Ruxning asosiy minerallari xarakteristikasi
t/r
|
Mineral nomi
|
Formulasi
|
Ruxning m
qdori,%
|
Zichligi,g/sm3
|
Qattiqligi
|
1
|
Sfalerit
|
ZnS
|
67,1
|
3,5-4,2
|
3-4
|
2
|
Smitsonit
|
ZnCO3
|
59,5
|
3,58-3,8
|
2,5
|
3
|
Kalamin
|
2ZnO*SiO2* H2O
|
53
|
3,4-3,5
|
4-5
|
4
|
Sinkit
|
ZnO
|
80,3
|
5,7
|
4
|
5
|
Villemit
|
2ZnO*SiO2
|
59,1
|
4,1
|
5-6
|
6
|
Franklinit
|
(Zn,Mn)O *Fe2 O3
|
-
|
5-5, 2
|
6
|
3-Jadval
Rux boyitmasidagi komponentlarni miqdori (%)
t/r
|
Boyitma markasi
|
Rux miqdori
|
Temir qо‘shimchasi
|
Kremniyoksidiqо‘shimchasi
|
Mis qо‘shimchasi
|
Mishyak qо‘shimchasi
|
1
|
KS-1
|
56
|
5
|
2
|
1
|
0,05
|
2
|
KS-2
|
53
|
7
|
3,5
|
1,2
|
0,1
|
3
|
KS-3
|
50
|
9
|
4
|
1,5
|
0,1
|
4
|
KS-4
|
45
|
12
|
5
|
2,5
|
0,5
|
5
|
PS-1
|
40
|
13
|
6
|
3
|
0,5
|
6
|
PS-2
|
40
|
16
|
10
|
4
|
0,6
|
II BOB.
QO‘RG‘OSHIN-RUX RUDASINI BOYITISH NAZARYASI
Qo‘rg‘oshin – rux rudalari keng tarqalgan bo‘lib, taxminan 1300 ta konlardan qazib olinadi. Qayta ishlanayotgan qo‘rg‘oshin rudalarini 55 foizi MDH davlatlariga to‘g‘ri keladi. Bu rudalar tarkibining xilma – xilligi va qo‘rg‘oshin – ruxning miqdori bilan bir – biridan farq qiladi. Oxirgi yillarda qiyin boyitiluvchan nokonditsion balansdan tashqarirudalarning soni ko‘payib ketdi va qayta ishlanayotgan rudalarda qo‘rg‘oshinning miqdori 20 % ga kamaydi. Qo‘rg‘oshin – rux rudalari konlarini quyidagi turlarga bo‘lish mumkin :
-metomorfik jinslar. Bu rudalarda 6-15% qo‘rg‘oshin, 5-12% rux, xamda mis, kumush va oltin bor. Bu turdagi konlarga Kanadadagi Sallivan koni va Avstraliyaning Broken-Xill konlari kiradi.
-kolchedanli konlarda ruda tarkibida 25% gacha qo‘rg‘oshin va 2-22% rux uchraydi. Bu konlarga Kanadaning Flin-Flon, Peruning Serro-de-Pasko, Birmaning Boudvin, Avstraliyaning Maunt-Ayza va Shvetsiyaning Boliden konlari kiradi.
-karbonat jinslar. Bu turdagi rudalar tarkibida qo‘rg‘oshin 1-17 % ni , rux 2-27% ni va mis 2-5 %ni tashkil etadi. Bu konlarga Ispaniyaning Reotsin, Kanadaning Paint-Point, Peruning Morokocha, Namibiyaning Tsumeb konlari kiradi. Uning tarkibida 0,4-3% qo‘rg‘oshin va 1,4% rux bor.
-jilali konlar. Rudada qo‘rg‘oshin tarkibi odatda 1-20%, rux 1,5-19%ni tashkil etadi. Bu rudalar AQSH ning Ker-d’Alen, Italiya va Yaponiya konlarida qazib olinadi. MDH fabrikalaridan Olmaliq, Tekeliysk, Karagaylinsk, Mizursk, Salairsk, Krasnorechinskiy va boshqa boyitish fabrikalarda xar xil tarkibli qo‘rg‘oshin – rux tarkibli rudalar qayta ishlanadi.
