“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
36
ONA TILI VA OʻQISH SAVODXONLIGI DARSIDA, OʻQUVCHILARNING
OGʻZAKI NUTQINI RIVOJLANTIRISH.
Erkayeva Muxlisa Xayrullayevna
Navoiy viloyati Qiziltepa tuman
14-umumiy oʻrta taʼlim maktabi
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.
Annotatsiya:
Quyidagi maqolada ayrim misollar orqali ona tili va oʻqish
savodxonligi darsida nutq o‗stirishning ayrim usullaridan misollar keltiriladi.
Kalit soʻzlar:
zamonaviy texnologiyalar,ogʻzaki nutq, koʻnikmalar, oʻqish
savodxonligi, tafakkur.
Yangi zamonaviy texnologiyalarga asoslanib tuzilgan, ta‘limning
jahon andozalariga
mos keladigan dastur va darsliklar yaratish – davr talabi. Hozirgi o‗zbek adabiy tili
qurilishining ilmiy talqinlari ham lug‗aviy-grammatik munosabatlar tizimi, o‗quvchi va
o‗qituvchi munosabatlari tizimi ham yangilandi va rivojlantirildi. Ona tili va oʻqish
savodxonligi darsini yangilangan yo‗nalishidan asosiy maqsad o‗quvchilarning o‗z ona
tilida fikrini to‗g‗ri, aniq, ravon va go‗zal ifodalay olish ko‗nikmalarini
shakllantirish va
rivojlantirishdan iborat. Nutq ikki ko‘rinishga ega og‘zaki va yozma nutq. Bular o‘zaro
uzviy bog‘langan bo‘lsa ham, har birining o‘ziga xos xususiyati bor. Og‘zaki nutqda
tovushlar, so‘zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a‘zolari orqali qabul qilinadi. Shuning
uchun o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar
sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo‘llarini izlab topishimiz kerak.
Chiroyli so‘zlashni, savodli, to‘g‘ri yozishni, o‘z fikrini
ravon va aniq bayon etishni
bilmagan yoki aytolmagan o‘quvchi bilimlarni muvafaqqiyat bilan o‘zlashtira olmaydi. Har
bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo‘lsa, fikrlash doirasi keng,
idrok qilishi ham teran bo‘ladi. Nutq orqali odamzot o‘zining ichki hissiyotlarini ham bayon
qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to‘la rivojlangan yoki shakllangan
bo‘lavermaydi.
Ona tili va oʻqish savodxonligi darsida savodxonlikni oshirishda o‘qilgan asar
haqidagi o‘quvchilar tasavvuri va bilimini umumlashtirish, malakalarini
mustahkamlashga
alohida ahamiyat beriladi, shuning uchun umumlashtiruvchi darsning qurilishi
umumlashtirishning maqsadi va xarakteriga qarab belgilanadi. Ona tili va oʻqish
savodxonligi darsi bolalar tasavvuri va tushunchalarini kengaytirishga yordam beradi.
Bunday darslarda o‘quvchilar egallagan bilimlarining sinf va maktab jamoasi hayotida, har
bir o‘quvchi hayotidagi ahamiyatini tushunadilar. Bu darsda o‘qituvchi
bolalar bilimini
boyitadigan qo‘shimcha materiallar berishi ham mumkin. Umumlashtiruvchi darsda
takrorlash ilgari o‘qilganlarning mazmunini o‘quvchilar xotirasida qayta tiklash emas, balki
umumlashtiruvchi xarakterda bo‘lishi, bolalar bilimini sistemalashtirishga,
ayrim tasavvur
va tushunchalarni tartibga solishga yordam berishi lozim. Shunday ekan, bunday darslar
uchun kitobdan o‘qilganlargina emas, balki bolalarning kuzatishlari
natijasida bevosita