Konchilik korxonalari elektr uskunalarining o’ziga xos xususiyatlari
Reja:
1. Аsosiy tushunchalar
2. Kon elektr uskunalarining tasnifi
3. Normal kon elektr uskunalarini ayrim xususiyatlari
Аsosiy tushunchalar
Har turli elektrotexnika jihozlardan yigilgan, maʼlum bir ish bajarish uchun mo'ljallangan qurilmalar elektr uskunalar deb ataladi. Kon korxonalaridagi qazib olish. kon laximlarini tayyorlash uchastkalarini. yuk kutarish. suv chiqarish, shamollatish, yuk tashish, burg’ulash va maydalash kabi mashinalarning elektr uskunalar bunga misol bo’ladi. elektr uskunalarda – elektr energiyani tarqatish, taksimlash, himoyalash va boshqarish uchun xar turli elektrotexnik jixozlari ishlatiladi. shu bilan birga bu uskunalarda boshqarish, tarqatish va taqsimlash uchun elektr zanjirlar va bu uskunalarni xolatini nazorat kilish, shikastlardan saqlash, xar xil elektr o'lchovlarni bajarish uchun elektr zanjirlar ham mavjuddir.
Bajaradigan ishga, ishlatish, konstruktiv xususiyatlariga qarab, elektr uskunalarni turli guruxlarga bo’lish mumkin.
Elektr uskunalarni ishlatish jarayonida, odamlarning xavfsizligini taʼminlash, hamda qurilma qobigining kurinishi va to’zilishiga qarab elektr uskunalar – ochik (himoyasiz) va yopik (himoyalangan) kurinishda bo’ladi.
ochik elektr uskunalarda, tok o’tkazuvchan yoki xarakatda bulgan qismlarga tegib ketishdan saqlovchi va begona narsalarni uskunaning ichki qismiga kirib kolishdan himoyalovchi qobiq bulmaydi.
Yopiq elektr uskunalarda, yuqorida keltirilgan xavflardan saqlovchi 14254-80 raqamli UDS (umumdavlat standart) talabalariga asosan tayyorlangan qobiq ishlatiladi. shuning uchun bu uskunalar – «himoyalangan uskuna» bo’lib IP belgisi bilan belgilanadi. Bu uskunalarda yuqoridagi belgidan tashkari, yana ketma-ket ikkita raqam yoziladi.
Bu raqamlarni birinchisi, shu qobiqning xizmat ko’rsatuvchi shaxslarning xavfsizligini taʼminlash va begona narsalarni qobiqning ichki qismiga kira olish darajasini ifodalaydi. Bu raqam 0 dan 6 gacha bo’lib, quyidagi pog’onalarni ko’rsatadi: 0 – xech qanday himoya yuk; I – odam kuli yoki 50 mm ulchamli kattik jism; 2- odam barmogi yoki 12 mm ulchamli kattik qism; 3- kalinligi 2,5 mm elektr asbob yoki kattik jism; 4- I mm kalinlikdagi sim yoki kattik jism; 5-020,5 mm ulchamga ega bulgan kattik jism; 6-chang, qobiqni ichki qismiga kira olmasligini ko’rsatadi.
Ikkinchi raqam qobiqning suvdan va namdan himoyalash darajasini ko’rsatadi. Bu 0 dan 8 gacha raqamlar bilan belgilanadi va quyidagilarni bildiradi: 0 – xech qanday himoya yuk;
I – vertikal joylashgan uskuna qobigiga tomayotgan suv elektr uskunaga zarar keltirmaydi,
2-150 ogib joylashgan uskuna qobig’iga tomayotgan suv elektr uskunaga zarar keltirmaydi,
3-600 ogib joylashgan uskuna qobigiga tomayotgan suv, elektr uskunaga zarar keltirmaydi,
4- elektr uskuna suv ichida bulgan xolda ham qobiq ichiga suv kirmaydi,
5.6,7,8 raqamlar yuqorida ko’rsatilgan xolatlarda suv, bosim ostida qobiqqa yunaltirilgan taqdirda ham himoyani taʼminlaydi.
Himoyalangan elektr uskunalarga – suv tomchisidan (IP23), suv sachrashdan (IP34), tizillama yunaltirilgan suvdan (IP55,IP56), changdan (IP50,IP51,IP54) himoyalangan, nam (IP57) va chang (IP65) o’tkazmaydigan uskunalar misol bo’ladi.
Sanoatda qo’llanadigan elektr uskunalar iklim sharoitiga qarab 15150-69 UDS issik (tropik) (T), sovuk (XD) va muʼtadil (U) iklim aroitida ishlash uchun tayyorlangan.
Bundan tashkarish, korxonalarning turiga, ishlash sharoitiga qarab, elektr uskunalar – umum va maxsus korxonalar uchun mo’ljallangan. Maxsus korxonalar uchun mo’ljallangan elektr uskunalar, shu korxonalarning o’ziga xos xususiyatlarini va talablarini kondirishi kerak.
Maxsus elektr uskunalarga-kon elektr uskunalari misol bo’ladi. Bu uskunalar o’ziga xos xususiyatlarga ega bulgan kon korxonalarida, ayniksa yer ostki usul bilan foydali kazilmalarni qazib olish korxonalarida keng qo’llanadi.
Kon korxonalarining o’ziga xos xususiyatlariga-mashina va mexanizlarning surilib turishi, tor va chegaralangan sharoitda ishlashi, ishlatish jarayonida sunʼiy yoritgichlardan foydalanishi, yongin va portlash xavflarining borligi, yer osti suvlarining agressivligi va x.k. kiradi. Bundan tashkari foydali kazilmalarni yer osti usulida qazib chiqaradigan korxonalarida namlik, xarorat darajasi va chang ko’rsatgichlari juda yuqori qiymatga ega bo’lishi bu elektr uskunalarini ishlatish sharoitini murakkablashtiradi.
Kon elektr uskunalarining tasnifi
Kon elektr uskunalari ishlash joyiga qarab quyidagi guruxlarga bo’linadi:
- turg’un elektr uskunalar. Bu uskunalar ish bajarish jarayonida o’z joyidan qo’zg’almaydi.
- ko’chma elektr uskunalar. Bu uskunalar ish qobiliyatini yukotmasdan o’z joyini o’zgartirib, ish jarayonida katnashadi.
Kon elektr uskunalarining asosiy xususiyatlaridan birinchisi – portlashdan himoyalash darajasi bo’lsa, ikkinchisi – portashdan saqlovchi vositalarning borligidir. Portlashdan darajasi buyicha, kon elektr uskunalari quyidagilarga bo’linadi:
- normal kon elektr uskunalari. Bu uskunalarda portlashdan saqlovchi himoya vositalari qo’llanilmaydi.
- yuqori ishonchli kon elektr uskunalari. Bu uskunalarning normal elektr uchquni chiqaruvchi qismlari portlashdan saqlovchi himoya vositalariga ega.
- portlashdan xavfsiz kon elektr uskunalari. Bu uskunalar portlash natijasida hosil bulgan bosimga chidamli va portlash maxsulotlarini tashqi muxitga o’tkazmaydigan qobiqlarga ega.
- portlashdan uta xavfsiz kon elektr uskunalari. Bu uskunalar xar doim portlashdan himoyalangan darajasini saqlab koladi.
Kon elektr uskunalarida quyidagi portlashdan himoyalovchi vositalar uchraydi:
- portlash xavfsizligini taʼminlovchi qobiq;
- xavfsiz uchqun chiqaruvchi elektr zanjir;
- «e» turdagi himoya. Bu himoyaning asosida normal xolatda uchqun chiqarmaydigan zanjirlarga ega bulgan elektr uskunalarda, tok o’tkazuvchan qismlarini xavfli qizishini yoki uchqun chiqish xavfini chegaralaydigan yordamchi vositalarni qo’llash yotadi.
- qobiqni kvarts kumlar bilan to’ldirish;
- qobiqni moy bilan to’ldirish;
- avtomatlashtirilgan himoyaviy uchirish;
Kon elektr uskunalarida bir vaqtda bir necha portlashdan himoya vositalari qo’llanilishi mumkin.
Normal kon elektr uskunalarini ayrim xususiyatlari
Normal kon elektr uskunalari boshka sanoat elektr uskunalaridan kon korxonalarining o’ziga xos xususiyatlari kuygan talablarni kondirish bilan fark kiladi. Normal kon elektr uskunalariga quyidagitalablar quyiladi:
- elektr uskuna qobigi yonmaydigan, elektr, mexanik va issiklik taʼsiriga chidamli materiallardan tayyorlangan bo’lib, tashqi muxit taʼsiridan himoya darajasi IP54 bo’lishi kerak;
- qobiq ichiga kirgiziladigan kabel uchun mo’ljallangan joyi bo’lib, kabelni kimirlatmay ushlab turadigan sikish muftalaridan va kirrasi saykallangan kabel kiritish teshigidan iborat bo’lishi kerak;
- turgun uskunalarning kabel kiritish joyi tez qotadigan dielektriklar bilan to’ldirilishi, ko’chma uskunalarning kirish joyiga esa, rezinali zichlama qo’yilishi kerak. Bu vositalar uskunani changdan va namdan himoyalaydi;
- elektr uskunalarning tok o’tkazuvchan qismlari mis yoki latundan tayyorlanishi kerak;
- elektr uskunalarni metaldan qilingan qobigini zaminlash uchun unga diametri 8 mm (kuchli tok zanjirlari bulgan uskunalar uchun) yoki 6 mm bulgan bolt (kuchsiz tok zanjirli uskunalar uchun) urnatilishi kerak.
- uskunalarning izolyatsiyasi 1 yoki 2 pog’onali bo’lib, 1 pog’ona namligi 98 2 % issiklik darajasi 35 20S sharoitda, 2 pog’ona esa namligi 98 2 % , issiklik darajasi 25 20S sharoitida ishlashga mo’ljallanishi kerak;
- kon korxonalarining atorf muxitida agressiv suv va xavo bo’lishi. izolyatsiya qurilmalari satxida tok o’tkazuvchan (treking) hosil qiladi. Shuning uchun 1 pog’onali izolyatsiya qurilmalar trekinga chidamli bo’lishi kerak. Buning uchun tok o’tkazgichlar orasidagi masofa, umumkorxona elektr uskunalarida qabul qilingan masofadan kattarok bo’lishi kerak;
- elektr uskunalarning qobigining kopkoklarini maxkamlash uchun maxsus boltlar qo’llanishi elektr va mexanik puxtalovchi vositalar bo’lishi kerak.
- bu uskunalarda umumkorxona elektr uskunalarida qo’llaniladigan barcha himoya qurilmalari va vositalari bo’lishi kerak.
Nazorat savollari:
1. kon elektr uskunalari qanday o’ziga xos xususiyatlarga ega?
2. kon elektr uskunalarining tasniflab bering.
3. normal kon elektr uskunalarini ayrim xususiyatlariga nimalar kiradi?
4. «e» turdagi himoya nima?
5. portlovdan himoya qobigi nima?
Аdabiyotlar
1.Sh.G. Nasritdinov Konchilik korxonalarining elektr uskunalari. O’quv qo’llanma Toshkent 1995 yil.
2.А.А. Chunixin Elektricheskie apparatы Moskva «Energiya» - 1975 g.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |