Ko’ngil tog’ o’ldi


Iki nargis, iki ko'ngul, iki tan, ikki jon birlan



Download 41,82 Kb.
bet3/4
Sana01.06.2022
Hajmi41,82 Kb.
#627949
1   2   3   4
Bog'liq
Uvaysiy gʻazallari ustida ishlash.

Iki nargis, iki ko'ngul, iki tan, ikki jon birlan,
Birin biriga vasl aylab, qiloli anjuman nozuk.
Quyidagi satrlar esa, shoiraning baxtli kunlaridan yodgorlikdek taassurot qoldiradi:
Dedi bir kun menga ul mahvash'im: `Ey, sho'xi beparvo!`
Men aydim: `Sen dema, men deyki: solding boshima
savdo!`
Misralarda bir-birini tushunadigan, ayaydigan, o'zaro navozish-u erkaliklari bor sevishganlargagina xos holat aks etadi. Ma'shuqa oshiq hajridan chekkan iztirobini an'anaviy yo'sinda ifoda etishdan tortinmaydi:
Ato qildi xudo menga seningdek dilbari barno,
Visoling qatrayedur, mavj urar hajring bo'lub daryo!
Shoiraning `Aylanayin`, `Netayin` radifli g'azallari ham o'z samimiyati, o'zbekona lutfi-marhamati bilan yoqimli taassurot qoldiradi.
Uvaysiy devonidagi g'azallar orasida o'g'li Muhammadxon sog'inchi bilan bog'liqlari ham bor. Hatto she'rlaridan biri `Sog'indim` radifi bilan yozilgan bo'lib, unda farzand sog'inchi ochiq ko'rsatilgan:
Bugun, ey do'stlar, farzandi jononimni sog'indim,
Gado bo'lsam ne ayb, ul shohi davronimni sog'indim.
Shoiraning ijtimoiy-tasavvufiy qarashlarini belgilashda uning `Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi` hamda `Uvaysiyman` radifli ikki g'azali alohida o'rin tutadi. Har ikki she'rda hayotning inson boshiga yog'diradigan turfa sitamlari shoiraning shaxsiy fojialari bilan teran bog'liqlikda ochib beriladi. Mana, ulardan birining matla'si:
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo’lsa, oshno Uvaysiyman.
Shoira Alloh dardida yashaydiganlarga oshno bo'lishni istaydi, shunga tayyorligini izhor qiladi. G'azalning keyingi satrlarida o'z holatini asoslaganday bo'ladi. Ya'ni bu olamda vafo ahlini izlab topolmagani uchun ham `barchadin ko'z yumgani`ni bayon etadi. She'rning uchinchi baytida so'fiyona maqsad oshkor aytiladi:
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: `Mosivo Uvaysiyman!`
Shoira Allohga olib boradigan yo’lidan boshqa barcha narsadan aloqani uzishni, Yaratgan muhabbatidan o'zga hamma narsadan mahrum bo'lishni orzu qiladi. G'azalning keyingi baytlarida bu tuyg'u yanada yorqin namoyon bo'ladi:
Faqr borgohiga qo'ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo'lsa, jon fido Uvaysiyman.
Faqirlik — tariqat yo'liga tushgan yo'lovchi bosib o'tishi lozim bo'lgan asosiy manzillardan biri. Shu yo'lga tushgan odamdan shoira hech narsani, hatto jonini ham ayamasligini bildiradi. Uvaysiyning Allohga muhabbatida ham o'zbek ayoliga xos bosiqlik, nazokat, hayo sezilib turadi. U Mashrab singari isyonkorlik qilmaydi yoki Mansur singari dor da'vosini etmaydi. Lekin uning ham dilidan had bilmas muhabbat joy olgan. Shu bois:
Uvaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman
deydi she'r maqta'sida shoira. Chindan ham o'zini har tomonga tashlamagani, muhabbatining otashin harorati haqida bong urmagani uchun uni ilohiy ishqdan, komillik yo'lidagi azoblardan yiroq deyish to'g'ri emas. Solikning ilohiy ishqi — yashirin va davosiz.
Uvaysiyning `Zamona kulfatidin bu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi` tarzida boshlanadigan g'azalida odamlar nokomilligidan, nafs manfaati yo'lidagi qilmishlari sabab pokiza tuyg'ular ularni tark etganligidan ozorlangan ezgu qalb egasining sezimlari aks etadi. Yassaviy bir zamonlar nodonlardan qochishni kuylagan bo'lsa, Uvaysiy ham `Bu ko'tohfahm mardumdin ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi`,— deya zorlanadi. Chindan ham odamni tushunishdan yiroq kaltafahm odamlar ko'pligi kishining hayotini qorong'ulikka botiradi. Ko'ngil dog'ligiga sabablardan biri uning ochilmasligida: `Ochilmay gulsifat ushbu ko'ngul dog' o'ldi, dog' o'ldi`. Shoira ijtimoiy tuzum, siyosiy adolatsizlik haqida emas, balki odamlarning o'zaro munosabatlaridagi aldov, yolg'on, nosamimiylik singari illatlardan ozorlanadi va uning nozik qalbi qayta-qayta `dog' o’la` veradi.


Uvaysiyman` radifli g'azal
Mehnat-u alamlarga mubtalo Uvaysiyman,
Qayda dard eli bo‘lsa, oshno Uvaysiyman.
Istadim bu olamni, topmadim vafo ahlin,
Barchadin yumub ko‘zni muddao Uvaysiyman,
Uz diling taalluqdin, band qil xudo sori,
To degil kecha-kunduz: `Mosivo Uvaysiyman!`
Kechalar fig‘onimdin tinmadi kavokiblar,
Arz to samo uzra mojaro Uvaysiyman.
To ko‘rib xarobotin ta’na etma, ey zohid,
Bir nafas emas xoli iqtido Uvaysiyman.
Faqr borgohiga qo‘ysa gar qadam har kim,
Bosh agar kerak bo‘lsa, jon fido Uvaysiyman.
Vaysiy beriyozat deb sahl tutma, ey orif,
Ishq aro nihon dardi bedavo Uvaysiyman


Download 41,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish