik tushuntiradi. Platon o‘z fikrini isbotlash  uchun misol keltiradi: masalan, to‘quv mokisi buzilgan yoki yo‘qolgan taqdirda ham u to‘g‘risidagi fikr doimo yashayveradi va qaerda mokiga ehtiyoj tug‘ilsa bu  g‘oyadan kishilar  foydalanaveradi. Platonning bu fikridan ma’naviy borliq tabiiy borliqqa, inson borlig‘iga bog‘liq bo‘lmagan holda ulardan mustaqil mavjud, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, ma’naviy borliq moddiy borliq bilan birgalikda bir butun borliqni tashkil etishi ma’lum bo‘ladi.

SHuning uchun ham falsafa borliqning hamma shakllarini va ko‘rinishlarini ularning ichki o‘zaro bir birlari bilan aloqadorlikda, o‘tishda, bog‘lanishda, bir birlariga ta’sir va aks ta’sirda olib o‘rganadi va tushuntiradi. Masalan, individuallashgan va ob’ektivlashgan ma’naviy borliqning birgalikdagi ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan axlokiy-ma’naviy prinsiplar, huquqiy-tartibot normalari, ideallar, go‘zallik, adolat, yoshlik, insoniylik kabi ma’naviy qadriyatlar insoniyat hayotida ayniqsa ijtimoiy olam tizimida muhim rol o‘ynaydi. Bunda individuallashgan ma’naviylik yakka individ shaxsining ma’naviy dunyosini belgilasa, ob’ektivlashgan ma’naviylik bir butun, jamiyat ma’naviy hayotini belgilaydi.

Borliqning yana bir shakli- bu ijtimoiy olamdir. Ijtimoiy olam individual yakka shaxs va jamiyat borlig‘ining birligidan iborat borliqdir. Ijtimoiy olam deyilganda individual yakka shaxs va jamiyat hayotining hamma tomonlari emas, balki ularning bir butun moddiy hayoti tushuniladi. Jamiyatning moddiy hayoti esa kishilarning o‘z hayotlari jarayonida ularnin irodalariga bog‘liq bo‘lmagan ishlab chiqarish munosabatlaridan, bu ishlab chiqarish munosabatlarining jamini o‘z ichiga olgan jamiyatning iqtisodiy tizimi, real bazasidan iborat bo‘ladi. Jamiyatni dialektik, materialistik tushunishga ko‘ra, moddiy ishlab chiqarish usuli, umuman hayotning sotsial /ijtimoiy/, siyosiy va ruhiy jarayonlariga sabab bo‘ladi. Kishilarning ongi ularning borlig‘ini belgilamaydi. Aksincha, ularning ijtimoiy borlig‘i ijtimoiy onglarini  belgilaydi. Demak, ijtimoiy olam deganda materialistik falsafada bir butun jamiyatning moddiy hayotini moddiy ne’matlar ishlab chiqarishi hamda ishlab chiqarish jarayonida kishilar kirishadigan moddiy munosabatlarni tushunamiz. Ijtimoiy olam ijtimoiy ong bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular bir butun jamiyat hayotining ikki moddiy va ma’naviy tomonlarini tashkil qiladi. Bu masala jamiyat to‘g‘risidagi mavzuda to‘laroq ijtimoiy ong bilan birlikda yoritiladi.

SHuni aytish kerakki, borliq muammosini falsafiy tadqiq qilish uning substansiya muammosi bilan bog‘liq ekanligini ko‘rsatadi.

         Substansiya[2] deyilganda falsafada dastlabki vaqtlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va bir butun dunyodagi barcha predmet va hodisalarning asosini tashkil etadigan moddiy yoki ruhiy birlamchi narsa tushunilgan. Masalan, qadimgi davr materialistik faylasuflar suvni, havoni, apeyronni, olovni, atomlarni, ya’ni moddalarning biron turini substansiya, deb tushunganlar. O‘rta asr SHarq falsafasi namoyondalari Al-Kindiy, Ar-Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd o‘z falsafiy qarashlarida substansiyani hamma narsaning moddiy asosi va ularning mohiyati, deb qaraganlar.

         Idealizm vakillari substansiya, deb butun mavjudlikning asosi bo‘lgan  g‘oyani, ruhni yoki sub’ekt ongi va shu kabilarni tushunadi. Masalan, qadimgi yunon mutafakkirlaridan Pifagor substansiya, deb sonlarni tushunadi. Platon esa  g‘oyani, substansiya deb qaraydi. XVII asrda yashagan golland faylasufi B.Spinoza esa substansiya, deb o‘z o‘zining sababchisi bo‘lgan narsani tushunadi. Uning  qarashicha, ko‘lam  va  tafakkur  ana  shu  substansiyaning  atributlaridir. Nemis  klassik  falsafasining  vakili  I.Kant  substansiya «u  shunday  bir  doimiy  narsaki, faqat unga  nisbatangina  hamma  vaqtli  hodisalarni  aniqlash  mumkin» - deydi. I.Kant  fikricha, substansiya - tajriba  ma’lumotlarini  sintezlashtiruvchi  tafakkurning  aprior  shaklidir.

         Gegel  esa «mutlaq   g‘oya», «mutlaq ruh»ni substansiya, deb qarab, uni narsalarning muhim o‘zgaruvchan, rivojlanuvchi tomonlarning yaxlitligidir, mazkur tomonlarda  bu yaxlitlik ularning mutlaq inkor etilishi, ya’ni  mutlaq  quvvat  va  shu  bilan  birga, har  qanday  mazmunning  boyligi  sifatida  ochiladi,- deydi. U substansiya «mutlaq   g‘oyaning  rivojlanish  jarayonida  muhim  bosqich», «har  qanday  haqiqiy  taraqqiyotning  negizi», deb  ta’riflaydi. Gegelda  substansiya  ayni  bir  vaqtda  ham  rivojlanuvchi   g‘oya - ibtido, ham  sub’ekt, ya’ni  o‘z-o‘zini  tuzdiruvchi  asos, ham  shu  rivojlanishning  momenti  sifatida  qaraladi.

         Umuman, falsafani substansiya muammosini o‘rganishda insonni  qurshab  turgan  dunyoning  asosi  nima o‘tadi?  uning  asosida  bir  narsadanmi  yoki  ko‘p  narsadan  tashkil  topganmi?  degan  savollarga  turlicha  javob  berishadi. Faylasuflarning  bir  qismi  bizni  qurshab  turgan  dunyoning  birinchi  asos  bor  deb  bilishgan. Ularning  bu  yagona  birinchi  asosi  to‘g‘risidagi  qarashlari  monizm  ta’limotini  keltirib  chiqargan. Lekin  monizm  ta’limoti  dunyoning  birinchi  asosi  nima? Materiyami  yoki  mutlaq   g‘oya  («mutlaq  ruh»), ongmi? degan  savolga  bergan  javoblariga  ko‘ra  ikki  xil  bo‘lgan. Dunyoning  birinchi  asosi  materiyadir  deb  qarovchi  monistik  ta’limot  materialistik  monizm  deyiladi. Dunyoning  birinchi  asosi  «mutlaq   g‘oya», «mutlaq  ruh» yoki  ong  deyuvchi  monistik  ta’limot  


Download 51,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish