TATU Samarqand filiyali katta o’qituvchisi Hotamov N.B.
102-guruh talabasi Xazratqulov Q.M
Tanlangan sport turi texnika asoslari chuqurlashtirilgan trenirovka
bosqichining boshlanishiga o’zlashtirilgan bo’ladi, shuning uchun yosh sportchi
ularni puxta mustahkamlashga kirishadi. Oldingi bosqichda shakillantirilgan qator
harakat faoliyatlari puxta mustahkamlangan malakalar darajasiga yetqaziladi.
Bu tayyorgarlik bosqichida quyidagi asosiy vazifalar hal qilinadi: har bir
tashqi shroitlar paytida sport texnikasini takomillashtirish, harakat faoliyati-ning
ayrim qisimlarini qayta ishlash yosh sportchining texnik va taktik maho-ratini
takomillashtirishga ta’sir ko’rsatadiganjismoniy va irodaviy ifatlarini tarbiyalash.
299
Sport texnikasini mustahkamlash va kelajakda takomillashtirish
bosqichida harakat faoliyatlarida nisbatan uncha katta bo’lmagan o’zgarishlar
kuzatilai, harakat ko’nikmasi va malakasining jddiy qayta qurilishini talab etmaydi.
Sport texnikasini takomillashtirish paytida mashg’uiotlarda uzoq tanaffislar qilib
bo’lmaydi, chunki malakaga aylangan harakat juda tez so’nib ketadi. Shunday ekan
o’rganilayotgan texnik usulni to’g’ri bajarish qbilyatini kelajakda takomollashtirish
uchun doimo puxta mustahkamlash kerak. Bunig uchun o’zlashtirilgan texnik usulni
bir qancha mashg’ultlarda ketma-ket ko’p karra takrorlash ayni muddaodir.
O’rgangan texnikani mustahkamlash va kelajakda takomollashtirish bos-
qichi yosh sportchilar yo’l qo’ygan xatolarni qanchalik yaxshi bartaraf qilsa u
shunchalik muvaffaqqiyatli o’tadi. Xatolarning sababini aniqlashning qiyinchiliklari
shundan iborat, bir va shu kabi noto’g’ri bajarilgan harakat har xil sabablarga ko’ra
paydo bo’gan bo’lshi mumkun.
Murabbiy qanchalik tajribali bo’lmasin, xatolarning sabablarini yosh
sportchilar bilan hamkorlikda aniqlashlari lozim. Avvalo aosiy xatolar bartaraf
qilinadi, chunki ikkinchi darajali xatolar kamdan-kam asosiyni tiklay oladi.
Xatolarni tuzish paytida yosh sportchi mashiqni bajarishning noto’g’ri
usulini namoyish qiladi. Undan so’ng xatolarini tuzatishga kirishadi. Sport
texnikasinining takomillashtirish jarayonida tezkor informatsiyaga katta ahamiyat
beriladi. Masalan, yugurib kelib uzunlikka sakrashni o’rganish paytida murabbiy
yosh sportchiga sakrash uzoqligi to’g’risida, rejaviv topshiriqning bajarilishi yoki
bajarilmaganligi to’g’risida unga dalillar bilan ma’lumot beradi.
Qayd qilish zarur, yosh sportchilar tomonidan qo’llangan xatolar,
kamdan-kam murabbiyning noto’g’ri faoliyati natijasi hisoblanadi. Ulardan eng
ko’p tarqlganlariga quyidagilar kiradi: yosh sportchilar tayyotgarligida ko’rsatish va
tushintirishni faol idrok qilishning muhimligini baholay olmaslik; noaniq ko’rsatish;
tushuntirishni cho’zib yuborish; ular mashqlarni bajarish paytida xatolarni yosh
sportchi ongiga
yetarlicha yetqazmaslik; individual yondashuv-ning yo’qligi.
300
Tanlangan sportb turining chuqurlashtirilgan trenirovka bosqichida sport
texnikasini takomillashtirishda musobaqa metodiga sezilarli rol ajratiladi. Avvalo
bu asosan o’quv musobaqalarida o’rganilgan harakat faoliyatini sifatli bajarishga,
so’ngra miqdoriy natijalarga erishish (masalan, sakrash, nafaqat imkon qadar to’g’r,
balki yuqoriroq ham va h.k.). Natija ko’rsatishga belgilangan munosobaqani yosh
sportchilar qanchalik yaxshi ongli tahlil qilishi, baholashi va muskulni his qilishini
shunchalik anglay olishi o’rgatilgan bo’lsa musobaqa faoliyati shunchalik
muvaffaqiyatli bo’ladi.
Yosh sportchilar texnikaning biomexanik asoslari to’g’risidagi maxsus
bilimlarni egallashlari shart. Murabbiy yosh sportchilarda mustaqil fikirlashni
rivojlantirishi, ularni mustaqil nazorat qilishga, xususiy harakatlari va o’rtoq-
larining harakatlarini baholashga o’rgatishi lozim.
Yosh sportchi tanlangan sport turi chuqurlashtirilgan trenirovka
bosqichida o’zining taktik qobilyatlarini takomollashtiradilar, sport kurashini olib
boorish usullarini egallaydilar, shuningdek, paydo bo’lgan vaziyatda harakat vazifa-
larini mustaqil va zudlik bilan hal etish qobilyatinini takomillashtiradilar. Bu
qobilyatlarni shakillantirish va kengaytirish yosh sportchining taktik fikirlashi-ning
asosi bo’lib xizmat qiladi, binobarin, bu tufayli u to’g’ri taktik faoliyat rejasini
tuzadi. Masalan, o’rta masofaga yugurish paytida yosh sportchi to’ri taktokani
tanlashi uchun raqib kuchini va o’zining kuchini bilishi kerak, ob-havo sharoitini
bilishi, oldindan masofa bo’laklariga kuchlarni joy-joyiga qo’ya bilishi va h.k.
Raqibning taktik rejasini toppish, u haqida musobaqagacha yoki sport kurashi
vaqtida ma’lumot to’plash katta ahamiyatga ega. Shu bilan bir qatorda yosh sportchi
o’zining xususiy mo’ljallarini yashira bilishi kerak. O’zining va begonalar taktik
rejalari, kundaliklari, mavjud barcha ma’lumot-larni muntazam tahlil qilishi va
taqqoslashi zarur.
Rang-barang taktik usullarni qo’llash yosh sportchining jismoniy, texnik
va irodaviy tayyorgarlik rivojlanish darajasiga bog’liq. Maxsus bilimlar muhim
ahamiyatga ega. Alohida sport turlarida Taktik tayyorgarlik hajmi har xil. Sport
301
o’yinlari va yakkakurashlarda taqqoslash bo’yicha, masalan, qisqa masofaga
yugurish bilan ham rang-barang taktik imkoniyatlarning oqibatida bo’ladi.
GLOBALLASHUV JARAYONIDA MULK QIYMATIGA
TA’SIR QILUVCHII OMILLAR.
Do'stlaringiz bilan baham: |