Texnologik nuqtai nazardan mis, qo‘rg‘oshin – rux polimetall rudalari qiyin boyitiluvchan xisoblanadi. Buning sababi ular kompleks rudalar xisoblanib, qo‘rg‘oshin va ruxdan tashqari mis va oltingugurt uchraydi. Asosiy sulfidli minerallar – galenit, sfalerit, xalkopirit va piritdan tashqari ruda tarkibida ikkilamchi mis sulfidlari – bornit, xalkozin, kovellin, xamda temir sulfidlari – pirrotin va markazit uchrab, ular rudalarni boyitish texnologiyasini o‘zgartirib
yuborish xususiyatiga ega. Oksidli polimetall rudalar tarkibida misni, qo‘rg‘oshin va ruxni oksidli minerallari – malaxit, azurit, serussit, anglezit, smitsonit, kalamin xamda temir oksidlari uchraydi. Polimetall rudalari tarkibida asosiy metallardan tashqari boshqa qimmatbaxo komponentlar (oltingugurt, kadmiy, oltin, kumush, indiy, tellur, galliy, germaniy, vismut, surma, simob, kobalt, bariy, selen) 40 % ni tashkil etadi. Polimetall rudalari oksidlanish darajasiga qarab sulfidli ( qo‘rg‘oshinning oksidli birikmalari 10-15% ni tashkil etadi ) , aralash (10-85% gacha) va oksidlangan (40-85%) rudalarga bo‘linadi. Sulfidli rudalarda qimmatbaxo komponentlar asosan sulfidli minerallar galenit, sfalerit, xalkopirit va piritdan iborat bo‘lib, ular tarkibida arsenopirit, magnezit va ilminit uchraydi. Oksidli rudalar tarkibi oksidli minerallardan – malaxit, azurit, serussit, smitsonit va boshqalardan tashkil topgan. Oksidli va aralash rudalar murakkab mineral va kimyoviy tarkibi bilan farq qiladi. Bu rudalarda qo‘rg‘oshinning sulfidli minerallari 45-50 % ni, engil boyitiluvchi minerallar 10-20 % va qiyin boyitiluvchan minerallar 25-40 % ni tashkil etadi. Oksidli va aralash rudalar sulfidli rudalar bilan birga qazib olinadi va qayta ishlanadi va ular boyitishni texnologik ko‘rsatkichlarini pasayishiga sabab bo‘ladi.
Mis-qo‘rg‘oshin-rux rudalarini boyitish sxemasi
Ridder – Sokolniy rudalari koni 1784 yilda ochilgan bo‘lib, mineral tarkibiga ko‘ra olti tipga bo‘linadi. Kimyoviy tarkibiga qarab qo‘rg‘oshin – rux Pb : Zn : Cu = 1:2,1:0,2 ; mis – rux 1:4,3: 8,1 va oltin tarkibli rudalarga bo‘linadi. Asosiy rudali minerallar sfalerit, pirit, galenit, xalkopiritdan tashqari tetraedrit, markazit, arsenopirit minerallari uchraydi. Puch tog‘ jinslari kvars, kalsit, slyuda, dolomit va baritdan iborat.
