“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G‟OYALAR, TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 27-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE KONFERENSIYASI www .
bestpublishing. org 16
METALLAR ORBITASIDAGI KRISTALL MAYDON NAZARIYASI Yusupova Nazokatxon Vaxobjon qizi Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Mahmutaliev Rahmadali Rahbarzoda Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi Annotasiya: Maqolada kimyo fanining ishlab chiqarishlarda va texnika taraqqiyotidagi metallar ahamiyati ilmiy nazariy tomonlama yoritib berilgan. Jumladan, kimyo fanini o‘qitish jarayonida kimyoning Metallar ionining o'z atrofiga ligandlar to'plash xususiyati Lyusning kislota-asos birikishi nazariyasi asosida tushuntiriladi Tabiiy va aniq fanlarning o‘rganilishi ham koinot va o‘zlikni anglashga katta turtki bo‘ladi. Zamonaviy bilim va ko'nikmalarga ega mamlakatning munosib kelajagi uchun
javobgarlikni o'z zimmasiga ola biadigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg'ayrat
yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.
So'nggi yillarda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini namoyon qilish, ularning
fuqorolik javogarligini va olib borilayotgan islohotlarga dahldorligini oshirish borasida
ulkan ishlar amalga oshirildi.
Kimyo fanida bir qancha o'z doirasida amaliy ahamiyatga ega nazariyalar bo'lib, ular
ilmiy ishlab chiqarishda katta ahamiyatga efgadir. Shunday amaliy ahamiyatga ega
nazariyalardan biri "Kristall maydon nazriyasi"-dir. Ushbu nazariya qattiq kristall moddalar
xossalarini izohlashga qaratilgan. Bu nazariyaga muvofiq barcha metallarning ionlari
kompleks hosil qilishi xususiyatiga ega bo'lib, bu oraliq elementlarda kuchliroq namoyon
bo'ladi. Oraliq metallar komplekslarining magnit xossalari va rangi metallar atomlari
orbitallarda d-elektronlarning borligi bilan izohlanadi. Oraliq metallar
komplekslarning kimyoviy bog'lanish modelini va bu moddalarga xos bo'lgan xossalar
kristall maydon nazariyasi yordamida tushuntiriladi. Bu nazariya markaziy ionning d-
orbitallariga ligandlarning ta'sir etishini ko'rsatadi. Erkin atom yoki ionning bitta elektron
qobig'iga tegishli barcha d-elektronlar energiyasi bir xil bo'lib, bu elektronlar bir energetik
sathni egallaydi. Metallar ionining o'z atrofiga ligandlar (Masalan: suv) to'plash xususiyati
Lyusning kislota-asos birikishi nazariyasi asosida tushuntiriladi. Bunda asosni, boshqacha
qilib aytganda, ligandni elektron juftlar donori deb qarash mumkin. Bu elektronlarni
akseptor vazifasini o'to'vchi metall ioninig vakant ya'ni bo'sh orbitani qabul qiladi. Metall
ioni bilan uni o'rab turuvchi ligandlar orasidagi tortishish metall ionidagi musbat zaryad
bilan liganddagi manfiy zaryadlar orasida vujudga keladigan elektrostatik kuchlar hisobiga
amalga oshadi, deb faraz qilish mumkin. Ion holatdagi ligandlar bo'lganda elktrostatik
brikishi metall markazidagi musbat zaryad orasida qaror topadi. Ligandlar sifatida neytral
molekulalar namoyon bo'lsa, bu qutbli molekulalarning elektron juftlari joylashgan manfiy
qismi metall markaziga yo'nalgan bo'ladi. Ligandlar markaziy metall bilan kuchli bog'lanadi
Lyus asosi rolini bajaruvchu ligand metallning gibrid orbitaliga elektron berib, elektron
donor ishini bajaradi. Ammo ligandlar bir-biridan qochishga ham intiladi. Ligandlarning