Har qizil gulikim, yuzung shavqida olib isladim,
Yetkach ohim shu’lasi oni sarig‘ gul ayladim, -
baytiga diqqat etsak, unda g‘uluvv qo‘llanganiga ishonch xosil qilamiz. Zero, shoir tasviricha, oshiq o‘z sevgilisining qizil yuzini sog‘inib qizil gulni olib hidlar ekan, ohi bilan sariq gulga aylanishiga aqlimiz bovar qilmaydi ham, bu xil hodisa hayotda yuz berishi mumkin emas.
Tashbeh Sharq adabiyotida keng tarqalgan san’atlardan biri bo‘lib, “o‘xshatish” ma’nosini ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o‘rtasidaga haqiqiy (real) yoki majoziy munosabatlarga ko‘ra o‘xshatish san’atidir. Masalan, Furqatning:
Labing g‘uncha, yuzing ikki qizil gul,
Qading sarvu, soching go‘yoki sunbul, -
baytida ma’shuqaning a’zolari aniq narsalarga: labi g‘unchaga, yuzi qizil gulga, qaddi sarvga, sochi esa sunbulga o‘xshatiladi. Binobarin, bu o‘rinda haqiqiy tashbeh qo‘llangan.
Tamsil “misol keltirish” ma’nosini bildirib, she’r baytining birinchi misrasida ifodalangan fikrga dalil sifatida ikkinchi misrada hayotiy bir hodisani misol qilib keltirishga asoslangan san’atdir. Lutfiyning:
Ey ko‘ngil, jonni xayoli olida qil peshkash,
Har nima bo‘lsa aziz, eltur kishi mehmon sori, -
baytida esa ikkinchi misrada keltirilgan hayotiy hodisa - mezbonning o‘zi uchun eng aziz bo‘lgan narsani mehmon oldiga qo‘yilishi birinchi misradagi fikr qiyosi emas, balki dalil, tasdig‘iga xizmat qiladi. Baytdagi “Har nima aziz bo‘lsa, kishi mehmoniga tutadi, shuning uchun, ey ko‘ngul, sen ham joningni, ya’ni eng aziz narsangni yor xayoliga peshkash qil”,-degan mazmun ham tamsil mohiyatini ko‘rsatib turibdi.
“Husni ta’lil” arabcha “chiroyli dalillash” ma’nosini bildiradi. Adabiy asarlarda tasvirlanayotgan biror hodisaga shoirona biron sabab ko‘rsatish san’ati shu nom bilan ataladi. Masalan, mana shu baytda Navoiy husni ta’lil san’atidan foydalangan holda takrorlanmas timsoliy ifoda yaratgan:
Qatra qonlarkim tomar ko‘ksimga urg‘on toshdin,
Zahmdindir demakim, qon yig‘lar ahvolimga tosh.
Hijron alamiga chiday olmagan oshiq o‘z ko‘ksiga tosh urar ekan, yerga qon tommoqda, Shoir ta’rificha, buning sababi toshning badanga yetkazgan yarasi emas (qon yaradan oqayotgani yo‘q), balki oshiq qalbiga urilgan tosh uning bag‘ridagi g‘amning kuchliligiga chiday olmasdan qonli yosh to‘kib yig‘lamoqda.
“Bilib turib bilmaslikka olish” ma’nosini ifodalovchi tajohilu orifona san’ati shoirning baytda aks ettirilayotgan biron obrazli iborani aniq aytmasdan o‘zini bilab bilmaslikka olgandek ko‘rsatish nazarda tutadi. Lutfiyning
Malak yo hur, bilmom yo parisan?
Bu raftor ila yo kabki dariysan?
baytida shoir ma’shuqani malak, hur, pari, kabki dariylarga o‘xshatadi-yu, aniq qaysi biri ekanini ta’kidlamay, o‘zini bilmaslikka soladi. Aslida esa u mahbubani shularning barchasiga qiyoslab, uning benihoya go‘zalliga diqqatimizni qaratayapti.
Yana bir she’riy san’at tashxis bo‘lib, hayvonlar, qushlar, jonsiz narsalarga inson xususiyatlarini ko‘chirish san’atidir. Masalan, Lutfiyning:
Kun pardag‘a kirib yuzung oyi hayosidan
Yig‘lar o‘ziyu, yuzig‘a tortar saxobni, -
baytiga diqqat qilsak, quyoshga insonning uyalish, yig‘lash kabi xususiyatlari ko‘chirilganini ko‘ramiz.
116
Tashxis san’ati bilan intoq san’ati yonma-yon turadigan san’atlar sirasiga kiradi. “So‘zlatish”, “gapirtirish” ma’nosidagi intoq san’ati badiiy asarda hayvonlar yoki jonsiz narsalarni odamlarga o‘xshatib so‘zlatishni nazarda tutadi. Jumladan, Alisher Navoiyning “Lisonut tayr” dostonida qushlar odamlar kabi so‘zlatilgan. Masalan, tovus:
Men qusheman qasru gulshan ziynati,
Naqshu rangim ahli olam hayrati
deydi
Mumtoz she’riy san’atlar orasida laff va nashrning o‘rni alohida. Go‘yo shoirlar bu san’atga ko‘pam murojaat qilmagandek tuyulsa-da, mohiyat e’tibori bilan go‘zal san’atlar sirasiga kiradi. “Yig‘ish va yoyish” ma’nosini ifodalovchi ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi. Bundan tashqari asosiy maqsad esa nomalir keltirilgan narsa yoki tushunchalarni bo‘rttirib, kuchaytirib tasvirlashdir. Masalan, Atoiy bir g‘azalida:
Bu orazu zulfu qadu qomatki seningdur,
Do'stlaringiz bilan baham: |