Tishinsk koni 1958 yilda ochilgan bo‘lib, undagi polimetall rudalar kolchedanli va sochma rudalar hisoblanadi (oltingugurt – kolchedanli va mis kolchedanli). Bu konning rudalari murakkabligi bilan ajralib turadi. Qo‘rg‘oshin rudasining 74 % galenitdan iborat bo‘lib, misning ikkilamchi sulfidlari 15,7 % va oksidlangan ruxning miqdori 4,5 % ni tashkil etadi . Texnologik sxemani tanlashda rudadagi qimmatbaxo komponentlarning miqdoriga, mineral tarkibiga, mis, qo‘rg‘oshin, rux, pirit o‘lchamiga, qimmatbaxo komponentlarni va puch tog‘ jinslari minerallari flotatsiyalanishiga va olingan konsentratlarni davlat standartiga javob berishiga qaraladi. Polimetall rudalarni to‘g‘ridan – to‘g‘ri selektiv flotatsiyasi sxemasi kam qo‘llaniladi. Bu sxemalar Avstraliyaning “Layk-djordj” va “Vudlonmayns”, Kanadaning “Kid-Krik”, JARning “Blekmauntin” fabrikalarida qo‘llaniladi. Bu sxemada ruda yanchilgach xalkopirit, oltingugurt (v1) oksidi, sulfit kislotabilan aktivlantirilgach, mis flotatsiyasiga jo‘natiladi. Keyin sfalerit va pirit cho‘ktirilib, qo‘rg‘oshin flotatsiyasi amalga oshiriladi. Aktivlashtirilgach ketma – ket rux va pirit konsentartlari ajratib olinadi. To‘g‘ridan – to‘g‘ri selektiv flotatsiyasining kamchiligi quyidagilardan iborat: yanchish jarayonini qimmatga tushishi, flotatsion mashinalarini sonini ko‘paytirish kerakligi , reagentlarni sarfini ko‘pligi. Polimetall rudalarini boyitishda qisman kollektiv – selektiv va kollektiv – selektiv flotatsiya sxemalari amalda keng qo‘llaniladi. Qisman kollektiv – selektiv sxema bo‘yicha (4.6 – b rasm) polimetall rudalar flotatsiyalanganda kollektiv konsentrat mis va qo‘rg‘oshin sulfidlaridan iborat bo‘lib, sfalerit va pirit cho‘ktiriladi . Mis - qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindisidan aktivlashtirilgach faqat sfalerit yoki sfalerit bilan pirit birgalikda ajratib olinadi. Mis – qo‘rg‘oshin va rux – pirit konsentratlari seleksiyasi amalga oshiriladi. Bu sxema MDX dagi Ziryanovsk, Zolotushinsk, Beryozovsk fabrikalarida xamda SHvetsiyaning “San-Fransisko”, GFR ning “Rammaelsberg” fabrikalarida qo‘llaniladi. Kollektiv – selektiv sxema bo‘yicha ruda 50-60 % -0,074 mm gacha yanchilgach, ruda kollektiv flotatsiyaga jo‘natiladi. (rN=8-8,5) da kollektiv flotatsiya ikki bosqichda olib boriladi va bunda -0,074 mm gacha yanchilgan maxsulot 80-85 % ni tashkil etadi. To‘plovchi reagentlar sifatida ksantogenatlarqo‘shilib, rN=8,5-9 bo‘lganda sulfidlar kollektiv konsentratga jamlanadi. Sulfidli kollektiv konsentrat qo‘shimcha yanchilgach, sfaleritni cho‘ktirilib mis – qo‘rg‘oshin flotatsiyasiga jo‘natiladi va mis kuporosi bilan faollashtirilgach, rux konsentrati ajratib olinadi . Rux flotatsiyasining chiqindisi odatda pirit konsentratidan iborat bo‘ladi. Mis – qo‘rg‘oshin konsentratlari seleksiyasidan so‘ng mis va qo‘rg‘oshin konsentratlari ajratib olinadi. Kollektiv – selektiv sxemaning asosiy kamchiligi dessorbsiya jarayonini amalga oshirilishininig zarurligi, ya’ni sulfidli minerallarning sirtidagi to‘plovchi reagentlar bilan xosil qilgan qobig‘ini olib tashlashdir. MDH davlatlaridagi quyidagi boyitish fabrikalarida kollektiv – selektiv flotatsiyasi sxemasi qo‘llanadi: Leninogorsk , Belousovsk fabrikalari. Yaponiya va Namibiyaning ba’zi bir fabrikalarida xam kollektiv – selektiv sxema qo‘llanadi.
Aralash va oksidlangan rux rudalari Italiya, Ispaniya, Fransiya, Marokko, GFR va Peruda qayta ishlanadi . 25 ta chet el fabrikalaridan qo‘rg‘oshin – rux rudalarini boyituvchi fabrikalarning asosiylari GFR ning “Mexernix”, Marokkoning “Zalidja”, Italiyaning “Monteponi”, “Montevekko” fabrikalari bo‘lib, ularning ishlab chiqarish unumdorligi 1,6 -6000 t/sut. Asosiy boyitish usuli sulfidizatsiyalangan flotatsiya usuli. Aralash va oksidli rudalar mineral tarkibining har xilligi bilan ajralib turadi. Ko‘pgina boyitish fabrikalarida bunday rudalarni boyitish uchun sulfidli va oksidli minerallarning flotatsiyasi alohida – alohida olib boriladi. Masalan “Sertori” fabrikasida bir sutkada 6000 t ruda qayta ishlanib rudalar 3 tipdan - sulfidli, aralash va oksidlangan rudalardan iborat. Sulfidli rudalar tarkibida 6,5 % gacha rux-sfalerit ko‘rinishida, 20-25 % temir pirit ko‘rinishida uchraydi. Aralash rudalar tarkibida 1,3 % qo‘rg‘oshin , 5 % rux , 5% temir bor. Oksidli ruda tarkibida 4-6 % rux, 0,5-0,8 % qo‘rg‘oshin bor. Sulfidli rudalar 80 % gacha yanchilib, flotatsiya sikli asosiy nazoratli rux flotatsiyasi va ikkita tozalash jarayonidan iborat. Aralash va oksidli rudalar ikkinchi maydalash bosqichidan so‘ng Vemko barabanli separatorida va Vedag separatorida og‘ir suzpenziyalarda boyitiladi. Engil fraksiya og‘ir suzpenziyalarda boyitilgach flotatsiyaga jo‘natiladi. Og‘ir fraksiya vels-pechga jo‘natiladi. Xamma rudalar selektiv flotatsiya sxemasi yordamida boyitiladi. Aralash rudalar (og‘ir fraksiya) sharli tegirmonlarda 80 % 0,074 mm o‘lchamgacha yanchilgach, avval galenit flotatsiyasiga, keyin sfalerit flotatsiyasiga jo‘natiladi . Rux flotatsiyasi chiqindisidan avval pirit keyin serussit ajratib olinad. Oksidli rudalar sharli tegirmonda ikki bosqichda 80 % gacha yanchilgach, avval serussit keyin kalamin ajratib olinadi. Galenit va serussit konsentratlari filtrlash jarayonida qo‘shiladi va umumiy qo‘rg‘oshin konsetrati tarkibida 50 % nitashkil etib
ajratib olish foizi 70 % ni, oksidlangan rudalarda 30-40 % ni tashkil etadi. Rux konsentrati tarkibida 59 % rux bo‘lib, sulfidli rudalarda ajratib olish foizi 96 % ni, aralash rudalarda 92 % va oksidli rudalarda 45-60% ni tashkil etadi .
4-Jadval
Qo‘rg‘oshin konsentratidagi komponentlarning miqdori (%)
Konsentratning markasi
|
Qo‘rg‘oshin
|
Qo‘shimchalar
|
Rux
|
Mis
|
KS-0-A
|
74
|
2,5
|
1,5
|
KS-0
|
73
|
2,5
|
1,5
|
KS-1-A
|
71
|
3
|
1,7
|
KS-1
|
70
|
3
|
1,8
|
KS-2-A
|
66
|
4
|
2
|
KS-2
|
65
|
4
|
2
|
KS-3-A
|
61
|
15,5
|
2,5
|
KS-3
|
60
|
6
|
2,5
|
KS-4-A
|
56
|
7
|
3,3
|
KS-4
|
55
|
8
|
3,5
|
KS-5
|
50
|
10
|
4
|
KS-6
|
45
|
11
|
5
|
KS-7
|
40
|
13
|
6
|
PPS
|
30
|
Ne normiruetsya
|
PSM
|
20
|
Ne normiruetsya
|
20
|
Do'stlaringiz bilan baham: |