KONSERVA MAHSULOTLARI VA TURLI ICHIMLIKLARNI QADOQLASH LINYASIDAGI SHISHA IDISHLARNI YUVISH MASHINASINI TAKOMILLASHTIRISH
Qazoqov J.R.
Ilmiy rahbar: t.f.d. Abduraxmonov O.R.
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Maqola mavzusining dolzarbligi va zarurati. Dunyo miqyosida oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabni yil sayin ortib boorish meva va poliz mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyalarini, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni talab qilmoqda.
Tayanch iboralar: Konservalar, qutilar, ifloslanish, yuvish mashinalari,krank,qo`zg`aysan,konveyer, vanna, yog'sizlantirish.
Актуальность и необходимость темы статьи/ Растущий спрос на продукты питания в мире требует модернизации, модернизации и диверсификации технологий переработки фруктов и дынь.
Ключевые слова: консервы, загрязнения, моечные машины, кривошип, привод, конвейер, ванна, обезжиривание.
Dunyo bo`yicha "quritilgan meva va konservalangan sabzavotlarning hajmi 2012 yildan 2017 yilgacha 18,4 % ga, ya`ni 8,25 mln.t. dan 9,77 mln t.ga o`sdi, bir yilgi o`sish ko`rsatkichi 2,4 - 5,7% ni tashkil qildi, 2017-2018 yil mavsumida quritilgan meva va sabzavotlarni qayta ishlash 3 mln.t ga yetdi, bu oxirgi o`n yillik ko`rsatkichidan 20 % ga ko`p” va shungа ko`ra jahonda ushbu maxsulotga bo`lgan talab oshib bormoqda [1].
Bugungi kunda, jahon sog`liqni saqlash tashkiloti tavsiyasiga ko`ra kundalik ovqatlanish ratsionidа 700-800 g. meva va sabzavotlar bo`lishi, hamda oziq-ovqat mahsulotlariga bo`lgan talabni oshishi aholini yil bo`yi yangi turdagi yuqori sifatli quritilgan va konsevalangan mahsulotlar bilan ta`minlash eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ma`lumki, sabzavotlarni konservalash bir nechta bosqichlarni o`z ichiga oladi,bu bosqichlardan biri shisha bankalarni yuvishi.Shisha bankalarni fizik va kimyoviy tozaligi konservalangan mahsulot uzoq muddat, ekalogik jihatdan iste’molga yoroqli saqlanishini ta’minlaydi.Shishalarni yuvish jarayoni ko`p energiya talab qiluvchi va uzoq davom etadigan texnologik jarayon hisoblanadi. Mahsulotlardan konserva va ta'biiy ichimliklar tayyorlash va uni qadoqlashda shisha idishlarni yuvish mashinalarini takomillashtirish usullari, texnologiyasi va jihozlarini yaratish yo`nalishida ilmiy ishlar olib borilmoqda.
Respublikamiz Mustaqillikka erishgach qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari yuqori sifatli mahsulotlar olish usullarini, xususan, energiya tejamkor texnologiyalarining yangi turlarini yaratishga qaratildi. O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasida "...iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish ... " vazifalari belgilab berilgan. Bu borada o`simlik mahsulotlarini qayta ishlash jarayonida mahsulot tarkibidagi kerakli komponentlarni saqlash bilan birga, vaqt va energiyani tejash masalalari muhim bo`lgan holatda, samarali konservalash usullari va texnologiyalarini yaratishga yo`naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari muhim ahamiyat kasb etadi [2].
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 29 avgustdagi 251-son "O`zbekiston Respublikasi aholisini 2015-2020 yillarda sifatli oziq-ovqat bilan ta`minlash bo`yicha tadbirlar konsepsiyasi va kompleksini tasdiqlash to`g`risida"gi, 2015 yil 4 martdagi UP-4707 son "2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy qayta o`zgartirish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashni ta`minlash bo`yicha tadbirlar dasturi haqida"gi, 2016 yil 18 fevraldagi PQ-2492-son "Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi, 2016 yil 19 sentyabrdagi PQ-2603-sonli "Meva-sabzavot, uzum va poliz mahsulotlarini eksport qilishni rag`batlantirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida"gi, 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g`risida"gi farmon va qarorlari hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga ushbu maqola muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |