"Konseptual jadval asosida "Badiiy asar tili" modulini urganish"



Download 1,2 Mb.
bet9/28
Sana31.05.2022
Hajmi1,2 Mb.
#622474
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28
Rashki sumanu sunbulu ar’ar yetilibsen, -
baytining birinchi misrasida mahbuba orazi, zulfi, qaddu qomatini sanab keltiradi-da, ikkinchi misrada ulardan har biri haqidagi fikrlarni bayon qiladi: orazni sumanga, zulfni sunbulga, qaddu qomatni esa ar’arga qiyoslaydi, lekin misra mazmuniga ko‘ra shoir “Rashki sumanu sunbulu ar’ar yetilibsen” deb ta’riflar ekan, diqqati boshqa narsaga - rashkka qaratilgandek tuyuladi. Vaholanki, uning muddaosi tashbihdan boshqa narsa emas.
Istiora arabcha so‘z bo‘lib, “Biron narsani omonatga (vaqtincha) olmoq” degan ma’noni ifodalab, adabiy asarda so‘zni o‘z ma’nosidan boshqa bir ma’noda, aniqrog‘i uni haqiqiy ma’nosida emas, balki majoziy bir ma’noda qo‘llash san’ati sanaladi. Masalan, Boburning
Sen, ey gul, qo‘ymading sarkashligingni sarvdek hargiz,
Oyog‘ingga tushub bargi xazondek muncha yolbordim, -
baytidagi “gul” so‘zi o‘z ma’nosda qo‘llanayotgani yo‘q, ya’ni haqiqiy gulga emas, balki gul kabi go‘zal mahbubaga murojaat qilmoqda.
Irsoli masal “maqol kiritish” ma’nosini bildirib, she’riyat va nasrda ifodalanayotgan biror fikrni isbotlash uchun xalq maqolini keltirish san’ati sanaladi. Masalan, Navoiyning:
O‘qlaring ko‘nglimga tushgach, kuydi ham ko‘z, ham badan,
Kim kuyar ulu qurug‘ chun naysitong‘a tushdi o‘t.
Irsoli masal atamasining mazmuni ushbu san’at mohiyatini to‘la qamrab ola biladi: maqol keltirsa, shu san’atni qo‘llagan bo‘ladi. Zero, irsol – jo‘natmoq, keltirmoq; irsoli du masal – ikki maqol keltirish demakdir.
Tazmin bir narasani ikkinchi bir narsani orasiga qo‘ymoq - she’rga o‘zga bir shoir asaridan biron misra, bir yoki bir necha bayt kiritish san’atidir. Shoirlar ba’zan boshqa asarlardan tanlangan bayt yoki misralarni turli maqsad bilan uz she’rlarida keltirganlar. Jumladan, Mashrab o‘zining:
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma,
Qondir jigarim, xoh inon, xoh inonma,
G‘am shomi firoqingda kabob etdi falakni,
Ohi saharim, xoh inon, xoh inonma, -
tarzida boshlanuvchi g‘azalida Lutfiyning mashhur sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma baytini aynan keltirgan.
Iyhom arabchadan shubhaga solish degan ma’noni bildiradi. Mumtoz adabiyotda esa iyhom haqiqiy va majoziy ma’nolarga ega. Yoxud shaklan bir, ma’no jihatdan har xil bo‘lgan so‘z yoki so‘z birikmasini she’riyatda qo‘llagan holda bir baytda ikki xil ma’noni ifoda etish san’atidir. Masalan, Navoiyning:
Bosh qo‘yay dedim oyog‘i tufrog‘iga, dedi: “Qo‘y”
Bo‘sa istab la’li rangin surdim, erasa dedi: “Ol”, -
misralarning birinchisida qo‘y so‘zini ikki ma’noda: mayli qo‘ya qol hamda qo‘y kerakmas ma’nosida; ikkinchi misrasida ol so‘zini ikki ma’noda: olaver (o‘paver) hamda labimning rangi qizil ma’nosida tushunish mumkin.

117
She’r baytlarida ma’no jihatdan bir biriga yaqin tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llab, ular vositasida obrazli ifodalar lavhalar yaratish san’ati tanosub deyiladi. Masalan, Lutfiy qalamiga mansub:
Sen husn ila boysan, senga chun farz dudur haj
Qil tengri uchun ka’bai ko‘nglimni ziyorat,-
baytida haj voqeasi bilan aloqador tushunchalarni bildiruvchi haj, farz, tengri ka’ba, ziyorat so‘zlarining bir o‘rinda keltirilishi shoirga oshiq va mahbuba munosabatlarini ta’sirchan ifodalashga yordam bergan.
Eng sara she’riy san’atlar sirasiga tazod san’ati ham kiradi. Tazod so‘zi zid qo‘yish, qarshilantirish ma’nolarini ifodalaydi. Shu so‘z bilan ataluvchi she’riy san’at esa baytdan ma’no jihatdan o‘zaro zid, qarama-qarshi bo‘lgan so‘zlarni qo‘llab ta’sirchan tabiiy timsollar, lavhalar yaratishni nazarda tutadi. Masalan, Lutfiyning
Rahm qilg‘il bandag‘a ey shoh ul tengri uchun
Kim etar bizni gado, ul sizni sulton aylagan,-
baytini ko‘zdan kechirsak, undagi banda-shoh, gado-sulton so‘zlari o‘zaro zid ma’nolarni ifodalamoqda. Shoir ularni qo‘llash bilan mahbuba va oshiqni munosabatlarini yorqin aks ettirganini ko‘ramiz.
Ishtiqoq so‘zdan so‘zni ajratmoq, she’r baytlarida o‘zakdash so‘zlarni qo‘llash san’atidir. Bu san’atga Navoiyning quyidagi baytlarini misol qilib keltirish mumkin:
Qilsa zulm ul zolim elni qilmag‘il yo rab zabun
Chun tazallumdur ishim doim meni mazlum qil, -
baytidagi zulm, zolim, tazullum, mazlum so‘zlari o‘zakdosh so‘zlardir.
Ta’jdid san’ati ham onda-sonda bo‘lsa-da uchrab turadi. To‘g‘rilamoq ma’nosidagi bu so‘z she’rda sodda otlarni tartib bilan keltirish san’atini ifodalaydi. Lutfiyning:
Jinu malaku hur chaman ichra ko‘rinmas
Yuzung oyidin barchasi sharmanda dagulmu?

baytlarida jin, malak, hur; dars, vazoyif, nusxa, daftar so‘zlari sodda otlar ma’lum tartib bilan keltirilgan bo‘lib, ikkinchi misrada ularga oid fikrlar ifodalangan.
.

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish