KONFERENSIYASI
www
.
bestpublishing.
org
290
INSON QALBINING MUHANDISLARI.
Berdimurodova Xumora Abdunazar qizi
Berdimurodova Amina Abdunazar qizi
SamDU Psixologiya yonalishi 3-kurs talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada har bir xalqning ertangi kunini belgilovchi va uni
tarix sahnasida boqiy qolishida o‘z mehnat va fidoiyligi bilan barcha kasblarning tamal
toshini qo'yib beruvchi ustozlar haqida fikr yuritiladi. Bugungi kun yoshlariga ta‘lim-
tarbiya berishda ustoz va murabbiylarning hissasi katta. Har bir inson o‘z kasbining
muhandisi bo‘lib yetishishida ustoz va murabbiylarning beqiyos hissalari, fidoiyligi va
jonkuyarligi, ularni e‘zozlash haqida so‘z boradi.
Kalit so‟zlar:
Inson qalbi, muhandis, o‘qituvchis, milliy mafkura, yoshlar kelajagi,
vatanparvarlik g‘oyalari, milliy iftixor, ta‘lim-tarbiya, buyuk ajdodlar merosi.
Har bir xalqning, millatning o‘ziga xos udumlari, urf-odatlari va ajdodlardan qolgan
meroslari mavjud. Xar bir xalqning shakllanishida, millatning kamol topishida Moddiy va
ma‘naviy bilimlarning o‘rni beqiyos. Yurtni dunyoga tanitish, uning kelajagini ulug‘lash
uchun avvalo, mehnatkash, halol va o'z kasbining ustasi bo‘lgan insonlarni tarbiyalash
lozim.
Bugungi kunda o‘qituvchilik kasbi o‘ta sharafli va shu bilan birga o‘ta murakkab
vazifa hisoblanadi. Har qaysi davrda insonning maktablarga bog‘liq tomonlari mavjud.
Farzandining kelajagini o‘ylagan har bir ota-ona maktab va muallim bilan bevosita
bog‘lanadi.
Bugungi davrda o‘qituvchilarning obro‘sini oshirish, ularni boshqa sohalarga jalb
qilish, qog‘ozbozlik ishlari va o‘qituvchilarning maoshi masalasi bugungi kunda dolzarb
muammodir.
Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev o‘zining ―O‘qituvchi va murabbiylar kuni‖ga
bagishlangan nutqida o‘qituvchilarning o‘rnini oshirish, keng imkoniyatlar yaratish haqida
alohida to‘xtalib o‘tdilar:
―Mamlakatimizning kelgusi taraqqiyotini o‘ylab, o‘qituvchi va muallimlarning
hayotimizdagi nufuzi va mavqeini oshirish maqsadida ularning maqomini qonun darajasida
belgilashni taklif qilaman. O‘qituvchilarga ustamalar to‘lash, ularni rag‘batlantirish
mezonlari ham to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi zarur. Amalda bu masala o‘ta murakkabligi,
qog‘ozbozlik talab qilishi ham haqiqat. Bunda aksariyat eskirgan qonunosti hujjatlari qayta
ko‘rib chiqilib, bekor qilinsa, o‘ylaymanki, maqsadga muvofiq bo‘ladi‖[2020.09.30] - deb
ta‘kidlashlari ustozlar uchun imkoniyatlar yaratilishidan dalolatdir.
Shuni ham ta‘kidlash lozimki, prezidentimiz imzolagan farmonga muvofiq 14 nafar
sinf rahbarlari orden va medallar bilan taqdirlandilar. Shuning o‘zi ham ustozlarga
qaratilayogan bir e‘tibordir. Bugungi kunda o‘qituvchi va murabbiylarning qaddi, sha‘ni va
g‘ururi tiklanayotganligi barchamizni quvontiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |