Konchilik mashina va mexanizmlarni avtomatlashtirish vositalari. Reja


Elektr yuritmalarning vazifasi va tuzilishi



Download 152,21 Kb.
bet2/5
Sana28.06.2022
Hajmi152,21 Kb.
#717262
1   2   3   4   5
Bog'liq
Konchilik mashina va mexanizmlarni avtomatlashtirish vositalari.

Elektr yuritmalarning vazifasi va tuzilishi.
Konchilik korxonalaridan barcha mexanizmlar elektr yuritmalar vositasida ishlatiladi.
Elektr yuritma deb elektr energiyani mexanik energiyaga o’zgartirish va mashina-mexanizmlarning ishchi organlarini xaraktlantirish uchun xizmat qiladigan elektr qurilmaga aytiladi. Eoektr yuritma bir necha qismlardan tuzilgan bo’ladi.

Elektr yuritmaning tuzilish sxemasi.


Elektr tarmoq

ЭЮ



O’- o’zgartirgich, ED-elektr dvigatel, BT-boshqarish tizimi, O’Q- uzatuvchi qism, M- mexanizm.

O’zgartiruvchlarga transformator, o’zgaruvchan tokni o’zgarmasga aylantiradigan to’g’rilagich, o’zgarmas tokni o’zgaruvchanga aylantiradigan invertor, chastota o’zgartirgich va b. kiradi.


Elektr dvigatellarning turlari mustaqil qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigateli, parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigateli, parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatelllari, ketma-ket qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellar, aralash qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigatellari, qisqa tutashgan rotorli va faza rotorli asinxron dvigatellar, sinxron dvigatelar. Bularning har biri o’zining elektromexanik xususiyatlariga ega .Bular elektr energiyani mexanik energiyaga o’zgartiradi.
Boshqarish tizimi elektr yuritmani boshqarish va elektr yuritma orqali mexanizmlarni boshqarish uchun xizmat qiladi. Boshqarish tizimi elektr apparatlar va avtomatlashtirish vositalaridan tuziladi.
Uzatuvchi qism mexanik energiyani elektr dvigateldan mexanizmga uzatish uchun xizmat qiladi. Reduktorlar, remenli uzatmalar, zanjirli uzatmalar, gidromufta, asinxron mufta, yarim muftalar. bunga misol bo’ladi.
Mexanik energiyani taqsimlanishi bo’yicha elektr yuritmalar guruxli elektr yuritmalarga, bir dvigatelli elektr yuritmalarga ko’p dvigatelli elektr yuritmalarga bo’linadi.
Guruxli elektr yuritmalarda bir dvigatel bir necha mexanizmlarni xarakatlantiradi. Xarakat transmissiya orqali uzatiladi. Bunda energiya yo’qotilish katta bo’lgani va noqulay bo’lgani uchun xozirgi zomonda qo’llanilmaydi.
Bir dvigatelli yuritmalarda aloxida mexanizm uchun aloxida dvigatel qo’llaniladi. Bunday elektr yuritmalar kon korxonalarida keng qo’llaniladi. Misol uchun konveyerlar, ventilyatorlar, nasoslar va b.
Ko’p dvigatelli yuritmalarda bir mashinaning aloxida ishchi organlari aloxida dvigatellar orqali xarakatlantiriladi. Misol uchun elskavatorlar, burg’ulash mashinalar va b. elektr yuritmalari.
Ochiq kon korxonalarida keng tarqalgan har turli ekskavatorlarda (cho’michli, rotorli, qadamlovchi), bug’rulash qurilmalarida, transport vositalarida (elektrovoz, konveyerlar, avtomobilь), nasos va ventilyatorlarda har hil kuchlanishli, har xil quvvatli, har xil ko’rinishdagi o’zgarmas va o’zgaruvchi tok yuritgichlar qo’llanadi.
P seriyadagi o’zgarmas tok yuritgichlari maxsus ko’rinishda ekskavatorlar E (ekskvator uchun) belgisi bilan ishlab chiqariladi. Bularga misol qilib PE-82, PE-22, MPE, DPV yuritgichlarni ko’rsatish mumkin.
O’zgaruvchan tok yuritgichlariga misol qilib, umuseriyaga mansub A2, AO2, AK, MT, MTK yuritgichladan tashqari, maxsus 4A seriyadagi yuritichlar keng qo’llanadi.
Maxsus ko’rinishdagi o’zgaruvchan tok yuritgichlarga misol qilib AE, SDEU, SDE, MS, MSE, MS elektr mashinalarni ko’rsatish mumkin. Yer osti kon korxonalarining qazib oluvchi, lahimlarni o’tuvchi, yuklarni tashuvchi, yuklovchi kabi mashinalari maxsus yuritgichlar bilan jihozlanadi. Bu yuritgichlar o’zining tuzilishi, o’rnatiladigan joyi va ish mashinasiga o’rnatish usullari bilan bir biridan farq qiladi. Yer osti kon korxonalarida EDK, EDKO, EDKOR, EKV, EDKOF, VAO, VAOT, VLOM, VLOK, VR, VRT, VRP, VRM, MA36, “Ukraina ” kabi o’zgaruvchan, EDR, ET, JP-12 kabi o’zgarmas tok yuritgichlarni uchratish mumkin. q.t.r. 4A seriyadagi, asinxron mashinalar, ko’tarish mashinalariga o’rnatilgan faza rotorli MT, MTN, MTK, MTKN turidagi yuritgichlar, yumshoq tavsifli AR turidagi asinxron yuritgichlar, SDN, SDS, SM, STM, MSP kabi, kuchlanishi 3-10 kV li, quvvati 800-15000 kVt li, aylanish soni 300-1000 ayl/min qiymatli sinxron yuritgichlar, sekin harakatlanuvchi D seriyadagi yuritgichlar qo’llanadi.
Elektr dvigatellar sxemalari.


-mustaqil qo’ztishli o’zgarmas tok dvigateli




- parallel qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigateli


-ketma-ket qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigateli


-aralash qo’zg’atishli o’zgarmas tok dvigateli




-qisqa tutashgan rotorli asinxron dvigatel


.


-faza rotorli asinxron dvigatel



-sinxron dvigatel


Birinchi elektr dvigatel akademiklar B.S.Yakobi va E.X.Lentslar tomondan 1838 y.ixtiro qilingan. Bu bir ot kuchiga ega o’zgarmas tok dvigateli bo’lgan va undan qayiqni xaraktlantirish uchun qo’llanilgan. O’n to’qqizinchi asr oxirlarida rus injeneri M.O.Dolivo-Dobrovolьskiy uch fazali o’zgaruvchan tok tizimini va asinxron dvigatelni ixtiro qiladi.
Bular ixtiro qilinguncha konchilik korxonalarida odamlar qo’l kuchlaridan foydalanganlar. Keyinchalik hayvonlarni ishlatishgan.
Bundan keyin suvning kuchidan, bug’ning kuchidan foydalanishgan.
Konchilik sanotida elektr yuritmalar 19–asrning oxirlridan boshlab qo’llanilgan. Dastlabki vaqtda ular ko’tarish qurimalarida, nasoslarda , lebedkalarda qo’llanilgan.
Elektrotexnik sanoatning rivojlanishi natijasida elektr dvigatellar ham takomillasha borgan. Konchilik korxonalari ham rivojlanib turli mexanizmlar qo’llanila boshlangan. Bularni ishlatish uchun o’zgarmas tokli, asinxron va sinxron dvigatelli elektr yuritmalar qo’llanila boshlaydi. Xozirgi zamonda konchilik korxonalarini elektr yurimalarsiz tasavvur qilish qiyin. Qo’llaniladigan mexanizmlarning talablariga mos keladigan turli xildagi elekt yuritmalar qo’llaniladi. Ularning aksariyati avtomat ravishda boshqariladi. Elektr yuritmalarning korxonalarda keng qo’llanishi, elektr yuritmalarni nazariy asoslarini yaratishga olib keladi. Birinchi bo’lib elektryuritmalar nazariyasi prof. M.A.Rinkevichning “Mexanik energiyani elektr energiya yordamida taqsimlash” kitobida keltiriilgan va konchilik pof. V.K. Popov.A.G. Golovan va boshqalar tomnidan kengaytirilgan va rivojlangantirilgan.
Elektryurimalar nazariyasi haqida yana O’zbekiston FA Enegetika instituti olimlarning TDTD olimlarning va oqsoqol olim professor M.Z. Homudxonovning ilmiy ishlarida keng to’xtalib o’tildi.



Download 152,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish