Konflekt va pedagogik konflekt mohiyati .Hayot konfliktlarga to‘la. Insonning jamiyatdagi yashash tarzini turli ziddiyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Turli nizo va ziddiyatlar bilan umr davomida, har qanday yoshda, har joyda, har qanday vaziyatda to‘qnash kelish mumkin. Konfliktlar uyda, maktabda, ko‘chada, o‘quvchilar orasida, ota-onalar va farzandlar, xodim va uning rahbariyati orasida, jamoa a’zolari o‘rtasida sodir bo‘lishi mumkin. Konfliktlar, odatda, ko‘p vaqt odamlar birga bo‘ladigan hollarda, ya’ni ular uzoq muddat bir-birlari bilan va ruhiy muloqotda bo‘ladigan hollarda, ular ma’lum muddat o‘zaro birga bo‘lishga majbur bo‘lgan paytlarida ko‘proq sodir bo‘ladi. Hech bir inson o‘zini konfliktlardan doimiy muhofaza qilinganman deb hisoblay olmaydi. CHunki konfliktlar ba’zan qo‘qqisdan, hech kutilmagan holda vujudga kelishi hamda inson hayot tarzini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin. Konflikt har bir inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, hech bir inson konfliktlardan o‘zini “kafolatlanganman” deb ishonch bilan ayta olmaydi. Har birimiz bolalik davrlarimizdan konflikt vaziyatlarga tushamiz va bu holatlardan chiqib ketish yo‘llarini, usullarini qidiramiz. SHu nuqtai nazardan qaraganda, konflikt ijtimoiy xodisa hisoblanadi. CHunki u ko‘pchilik insonlarning kundalik turmush tarziga oid voqea va hodisalarni qamrab oladi hamda konflikt rivojidan har bir inson, yaqin qarindoshlar, mehnat jamoasi o‘rtasidagi tinch va totuvlikka asoslangan osuda hayot tarzi zarar ko‘rishi mumkin.Ulg‘ayganimiz sari konfliktli voqea, hodisalar o‘z kuchi va ta’sirini ham kuchaytirib boradi. Ammo biz konflikt nimaligini bilamizmi?! Har doim ham konfliktli vaziyatga tushib qolganda o‘zimizni to‘g‘ri tutamizmi? Konflikt bizning hayotimiz uchun tahdid ko‘rsatadimi? Konfliktning o‘z ichki tabiati qanday? Konfliktdan qanday qutilish ya’ni undan qanday chiqib ketish kerak? Ziddiyat qanday qonuniyatlar asosida rivojlanadi? Nizoni rivojlantiruvchi omillarni oldindan bartaraf etsa bo‘ladimi? Inson ziddiltlarsiz yashashga o‘rganishi mumkinmi?! Konfliktologiya yoki konfliktlar yechimi sohasi yangi rivojlanib kelayotgan va taraqqiy etayotgan fan sohalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. SHu bois, konfliktologiya sohasining nazariy asoslari, uning milliy xususiyatlari, ijtimoiy o‘ziga xosliklari, konfliktlarning jamiyat hayoti bilan aloqadorligi, shaxslararo konfliktlar, konfliktlarning huquqiy aspektlari, mehnat jamoasidagi konfliktlar masalalari ko‘pchilik tadqiqotchilarni qiziqtiradi. Ko‘rinib turibdiki, konfliktologiyaning o‘z ichki yo‘nalishlari ko‘p.
AQSHning bir necha universitetlari qoshida konflikt yechimlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan ilmiy amaliy tadqiqot markazlari faoliyat olib boradi. Mayamida tashkil etilgan «Tinchlik ta’limi tadqiqotlari markazi” ana shunday tashkilotlardan hisoblanadi. Rossiya Fanlar Akademiyasi Sotsiologiya instituti qoshida ham “Konfliktologik tadqiqotlar markazi” ish olib boradi.
Konflikt o‘zi nima? Bu fan o‘rganuvchi ob’yektlar nimalardan iborat? Konfliktlarni kelib chiqishini, sabab va oqibatlarini o‘rganuvchi fan “Konfliktologiya” bo‘lib, u lotincha “sonflictus” - to‘qnashuv demakdir. Fan nutai-nazaridan ilk marotaba konfliktni ilmiy o‘rganish davlat hokimiyati, jamiyat a’zolari hamda alohida ijtimoiy guruhlar orasidagi ziddiyatlarni o‘rganishdan boshlangan. Keyinchalik ilmiy qiziqishlarni ortib borishi bilan ijtimoiy, siyosiy, milliy, guruhlararo va shaxslararo konfliktlar fan ob’yektiga aylana boshladi. Konfliktologiya XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab fan sifatida shakllana boshlagandan so‘ng, jamiyatda konfliktning tutgan o‘rnini o‘rganish jamiyat hayotida juda muhimligi sababli, etnik va guruhlararo konfliktli munosabatlarni o‘rganish, sistematik asosda ularni tahlil qilish va o‘zaro to‘g‘ri yechimga kelish zaruriy ehtiyojlardan biriga aylandi. Konflikt to‘qnashuv jarayonida ikki tomonning bir-birini tushunmagan holatda vujudga keladi.
Konfliktni vujudga kelishidagi birinchi shakl -mojarodir. Mojaro konfliktning asosi hisoblanib, uni negizida ikki tomon uchun to‘qnashuvni keltirib chiqaruvchi omillar mavjud bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |