Ichki makro omillarga quyidagilar kiradi: jamiyatning tanlangan ijtiomiy-
madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanish modeli, unda millat mentaliteti,
303
urf-odati, psixologiyasi va uning hududiy xususiyatlari; mulkchilik tizimi modeli,
xususiy mulkning himoyalanganlik darajasi; mamlakat va uning hududlarida inson
omilining
rivojlanishi
darajasi,
innovatsion
salohiyati;
milliy
bozor
infratuzilmasining rivojlanganlik va ochiqlik darajasi; mamlakatning barqarorligi va
kredit reytingi; davlat institutlarining rivojlanganlik va korrupsiyalanganligi
darajasi; biznes va mulk huquqlarini kafolatlanganligi; mamlakatning tabiiy va
iqtisodiy resurslariga egaligi, geografik joylashuvi, unda resurslarning hududlar
bo‟yicha taqsimlanganligi ko’rsatkichlari; mamlakatdagi mavjud makroiqtisodiy
sharoit, biznes va investitsiya muhiti, milliy va hududiy iqtisodiyotning
raqobatbardoshligi va h.k.
Ichki mezo va mikro omillarga quyidagilar kiradi: biznes riski,
raqobatbardoshlik va moliyaviy havfsizlik darajasi, reytingi; korporativ boshqaruv
siyosati modeli va reytingi, bunda transparentlilik va investorlar haq-huquqlarini
himoyalanganlik darajasi; hududlar va iqtisodiyot tarmoqlari hamda ichki
bozorlarning barqarorligi va bir-biri bilan bog’liqligi;- tadbirkorlik subyektlarining
biznes va investitsion faolligi, iqtisodiy barqarorligi, geografik va iqtisodiy
erkinligi, hududiy taqsimlanishi; moliya va kredit tizimining, mulk va xizmat turlari
bo’yicha ichki bozorlarning rivojlanganligi, barqarorligi va raqobatbardoshligi;
iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik subyektlarining ekologik madaniyati,
innovatorlik darajasi; raqobat turi va usullari, iqtisodiy xarajatlar va boshqalar.
Ichki nano omillarga quyidagilar kiradi: inson va oila birdamliligi, totuvligi,
madaniyati, qadr-qimmati, urf-odatlari, mentaliteti va haq-huquqlari, uning iqtisodiy
va siyosiy faolligi; insonlarning o’rtacha yoshi, turmush, bilim va daromadlari
darajasi hamda uy xo’jaliklarining rivojlanganligi; uy xo’jaliklari kapitali, mol-
mulki, daromadi, uy-joy bilan ta’minlanganligi darajasi.
Maxus ichki omillarga quyidagilar kiradi: mulk bozori va mulk qiymatini
baholash xizmatlari bozorining faoliyat modellari, ulardagi risk, raqobat va
rivojlanish darajasi; bu bozorlarda faoliyat yuritish muhitining qulayligi; mulk
bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozorini ochiqligi, boshqaruv modeli,
transparentligi, xalqaro darajada integratsiyalashuvi; baholash va rieltorlik
304
bizineslari muhiti; mulk bozori va mulk qiymatini baholash xizmatlari bozori orqali
qabul qilinadigan boshqarish, tashkiliy, subyektiv qarorlar samarasi; mulkning
texnik, iqtisodiy, yuridik, informatsion hossalari, ko’rsatkichlari, sifatlari; mulkiy
munosabatlar, xusuiy mulkchilik tizimi samaradorligi; mulk turlari bo’yicha
bozorlar va mulk qiymatini baholash bozorini ularning har biriga xos funksiyalari
bajarilishining to’liqlik darajasi.
Mulk tovar, kapital va munosabatlar vositasi sifatida qiymatga ega
bo’lganligi sababli, qiymat nazariyasiga ko’ra, mulk qiymatiga ta’sir etuvchi to’rtta
asosiy
omilni
ko’rsatish
mumkin:
naflilik(foydalilik),
defitsit(noyoblilik,
kamyoblik), iste’molchilik va real harid imkoniyati.
Mana shu omillar quyidagilar orqali namoyon bo’ladi: mulkning nafliligi
to’g’risidagi tasavvur; mulkning texnik-texnologik ko’rsatkichlari; mulkning
fantomlari; mulk qiymati va narxining o‟zaro ekvivalent bog’liqligi; mulkdan eng
yaxshi va eng samarali foydalanish. Shu qatorda ta’kidlash lozimki, mazmun-
mohiyatiga ko’ra turli mazmundagi omillar mulk qiymati va narxiga birdek ta’sir
ko‟rsatganligi uchun amaliyotda ularning har birini real ta’siri miqdorini hisoblab
topish mushkul masala hisoblanadi. Shu sababli amaliyotda har bir omilning
og’irlik koeffitsientini aniqlashda ekspert baholash usuli ko’proq qo’llaniladi. [3]
O’zbekiston sharoitida Mulk qiymati va narxi bozorini shakllantirilishi
jarayoniga ta’siri shaklan va mazmunan o’ziga xos tarzda amalga oshiriladi. Bundan
barcha guruhlarga kiruvchi omillarning ta’siri xarakterini shakllanishida
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan yaratilgan,
bosqichma-bosqich amalga oshirilyotgan taraqqiyotning “o’zbek modeli” va uning
asosida davlat tomonidan samarali amalga oshirilayotgan makroiqtisodiy va ko’p
shakldagi mulkchilik tizmini rivojlantirish siyosatlari makro omillarga kiritilib,
muhim rol o’ynaydi.
Adabiyotlar.
1.Микерин Г.И., Гребникова В.Г.,НейманЕ.И. Методологические
основы оценки стоимости имущества.-М.: Интерреклама, 2003. -688с.;
305
2.Alimov R., Berkinov B., Xodiev B. Ko’chmas mulkni baholash.-
T.:Iqtisod-moliya, 2005.;
3.Shoha’zamiy Sh.Sh. Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari.
Toshkent.: “IQTISOD-MOLIYA”. 2015, 54-55- betlar
ХИЗМАТ КЎРСАТИШ ФАОЛИЯТИНИ САМАРАЛИ ТАШКИЛ
ЭТИШНИНГ ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ АҲАМИЯТИ
Do'stlaringiz bilan baham: |